APLda eng ko'p o'zini oqlaydigan murabbiylar reytingi elon qilindi
05 avg 2022 10:38
Yangiliklar
APLda eng ko'p o'zini oqlaydigan murabbiylar reytingi elon qilindi
Unga ko'ra, germaniyalik mutaxassis Tuxel ko'pincha turli vaziyatlarni sabab qilib ko'rsatgan. Ochko yo'qotilgan o'yinlardan so'ng 19ta intervyudan 11tasida o'zini oqlashga harakat qilgan. U uch bor koronavirus, ikki martadan hakam, omadsizlik va malum o'yinchilarning xatolarini qayd etgan. U bir martadan jamoaning charchaganini va "Stemford Brij" maysasining holatini ham sabab qilib ko'rsatdi.
Ikkinchi o'rinni 55,5 foiz norozilik bilan "Arsenal" ustozi Mikel Arteta egalladi.
"Manchester Yunayted"ni boshqargan Ralf Rangnik esa 40 foiz bilan 10-o'rinda. Yurgen Klopp ("Liverpul", 33,3%) 12-o'rinni, Pepe Gvardiola ("Manchester Siti", 27,3%) 16-o'rinni va Antonio Konte ("Tottenxem", 15,4%) 26-o'rinni egalladi.
Ro'yxatni "Lids"da ishlagan mutaxassislar Marselo Belsa (13%, 28-o'rin) va Jessi Marsh (12,5%, 29-o'rin) yopib berishdi.
Fikrlar