So’nggi yangiliklar

09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  2 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  2 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  12 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  5 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  17 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  2 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  3 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  12

APL. Qiziqarli to'qnashuvlarga boy 27-tur o'yinlari uchun prevyu Yangiliklar

APL. Qiziqarli to'qnashuvlarga boy 27-tur o'yinlari uchun prevyu

Bugun Angliya chempionatida 27-tur o'yinlari boshlanadi.

Asosiy etibor "CHelsi" - "Tottenxem", "Lester" - "Manchester Siti va "Arsenal" - "Everton" uchrashuvlariga qaratiladi. Quyida turning muhim bellashuvlari prevyusi etiboringizga havola qilinadi.


22.02 17:30 (Toshkent vaqti) "CHelsi" - "Tottenxem"

"CHelsi" oxirgi 6 o'yindan 1 tasida g'alaba qozonib, Premer-ligada 4-o'rinni egallab turibdi, ammo "Tottenxem"dan 1 ochko oldinda, xolos.

"SHporlar" esa bu mavsumdagi mehmonda o'tgan uchrashuvlardan faqat 3 tasini yuta olgan. Nima bo'lgan taqdirda Mour va uning shogirdlari "Stemford Brij"ga ijobiy natiji ilinjida kelishadi.


Tarkiblar bo'yicha

N'Golo Kante jarohat olgan va Marko van Ginkel, Ruben Loftus-CHik qatoriga qo'shilgani Lempardni havotirga solmoqda. 

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda Mishi Batshuayining o'yini chiqmadi va murabbiy Temmi Abraxamning safga qaytishiga umid bildirmoqda. 

Kallum Xadson-Odoi, Kristian Pulishich va Andreas Kristensenning ishtiroklari so'roq ostida turibdi.

Kurt Zuma darvozabon Kabaleroga qo'rg'on bo'lishi kutilyapti. 


Son Xyon Min bu hafta afsuski, jarohatdagi Garri Keyn va Mussa Sissoko saflariga qo'shildi. 

Himoyachi Xuan Foyt o'yinda qatnashadimi yoki yo'q, bunisi nomalum. 

O'ng qanot himoyasida Jafet Tanganga yoki Serj Ore to'p tepadi, balki ikkisi ham asosiyda o'ynashi mumkin. 

Dele Allida charchoq alomatlari borligi matbuotda bong urilmoqda. Demak, u o'yinni dastlabki daqiqalardan boshlaydimi yoki yo'q, barchamiz uchun qiziq.

O'yinga oid faktlar:

- "CHelsi" barcha musobaqalarda "Tottenxem"ga qarshi 25 o'yindan 24 tasida yutqazmagan. 

- "Tottenxem" so'nggi 3 o'yinda yutgan (Premer-liga)

- "CHelsi" so'nggi 3 o'yinda kamida 2 ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga)

- "Tottenxem" oxirgi 3 bahsda kamida 2 ta gol urgan (Premer-liga).


Taxminiy tarkiblar

"CHelsi" (4-3-3): Kabalero, Jeyms, Zuma, Ryudiger, Aspilikueta, Maunt, Jorjino, Kovachich, Pedro, Villian, Batshuayi    

"Tottenxem" (4-4-2):  Loris, Tanganga,  Alderveyreld, Sanches, Devis, Ore, Ndombele, Uinks, Lo CHelso, Bergveyn, Moura


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Kristensen, Kante, Abraxam ("CHelsi"), Sissoko, Son, Keyn ("Tottenxem")

So'roq ostida: Loftus-CHik, Xadson-Odoi, Pulishich ("CHelsi"), Foyt ("Tottenxem")

Chelsea

Olivier Giroud - 15', Marcos Alonso - 48'

Premier League . 27-tur

22/02/2020, 16:30

1
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Antonio Ruediger - 89'

Stadion: Stamford Bridge, 40608 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
15'  Olivier Giroud
48'  Marcos Alonso
48'  Ross Barkley
65'  Andreas Christensen
71'  Olivier Giroud (Tammy Abraham)
77'  Ross Barkley (Willian)
23'  Harry Winks
63'  Tanguy Ndombele (Erik Lamela)
78'  Steven Bergwijn (Dele Alli)
78'  Toby Alderweireld (Serge Aurier)
81'  Giovani Lo Celso
89'  Antonio Ruediger


22.02 17:30 "Lester" - "Manchester Siti"

"Lester" barcha musobaqalar doirasidagi oxirgi 8 o'yinidan 2 tasida g'alabaga erishgan. 

"Manchester Siti" agar yutsa, oradagi farqni 7 ochkoga keltirishi mumkin. 

Brendan Rojers va Xosep Gvardiola to'qnashuvida kim g'olib bo'lishi hamma muxlislar uchun qiziq.


Tarkiblar bo'yicha

Vilfred Ndidi oxirgi 2 o'yinni o'tkazib yuborgan. Brendan Rojers bu safar "Manchester Siti"ga qarshi uning xizmatlariga muxtoj.

Xamza CHaudri bitta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

"Lester" 3 ta himoyachi bilan o'ynashi kutilmoqda. Kristian Fuks yoki Bennett zaxirada qolib ketsa ajablanmang.


David Silva dastlabki daqiqalarda maydonda ko'rinish berishi ehtimoli past.

Emerik Lyaport ajoyib formada ekanligini inobatga olsak, u markazda asosiy himoyachi bo'ladi. Unga tandem sifatida o'tgan turda dam olgan Fernandino yoki Otamendi tanlanadi.

Riyad Maxrez sobiq klubiga qarshi to'p tepishi kutilyapti.

O'yinga oid faktlar:

- "Lester" ishtirokidagi oxirgi 4 uy o'yinida kamida 2ta to'p darvozaga kiritilgan.

- "Manchester Siti"ning oldingi 3 uchrashuvida 3 tadan ko'p gol urilmagan.


Taxminiy tarkiblar

"Lester" (3-5-2): SHmeyxel, Evans, Syoyundjyu, Bennett, Pereyra, Tilemans, Ndidi, Meddison, CHiluell,    Peres, Vardi    

"Manchester Siti” (4-3-3):  Ederson, Uoker, Fernandino, Lyaport, Mendi, Gyundogan, Rodri, De Bryoyne, B.Silva, Maxrez, Aguero


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: N.Mendi, Jeyms, Amarti ("Lester"), Sterling ("Manchester Siti") 

So'roq ostida: Ndidi ("Lester"),   D.Silva, Sane ("Manchester Siti")

Leicester City

Premier League . 27-tur

22/02/2020, 21:30

1
:
0
Tugadi

Manchester City

Gabriel Jesus - 80'

Stadion: King Power Stadium, 32068 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
46'  Kelechi Iheanacho (Harvey Barnes)
85'  Dennis Praet (Matthew James)
90'  Christian Fuchs (Ayoze Perez)
58'  Aymeric Laporte (Nicolas Otamendi)
62'  Sergio Aguero
77'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)
80'  Gabriel Jesus
80'  Riyad Mahrez


23.02 19:00 "Manchester Yunayted" - "Uotford"

"Manchester Yunayted" o'tgan turdagi muhim g'alabadan so'ng, yuqorilash uchun bu turda ham yaxshigina imkoniyatga ega bo'ldi.   

"Uotford"ning holati biroz og'irroq. Ular ayni damda 19-o'rinda bormoqdalar. Biroq unutmaslik lozim, bu - APL. 


Tarkiblar bo'yicha

Odion Igalo sobiq jamoasiga qarshi o'ynashni intiq bo'lib kutmoqda. 

Ule Gunnar Sulsherning aytishicha, Skott Maktominey safga qaytgan. U oldingi 13 ta o'yinni o'tkazib yuborgandi. 

Uan-Bissaka o'tgan bahsda dam olgan, bu safar u asosiyda o'ynashi kutilyapti.

Agar tiklanishga ulgursa, Meyson Grinvud birinchi jamoada to'p tepishdan umidvor.


"Uotford" bosh murabbiyi Nayjel Pirson jamoa hujumchisi Ismaila Sarr xizmatidan foydalanishni juda xohlayapti. Sarr jarohati tufayli oxirgi 4 ta uchrashuvni o'tkazib yuborgan. 

Denni Uelbek asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

Yarim himoyada CHaloba  Kapu yoki Dukure bilan juftlik hosil qiladi.

O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Yunayted" "Uotford"ga qarshi so'nggi 6 uy o'yinida yutuqqa erishgan.

- "Qizil iblislar"ning APL doirasidagi oxirgi 7 uchrashuvidan 6 tasida 3 tadan ko'p gol kuzatilmagan.

- "Manchester Yunayted" APLda so'nggi 11 uy o'yinidan 10 tasida yutqazmagan.


Taxminiy tarkiblar

“Manchester Yunayted” (4-2-3-1): De Xea, Uan-Bissaka, Bayi, Maguayr, SHou, Matich, Fred, Grinvud, Fernandes, Jeyms, Marsyal    

"Uotford” (4-2-3-1): Foster, Mariappa, Kabasele, Katkart, Mazina, CHaloba, Kapu, Uelbek, Dukure, Deulofeu, Dini    


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pogba, Rashford ("Manchester Yunayted"), Douson, Yanmat, Pryodl (“Uotford”)    

So'roq ostida: Bayi, Tuanzebe, Fosu-Mensa, Maktominey, Grinvud ("Manchester Yunayted"), Femeniya, Kleverli, Sarr ("Uotford")         

Manchester United

Bruno Fernandes - 42', Anthony Martial - 58', Mason Greenwood - 75'

Premier League . 27-tur

23/02/2020, 18:00

0
:
3
Tugadi

Watford

Stadion: Old Trafford, 73347 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
42'  Bruno Fernandes
58'  Anthony Martial
75'  Mason Greenwood
75'  Bruno Fernandes
79'  Fred (Scott McTominay)
80'  Mason Greenwood (Tahith Chong)
80'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
52'  Troy Deeney
67'  Craig Cathcart
69'  Roberto Pereyra (Ismaila Sarr)
76'  Troy Deeney (Danny Welbeck)
80'  Abdoulaye Doucoure (Tom Cleverley)


23.02 21:30 "Arsenal" - "Everton"

Mikel Arteta haqiqatdan "Arsenal"dagi vaziyatni o'nglashga astoydil harakat qilmoqda. 

Karlo Anchelotti "Everton"ni jar yoqasidan tortib oldi yani ular endi odingidek quyi o'rinda emas, balki yuqori o'nlikda. 

Ikki jamoa ham ayni damda ajoyib formada. "Arsenal" "Everton"ga qarshi oxirgi 6 uy o'yinida faqat g'alabaga erishgan. "To'pchilar" bugun g'alaba uchun harakat qilishlari aniq, chunki yuqori to'rtlik uchun kurash yo'lida bu juda muhim.


Tarkiblar bo'yicha

Sokratis "Olimpiakos"ga qarshi o'yinda jarohatga yo'liqqan. Bugun u maydonda ko'rinish bermasa kerak. 

Katta ehtimol bilan himoya markaziga Luiz-Mustafi juftligi joylashadi.

Tayanch zonasiga Granit Jaka tushishi aniq. Unga sherik sifatida Sebalos tanlanishi mumkin.

Ozil va Pepe bugungi muhim bellashuvda 11 talik tarkibda bo'lishi taxmin qilinmoqda.


Karlo Anchelotti jamoasida yaxshi yangilik: Andre Gomesh og'ir jarohat olganiga qaramasdan uch oyda safga qayta oldi.

Uolkottga tizzasidagi jarohat yashil maydonda ko'rinish berishiga to'sqinlik qilishi mumkin. 

Aleks Ivobi sobiq klubiga qarshi o'ynashi mumkin va bu hamma uchun qiziq.

Papa Karlo himoya qo'rg'oniga Kin-Mina tandemini qo'ysa kerak.

O'yinga oid faktlar:

- "Arsenal" barcha turnirdarda "Everton"ga qarshi oxirgi 22 uy uchrashuvida yutqazmagan.

- "To'pchilar" hamma musobaqalarda "Everton" bilan bo'lib o'tgan 6 uy o'yinida kamida 2 ta gol urgan.

- "Irislar" ishtirokidagi so'nggi 3 o'yinda 2 tadan ko'p gol urilgan.

- "Everton" APLda oxirgi 11 o'yindan 10 tasida mag'lub bo'lmagan.

- "Arsenal" so'nggi 6 uchrashuvda yutqazmagan (Premer-liga).


Taxminiy tarkiblar

“Arsenal” (4-2-3-1): Leno, Belerin, Mustafi, Luiz, Kolashinac, Jaka, Sebalos, Pepe, Ozil, Obameyang, Lyakazett    

"Everton” (4-4-2): Pikford, Koulman, Mina, Kin, Din, Ivobi, Sigurdsson, SHnederlen, Bernard, Kalvert-Lyuin, Richarlison


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: CHembers, Tirni, Sedrik, Nelson ("Arsenal"), Gbamen    ("Everton")

So'roq ostida: Sokratis, Torreyra ("Arsenal"), Gomesh, Uolkott ("Everton")

Arsenal

Edward Nketiah - 27', Pierre-Emerick Aubameyang - 33', Pierre-Emerick Aubameyang - 46'

Premier League . 27-tur

23/02/2020, 20:30

2
:
3
Tugadi

Everton

Dominic Calvert-Lewin - 1', Richarlison - 45'

Stadion: Emirates Stadium, 60296 tomoshabin

Bosh hakam: Stuart Attwell

45'
90'
18'  Sead Kolasinac (Bukayo Saka)
27'  Edward Nketiah
27'  Bukayo Saka
33'  Pierre-Emerick Aubameyang
33'  David Luiz
46'  Pierre-Emerick Aubameyang
46'  Nicolas Pepe
76'  Daniel Ceballos (Lucas Torreira)
82'  Mesut Ozil (Matteo Guendouzi)
1'  Dominic Calvert-Lewin
31'  Morgan Schneiderlin
45'  Richarlison
45'  Richarlison
45'  Yerry Mina
59'  Morgan Schneiderlin (Andre Gomes)
60'  Alex Iwobi (Bernard)
73'  Gylfi Sigurdsson
82'  Fabian Delph (Moise Kean)
90'  Andre Gomes


25.02 01:00 "Liverpul" - "Vest Xem"

Yurgen Klopp shogirdlari bu gal kuchli himoyaga ega "Atletiko"ga qarshi emas, "Vest Xem"ga qarshi o'ynaydi. 

"Vest Xem" oxirgi 7 uchrashuvda g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. SHuningdek, ular "Enfild"dagi oxirgi 2 o'yinda 4 ta gol o'tkazib yuborganini unutmaslik lozim. 


Tarkiblar bo'yicha

Jordan Xenderson "Atletiko Madrid" bilan o'yinda jarohat oldi. SHu bois u uch haftani maydondan tashqarida o'tkazishi malum qilindi. 

Sadio Mane "Vest Xem"ga qarshi bellashuvga shay holatda turibdi.

Nabi Keyta, Oksleyd-CHemberlen hamda Joel Matip o'z imkoniyatlarini kutishmoqda.


Rayan Frederiks "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. 

Felipe Anderson yanvar boshidan beri o'ynamayotgandi, lekin u safga qaytgan. 

Manuel Lansini va Sebastyan Alle asosiy tarkibda maydonga tushirilishi mumkin. 

O'yinga oid faktlar:

- "Liverpul" APLda so'nggi 20 uy o'yinida g'alaba qozongan.

- "Qizillar" so'nggi 11 o'yinidan 10 tasida gol o'tkazib yubormagan (Premer-liga).

- "Liverpul" barcha musobaqalarda "Vest Xem" bilan so'nggi 19 uy o'yinidan 18 tasida mag'lub bo'lmagan.

- "Vest Xem" oxirgi 4 mehmon uchrashuvida yutqazgan (Premer-liga).


Taxminiy tarkiblar

“Liverpul” (4-2-3-1): Alison, Arnold, Gomez, Van Deyk, Robertson, CHemberlen, Fabino, Veynaldum, Mane, Salax, Firmino    

"Vest Xem” (4-4-2): Fabyanskiy, Dop, Ogbonna, Kressuell, Snodgrass, Rays, Nobl, Souchek, Masuaku, Antonio, Alle


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xenderson ("Liverpul), Frederiks, Uilshir, Yarmolenko    ("Vest Xem")

So'roq ostida: Klayn, SHakiri ("Liverpul")

Liverpool

Georginio Wijnaldum - 9', Mohamed Salah - 68', Sadio Mane - 81'

Premier League . 27-tur

25/02/2020, 00:00

2
:
3
Tugadi

West Ham United

Issa Diop - 12', Pablo Fornals - 54'

Stadion: Anfield, 53313 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
9'  Georginio Wijnaldum
9'  Trent Alexander-Arnold
57'  Naby Keita (Alex Oxlade-Chamberlain)
68'  Mohamed Salah
68'  Andrew Robertson
81'  Sadio Mane
81'  Trent Alexander-Arnold
86'  Sadio Mane
90'  Sadio Mane (Joel Matip)
12'  Issa Diop
12'  Robert Snodgrass
47'  Tomas Soucek (Pablo Fornals)
51'  Declan Rice
54'  Pablo Fornals
54'  Declan Rice
65'  Felipe Anderson (Sebastien Haller)
66'  Issa Diop
80'  Mark Noble
84'  Robert Snodgrass (Jarrod Bowen)


SHuningdek, bu turdan quyidagi uchrashuvlar o'rin olgan:

22.02 20:00 "Sautgempton" - "Aston Villa"

22.02 20:00 "Byornli" - "Bornmut" 

22.02 20:00 "Kristal Pelas" - "Nyukasl"     

22.02 20:00 "SHeffild Yunayted" - "Brayton"

23.02 19:00 "Vulverxempton" - "Norvich"     


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика