So’nggi yangiliklar

11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2

APL. "CHelsi" yana mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

APL. "CHelsi" yana mag'lubiyatga uchradi

APLning 25-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "CHelsi" bahsi bo'lib o'tdi.

Tottenxem – CHelsi 2:0
26 fevral, "Tottenxem Xotspur Stedium"
Gollar
: 1:0 – 46 Skipp, 2:0 – 82 Keyn.

"Tottenxem" – Forster, Emerson, Dayer, Langle, Romero, Devis, Xeyberg, Kulusevski (Son Xyn Min, 79), Skipp, Keyn, Risharlison (Porro, 89).

"CHelsi" – Arrisabalaga, Djeyms, Tiago Silva (Fofana, 19), Kulibali, CHiluell, Ziesh (Zakariya, 62), Loftus-CHik (Maunt, 62), Fernandes, Xavertc, Sterling (Obameyang, 83), Joau Feliks (Mudrik, 83).

Ogohlantirishlar: Xavertc (45), Emerson (45), Ziesh (45), Devis (59), Maunt (74).



Tottenham Hotspur

Oliver Skipp - 46', Harry Kane - 82'

Premier League . 25-tur

26/02/2023, 17:30

0
:
2
Tugadi

Chelsea

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 61613 tomoshabin

Bosh hakam: Stuart Attwell

45'
90'
45'  Emerson Royal
46'  Oliver Skipp
59'  Ben Davies
79'  Dejan Kulusevski (Heung-Min Son)
82'  Harry Kane
82'  Eric Dier
89'  Richarlison (Pedro Porro)
19'  Thiago Silva (Wesley Fofana)
45'  Kai Havertz
45'  Hakim Ziyech
45'  Hakim Ziyech
62'  Ruben Loftus-Cheek (Denis Zakaria)
62'  Hakim Ziyech (Mason Mount)
74'  Mason Mount
83'  Joao Felix (Mykhaylo Mudryk)
83'  Raheem Sterling (Pierre-Emerick Aubameyang)

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "CHelsi" yana yutqazdi. "Tottenxem" esa 4-o'rinda yanada mustahkam joylashib olmoqda.    

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!

89-daqiqa. O'zgarish! Risharlison o'rniga jamoaning yangi azosi Pedro Porro maydonga tushdi. 

82-daqiqa. GOOOOOOOOL! Xarri Keyn oradagi farqni ikkitaga oshirdi! Burchak zarbasidan keiyn Erik Dayer havodagi kurashda ustun kelib, to'pni uzo'oq burchakdagi Keynga o'tkazib berdi va hujumchi qulay imkoniyatdan unumli foydalandi.  

74-daqiqa. Ogohlantirish! Meyson Maunt qo'polligi uchun kartochka ishlab oldi.

73-daqiqa. Bo'ldi, bosh hakam maydonga qaytdi va o'yin davom ettiriladi. 

Katta ehtimol, hakam texnikasida yana muammo yuzaga kelgan.

71-daqiqa. Ie, ana bo'lmasam. Bosh hakam hech kimga hech nima demay, tribunaostiga yo'l oldi. Qolgan hamma maydonda :) 

67-daqiqa. "CHelsi" raqib himoyasini yorib o'ta olmayapti.

62-daqiqa. O'zgarishlarZiesh va Loftus-CHik o'rnini Meyson Maunt va Zakariyaga bo'shatib berdi.  

59-daqiqa. Ogohlantirish! Ben Devis to'pga ulgurmadi va Loftus-CHikni yiqitdi, natijada hakam unga sariq ko'rsatdi.

52-daqiqa. Zieshning zarbasi ko'nglidagidek chiqmadi.

49-daqiqa. Kulibali Keyn bilan kurashda chaqqonroq chiqdi va to'pni qaytardi. 

46-daqiqa. GOOOOOOOOL! Oliver Skipp hisobni ochdi! Enco Fernandeshning xatosidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi kuchli zarba yo'lladi va Kepa qutqarmadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakamning bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagi yanradi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. 

45+5-daqiqa. Nihoyat hammasi hal qilindi. Kay Xaverc, Emerson va Zieshga sariq bilan "ish yopildi". 

Takroriy lavhani ko'rgach, Styuart Attuel qarorini o'zgartirdi, qizilni bekor qildi va "CHelsi" futbolchisiga sariq ko'rsatdi. 

Maydonni tark etayotgan Zieshni to'rtinchi hakam to'xtatdi va shoshmay turchi, dedi. 

QIZIL! Hakim Zieshga hakam qizil kartochka ko'rsatdi. "CHelsi" bir kishi kam bo'lib qoldi. 

 

45+2-daqiqa. Qo'shib berilgan 2-daqiqada maydon markazida Ziesh va Risharlison to'qnashuvidan keyin janjal kelib chiqdi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

43-daqiqa. Ziyoshning uzatmasidan keyin Sterling jarima maydoni yaqinida to'pni qabul qilib, CHilvelning faolligi tufayli raqiblari taqibidan qochdi va zarba berdi, Forster qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytara oldi. 

40-daqiqa. Risharlison chaproqdan jarima maydoniga kirib borib, zarba berdi. Biroq braziliyalikning urinishi umuman qovushmadi. 

Navbatdagi to'qnashuvdan keyin Emerson shoshmaslikni, u o'ziga kelib olishi uchun vaqt kerakligiga etiborni qaratdi.  

37-daqiqa. Sterling va Feliks vaziyat yaratishga urinib ko'rishdi, ammo niyatiga eta olishmadi. 

34-daqiqa. Romero to'p uchun kurashda Kay Xaverc bilan to'qnashdi, bir necha qadam tashlab, ortga qaytgach, maydonga yiqildi.  

Birinchi bo'limning asosiy vaqti ortda qoldi, hakam birorta ham sariq ko'rsatmagan bo'lsada keskin kurashlar etarlicha kuzatilmoqda.  

Ana bo'lmasa... Fofana ham oyog'ida og'riq sezdi va bir lahza o'yin to'xtadi. 

32-daqiqa. Keyn to'pni hammaning ustidan tashlab, hujumga o'tgan Romeroga etkazmoqchi edik. Biroq Fofana bunga yo'l qo'ymadi.  

Standartdan naf chiqara olishmadi.

31-daqiqa. Kalidu Kulibali raqibning ehtimoliy xavfli hujumini to'xtatib qoldi. Burchak zarbasi.

29-daqiqa. Risharlison qarshi hujumga qochib ketayotgan Ris Jeymsni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. 

27-daqiqa. Ko'plab uzatmalar orqali tashkillashtirilgan hujumni Emil Xyoyberg zarba bilan yakunlamoqchi bo'ldi, Fofanaga tegib to'p sal qolsa darvoza to'ridan o'rin olardi — ustun mehmonlarni qutqardi. 

25-daqiqa. Qayta-qayta uringan bo'lsada, "aristokratlar" to'pni raqib darvozasigacha etkaza olishmadi. Har safar zarba yo'lida himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

24-daqiqa. Ben CHilvel avvaliga tezlikda o'tib ketgandek ko'ringandi, ammo Emerson quvlab etib, to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.  

22-daqiqa. Joau Feliks o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'lyapti.  

21-daqiqa. Hakam kurashishga beryapti. 

19-daqiqa. O'zgarish! Tyago Silva o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Fofana maydonga tushdi.

"CHelsi" uchun yoqimsiz holat. Tyago Silva tizzasida og'riz sezib, shifokorlar yordamiga muhtoj. 

13-daqiqa. "Tottenxem"ning xavfli hujumi. Keyn uni rivojlantirishda ham, yakunlashda ham faollik ko'rsatayotgandi, lekin zarba berishga himoyachilar imkon qoldirishmadi. 

11-daqiqa. Mehmonlar to'pni nazorat qilishmoqda.  

8-daqiqa. "CHelsi" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatmadan keyin Dayer to'pni qaytardi. O'z navbatida Romero yuzini ushlab maydonda yotibdi.  

6-daqiqa. Kay Xaverc kurashda g'olib bo'ldi va to'pni jamoasiga qaytarib berdi. 

2-daqiqa. Joau Feliks jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, ammo nishonda adashdi.  

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика