So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

APL. "Manchester Yunayted" yangi futbolchisining goli evaziga mavsumni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" yangi futbolchisining goli evaziga mavsumni g'alaba bilan boshladi

APLning yangi 2024/25 yilgi mavsumini ochib beruvchi bahsning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" - "Fulxem" 1:0

Gol: Zirkzi (87).

"Manchester Yunayted" - Onana, Mazraui (Evans, 81), Maguayr (de Ligt, 81), Martines, Maunt (Garnacho, 60), Fernandesh, Reshford, Amad (Zirkzi, 60), Kazemiro, Dalot, Maynu (Maktomini, 84).

"Fulxem" - Leno, Tete, Diop, Bassi, Robinson, Lukich, Pereyra, Traore, Smit-Rou (Kerni, 64), Ivobi, Munis.

Ogohlantirish: Bassi (26), Maguayr (41), Pereyra (70).

Manchester United

Joshua Zirkzee - 87'

Premier League . 1-tur

17/08/2024, 01:00

0
:
1
Tugadi

Fulham

Stadion: Old Trafford, 73297 tomoshabin

Bosh hakam: Robert Jones

45'
90'
18'  Mason Mount
40'  Harry Maguire
61'  Amad Diallo (Alejandro Garnacho)
61'  Mason Mount (Joshua Zirkzee)
81'  Harry Maguire (Jonny Evans)
81'  Noussair Mazraoui (Matthijs de Ligt)
84'  Kobbie Mainoo (Scott McTominay)
87'  Joshua Zirkzee
87'  Alejandro Garnacho
25'  Calvin Bassey
64'  Emile Smith Rowe (Tom Cairney)
70'  Andreas Pereira
73'  Tom Cairney
78'  Adama Traore (Harry Wilson)
78'  Rodrigo Muniz (Raul Jimenez)
90'  Sasa Lukic (Jay Stansfield)
90'  Andreas Pereira (Harrison Reed)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Yunayted" mavsumni g'alaba bilan boshladi.

90+4. IEEEEE!! Garnacho oppa-ochiq darvozaga gol ura olmadi(

90+2. UXXXXXXX!! Garnachoning zarbasini Leno qaytardi. Bugun "Yunayted" vaziyatlarining yarmidan foydalanganida ham yirik hisobda yutayotgan bo'lardi.

Bahsga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZIRKZIIIIIII!!! Uchrashuvda hisobni ochdi yangi futbolchi! Debyut o'yinda debyut gol.

81. De Ligt maydonga tushdi!

80. MYU tezkor qarshi hujumga o'tdi. Brununing zarbasi esa Leno uchun oddiylik qildi. Bugun Fernandeshning kuni emas shekilli. 

77. "Yunayted" asosiy vaqtini himoyada o'tkazishga majbur bo'layotgandi. Bosimdan jamoa qiyinchilik bilan chiqib ketmoqda.

74. Lisandroga olqishlar! "Yunayted" tezkor qarshi hujum qurboni bo'lishi mumkin edi. Pereyraning qanotdan darvoza yoniga uzatgan to'pini Licha maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

69. Garnachoning zarbasini Leno ushlab oldi.

66. UXXXXXXX!! "Fulxem" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Mehmonlarning ikki futbolchisi Maguayr bilan yolg'iz qolgandi. Qirol ushbu vaziyatda jamoasini goldan saqlab qola oldi!

62. ZARBAAAAAAAA!! Munis kutilmaganda akrobatik uslubda zarba yo'lladi. Onanadan chiroyli seyv!

60. "Yunayted"da ikkita o'zgarish bo'ldi: Garnacho va yangi futbolchi Zirkzi maydonga tushdi.

56. ZARBAAAAAAA!! Maynuning zarbasi noaniq ketdi. "Yunayted" bugun juda ko'p vaziyatdan foydalana olmayapti.

53. Jarimadan uzatilgan to'pni Onana ushlab oldi va tezkor hujum boshlab berdi. Reshfordning faolligidan keyin Maunt yaxshi vaziyatga ega bo'ldi. Zarbani Leno qaytardi.

52. Reshford o'z jarima maydonchasi yaqinida Traoreni yiqitdi. Jarima zarbasi.

48. Ikkinchi bo'lim boshida "Fulxem" bosim uyushtirdi. Burchakdan uzatilgan to'pga berilgan zarba noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

41. Maguayr raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam bittada simulyaciya ekanligini bildi va Maguayrga sariq berdi. VAR ishlayotgan zamonda bunday ish qilish kerakmas-da(

35. BRUNUUUUUUU!! Yana bir vaziyatni ko'kka sovurdi. Bu safar ham u birga bir imkoniyatdan foydalana olmadi.

32. "Yunayted"da yana bir vaziyat. CHap qanotdan darvoza yonidagi Brunu tomon havolatib to'p uzatildi. Zarba berish uchun Brununing bo'yi pastlik qildi.

29. UXXXXXXXXXX!!! Uchrashuvda golga tortadigan ilk vaziyat yuzaga keldi. Lenoning qo'pol xatosidan keyin Kazemiro to'pni egallab oldi va bir urinishda Fernandeshni Leno bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Brununing zarbasini Leno qaytardi.

27. Kazemironing zarbasi darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

26. Demak, yangi mavsumdagi ilk sariq kartochka Bassiga ko'rsatildi.

24. Brununing jarimadan uzatgan to'piga yana Kazemiro zarba berdi va yana zarba noaniq ko'rinish oldi.

20. Brunu juda o'tkir burchakdan Leno darvozasini ishg'ol qilmoqchi bo'ldi. Lekin zarba noaniq ketdi.

19. Hozircha total ustunlik mehmonlar tomonida. "Yunayted"ning himoyasiga katta yuk tushyapti.

16. Qoyil-e) Bahaybat Adama Traore mittigina Lisandro Martinesning "korpusi"ga uchib ketdi)

15. "Yunayted" standartga ega bo'ldi. Uzatilgan to'pga Kazemiro boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

14. "Fulxem" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba berildi. To'p himoyachilar tomonidan qaytarib yuborildi.

13. ZARBAAAAAAA!!! Tetening kuchli zarbasidan keyin Onanadan superseyv ko'rdik!12. Amad Diallo raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Bosh hakam bu holatga etibor qaratmadi.

8. Adama Traorening zarbasi noaniq ketdi.

6. Andreas Pereyra tomonidan uzatilgan to'pni Onana ushlab oldi.

5. "Fulxem" jarima zarbasini amalga oshiradi.

2. Ilk daqiqadan "Yunayted" hujumga o'tdi. Reshford chap qanotdan markaz tomon to'pni oshirdi. Biroq offsayd qayd etildi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "qariya Trafford"ga qaratamiz. Ushbu stadionda APLning yangi mavsumini ochib beruvchi bahs boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика