APL. Xoland 36 ta gol bilan mavsum to'purari bo'ldi. De Bryuyne esa eng yaxshi assistent
28 may 2023 23:05
Yangiliklar
APL. Xoland 36 ta gol bilan mavsum to'purari bo'ldi. De Bryuyne esa eng yaxshi assistent
APL 2022-2023 yilgi mavsum o'z yakuniga etdi. CHempionlik "Manchester Siti"ga nasib qilgani ancha oldin malum bo'lib ulgurgandi. Eng yaxshi to'purar sovrini taqdiri ham deyarli hal bo'lgandi, ammo oxirgi tur yakunlangandan so'ng bu rasman aniq bo'ldi. "Man Siti" hujumchisi Erling Xoland 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol kiritdi va APL to'purariga aylandi. Xolanddan keyingi o'rinda "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn – 30 ta gol.
"Man Siti"ning boshqa bir azosi Kevin De Bryuyne esa chempionatning eng yaxshi assistenti bo'ldi. Kevin 32 uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta assist qayd etishni uddaladi.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" azosi David de Xea "Oltin qo'lqop"ni yutishi aniq bo'lganda. "Qizil iblislar" Kiperi 17 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizlagini saqlab qoldi.
Fikrlar