APL rahbari 19 yildan so'ng o'z vazifasini tark etadi
08 iyu 2018 10:31
Yangiliklar
APL rahbari 19 yildan so'ng o'z vazifasini tark etadi
Angliya Premer-ligasi ijrochi direktori Richard Skudamor tashkilotdagi deyarli 20 yillik faoliyatidan so'ng 2018 yil oxirida uni tark etadi.
Skudamor 1999 yildan beri ushbu vazifada ishlab kelmoqda. Ushbu mansabdor shaxs o'z faoliyati davomida chempionat telehuquqlari narxini 900 mln. dollardan 6,9 mlrd. dollargacha etkazdi.
"Bu ishda uzoq vaqt ishlash men uchun rohat. Ushbu vazifa juda qiziq.
O'tgan 20 yilni qo'llab-quvvatlashlarsiz, Premer-liga yordamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Butun dunyodagi hamkorlarimizsiz bunday muvaffaqiyatlarga erisha olmasdik. Ular tariximizga hissa qo'shishdi va ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman" - deydi Skudamor.
Fikrlar