APL. Runi barcha zamonlar to'purarlari orasida ikkinchi o'ringa chiqib oldi
03 jan 2016 10:00
Yangiliklar


APL. Runi barcha zamonlar to'purarlari orasida ikkinchi o'ringa chiqib oldi
Manchester Yunayted hujumchisi Ueyn Runi APL 20-turida Suonsiga qarshi o'yinda (2:1) gol urdi.
Bu gol futbolchi uchun MYU safidagi 238-gol bo'ldi. 30 yoshli futbolchi klub to'purarlari orasida Denis Louni ortda qoldirib ikkinchi o'ringa chiqib oldi. MYU safida Runidan ko'proq golni faqat Bobbi CHarlton urgan (249ta gol).
Bundan tashqari, Runi APL tarixida gol urish bo'yicha Endi Koulni ortda qoldirdi. Musobaqada Ueynning gollari soni 188taga etdi. Birinchi o'rinda Alan SHirer (260ta gol) qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar