So’nggi yangiliklar

15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  18 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8

APL. Prevyu: "CHelsi"ni oldidan "qora mushuklar" chiqmoqda, Pep yana italiyalik murabbiy oldida ojiz qoladimi? Yangiliklar

APL. Prevyu: "CHelsi"ni oldidan "qora mushuklar" chiqmoqda, Pep yana italiyalik murabbiy oldida ojiz qoladimi?

Angliya premer ligasining 16-tur o'yinlarining qolgan sakkizta bellashuvi bugun tunda bo'lib o'tadi.


Kecha o'tkazilgan o'yinlarda "Bornmut" 27 yillik tanaffusdan so'ng "Lester" qarshligini engan bo'lsa, "Arsenal" Liverpulda "Everton"ga yutqazib qo'ydi.


Bu esa albatta turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan "CHelsi"ga qo'l keldi. Endilikda Antonio Konte shogirdlari "Sanderlend"ni mehmonda taslim etishni uddalay olishsa, "aristokratlar" "kanonirlar"dan 6 ochkoga uzib ketishadi.

Ammo bunga Devid Moyes shogirdlari yo'l qo'yishadimi? Garchi "Sanderlend" jamoasi ayni paytda turnir jadvalida eng oxirgi o'rinni band etib turgan bo'lsada, ular so'nggi o'tkazilgan beshta uchrashuvdan uchtasini g'alaba bilan yakunlashdi. Bu esa "Sanderlend" o'z o'yinini topib olganidan darak beradi.
"Sanderlend" uchun bu to'qnashuvdagi g'alaba nega yanada muhimroq, degan savolga quyida javob olamiz. Turnir jadvalining quyi qismidan joy olgan "Sanderlend"ning eng yaqin "qo'shnilari" - "Xall" va "Suonsi" jamoalari bu turda safarda "Tottenxem" hamda "Vest Bromvich" mehmoniga aylanishadi. Agarda bu o'yinda ular mag'lubiyatga uchraydigan bo'lishsa, unda "Sanderlend"ning g'alabasi "qora mushuklar"ga xavfli zonani tark etishlariga yordam beradi.
Lekin "Sanderlend"ning raqibi peshqadam "CHelsi" ekanligi "qora mushuklar"ni qo'rqitib yuborishi mumkin. Antonio Konte qo'l ostida ketma-ket 10ta uchrashuvda g'alaba qozongan "aristokratlar" "Stedium of Layt"dan xafa holatda Londonga qaytishni istamasliklari aniq.
Devid Moyes esa Gvardiola, Mourinyu va Pochettinoning qo'lidan kelmagan ishni bajarmoqchi. Yani Kontening g'oyalariga qarshi o'zining taktik yurishini tayyorlab qo'ygani aniq. Ammo uning bu taktik rejalari qanchalik ish berishini tunda bo'ladigan bahsdan so'ng bilib olamiz.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Sanderlend" va "CHelsi" jamoalari shu kunga qadar barcha musobaqalarda jami 123 marotaba duch kelishgan. Ustunlik "CHelsi" tarafida. "Aristokratlar" o'zaro o'yinlarda 60 marotaba g'alaba qozonishgan. "Sanderlend" esa 42 bor "CHelsi"dan ustun kelgan. Qolgan 21 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.



CHempionshipdan qaytish premer ligaga qaytish qilgan "Midlsbro" bugun "Riversayd"da uchinchi pog'onada borayotgan "Liverpul"ni qabul qiladi. Aytor Karanka qo'mondonlik qilayotgan "Midlsbro" mavsumni juda ko'tarinki kayfiyatda boshlagandi. Ammo jamoaning oxirgi o'yinlardagi natijalari ancha pasayib ketdi. Karanko jamoasining oxirgi o'tkazilgan beshta o'yindan atiga bittasida g'alaba qozongani muxlislarni havotirga qo'ymoqda. Jamoa esa turnir jadvalida ham asta-sekin pastlamoqda. "Manchester Siti", "Arsenal" kabi jamoalar "Midlsbro"ni mag'lub etish choralarini topa olishmagandi. Peshqadam "CHelsi" esa Karanka boshqaruvidagi jamoaga qarshi o'yinda yagona gol evaziga qimmatli 3 ochkoga ega chiqqandi. Yurgan Klopp uchun Midlsbrodagi safar oson o'tmasligi aniq. Asosan himoyada zich va tartibli o'ynaydigan jamoaga qarshi o'yinda "Liverpul"ning hujumkor uslubi qanchalik naf berishini kuzatish qiziq bo'ladi. Aytor Karanka esa jamoasini qarshi hujumda qanday o'ynatishni juda yaxshi biladi. Yurgen Klopp jamoasining ojizroq nuqtasi ham aynan mudofaa chizig'i va darvozabon sanaladi. Klopp ishonch bildirayotgan Kariusning ishonchsiz o'yinlari mersisaydliklar himoyachilarini yanada ehtiyotkor bo'lib o'ynashga undaydi. Ayni paytda "Liverpul" jamoasida muammolar etarli. Koutinoning jarohatidan so'ng jamoada samaradorlik ancha pasaydi. Klopp jamoasi har bir o'yinda bir qator vaziyatlardan yaratayotgan bo'lishsada, ularni golga aylantirishga kelganda etarli muammolarga egalar.

CHempionlik uchun kurashayotgan "Liverpul" oxirgi ikkita o'yinda bor yo'g'i 1 ochko ishladi. Bu esa Klopp jamoasini ancha g'azablantirgani bor gap. "Liverpul" peshqadam "CHelsi"ni oldinga qo'yib yubordi va chempionlik poygasida tezlikni ancha tushirib yubordi. Ammo kecha "Arsenal"ning qoqilishidan so'ng "Liverpul" jamoasining ishtahasi yanada ochilgan bo'lsa ajab emas. Agarda "Liverpul" jamoasi bugun g'alaba nashidasini suradigan bo'lsa, unda mersisaydliklar ikkinchi pog'onaga qaytishadi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, unda "Siti"ni ham oldinga qo'yib yuborishlari mumkin.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Midlsbro" hamda "Liverpul" shu kungacha umumiy hisobda 143 uchrashuvda o'zaro bahslashishgan. SHularning 62tasida mersisaydliklarning qo'llari baland kelgan bo'lsa, 41 o'yin "Midlsbro"ning foydasiga tugagan. Qolgan 40 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.


Turnir jadvalining beshinchi pog'onasida o'rnashib olgan "Tottenxem"ning ishlari yaxshi emas. Maurisio Pochettino shogirdlari o'tgan turda asosiy raqiblaridan biri "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berishdi. Bu turda esa "Uayt Xart Leyn"da "Tottenxem" premer ligada eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan "Xall"ni qabul qiladi.
CHempionatning eng yaxshi himoyasi va bu borada hozircha eng yomon ko'rsatkichga ega "Xall" himoyasi o'rtasidagi "jang"da qaysi jamoaning hujumchilariga mazza bo'ladi? Bu savolga ko'pchilik shubhasiz "shporlar" hujum chizig'i kuchli, deya javob berishi aniq. Ammo haqiqiy javobni tunda bo'lib o'tadigan o'yindan so'ng olamiz.
"Tottenxem" jamoasi oxirgi beshta o'yindan faqatgina ikkitasida g'alaba qozonishdi. Pochettino shogirdlari o'tgan uy o'yinida "Suonsi"ga qaqshatqich zarba berishgandi.
Mayk Felanning bundan xabari bor va jamoani "Tottenxem"ga qarshi o'yinda "Xall"ni bu borada alohida reja asosida tayyorlashi aniq.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar hozirga qadar 29 marotaba duch kelishgan. "Tottenxem" 13ta o'yinda raqibidan ustun kelgan, "Xall" esa 6 uchrashuvda g'alaba qozongan. Qolgan 10ta bellashuvda esa jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.


Joze Mourinyu boshchiligidagi "Manchester Yunayted" o'tgan gal o'z uyida "Tottenxem"ni taslim etgandi. Bu esa ularni kayfiyatiga yaxshi tomonlama tasir qilgan. SHu boisdan ham "qizil iblislar" yaxshi kayfiyatda Londonning janubiy tomonida joylashgan Kroydon shahriga yo'l olishgan. "Kristal Pelas" joriy mavsumda bir tekisda o'ynay olmayapti. Ularning egallab turgan o'rni ham shunga mos ravishda. Alan Pardyu shogirdlari bu turda ochko yo'qotishga haqlari yo'q. Sababi, bu turdagi mag'lubiyat ularning turnir jadvalidagi mavqeiga yaxshigina putur etkazadi. Hozirgi band etib turgan 15-o'rindan yanada pastlamasliklari uchun kamida "Manchester Yunayted"dan ochko olishlari lozim bo'ladi. "Kristal Pelas" ko'p gol urishi mumkin, ammo o'z darvozasidan ham muntazam tarzda gol qo'yib yuboradigan jamoalar sirasiga kiradi. Yani Alan Pardyu jamoasining mudofaa chizig'i maqtanarli darajada emas. "Burgutlar" ushbu mavsumda hozirga qadar o'tkazilgan 15ta o'yindan atiga bittasida o'z darvozalarini quruq saqlashni uddasidan chiqishgan.
"Kristal Pelas"ning asosiy quroli bu albatta hujum. Jamoa har qanday vaziyatda hujum qilishga va shu orqali himoyadagi kemtiklarni o'rnini to'ldirishga urinadi. Jamoa etakchilari bu albatta Kristian Benteke va Uilfrid Zaa hisoblanadi. "Burgutlar"ning o'yini asosan shu futbolchilarga bog'liq.

Joze Mourinyu nihoyat Genrix Mxitaryanga imkoniyat berishni boshlaganida armanistonlik futbolchi jarohat oldi va safdan chiqdi. "Manchester Yunayted"ning premer ligadagi uzoq kutilgan va asosiy raqibi ustidan qozonilgan g'alabasiga bosh sababchi bo'lgan Genrix Mxitaryan aynan "Tottenxem" bilan bo'lgan bellashuvda oyog'ini shikastlab olgandi. Bu uchrashuvda esa "Manchester Yunayted"ning yangi etakchisi "qizil iblislar"ga ko'maklasha olmaydi.
Bu albatta hozirning "Manchester Yunayted" uchun yaxshigina yo'qotish sanaladi.
Mourinyu jamoasi uchun bu to'qnashuvda qo'lga kiritiladigan uch ochko juda muhim. Aks holda Yunayted beshinchi o'rinda borayotgan "shporlar"ni yana uzoqqa qo'yib yuboradi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Burgutlar" va "Qizil iblislar"ning o'zaro o'yinlari tarixiga nazar soladigan bo'lsak, unda katta ustunlik Manchester jamoasi tarafida. "Yunayted" o'tkazilgan 49ta o'yindan 32tasida g'olib bo'lgan. "KRistal Pelas" esa 7 bor zafar quchgan. Qolgan 10 uchrashuvda esa g'olib nomi aniqlanmagan.


Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" "Lester" tomonidan tor-mor etilgach o'ziga kelib olganmi yoki yo'q, degan savolga bugungi "Uotford"ga qarshi kechadigan o'yinidan so'ng bilib olamiz.
"Etihad" stadionida bo'lib o'tadigan bahsda "Siti"ni faqatgina g'alaba qanoatlantiradi. Pep shoigrdlari so'nggi ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchrashgani va g'alabasiz o'yinlari soni ECHLni ham qo'shganda uchtaga etganini hisobga oladigan bo'lsak, mahalliy ishqibozlarni boshqacha natija umuman qoniqtirmaydi. Aks holda jamoa bosh murabbiyi Gvardiola qattiq tanqidlar ostida qolib ketadi. CHempionlik poygasidan tobora uzoqlashib ketayotgan "Siti"ga bu safar ham yana italyancha murabbiy taktikasida o'ynaydigan "Uotford" qarshilik qiladi. Avvaliga Konte, keyin Raneridan "tarsaki" egan Gvardiolani Maccari oldida qanday chora ko'rishini tomosha qilish qiziq bo'lishi shubhasiz.
Maccari shogirdlari hozircha premer ligada yomon ishtirok etishmayapti. Faqatgina jamoa oxirgi o'yinlarda biroz tezlikni tushirib yuborganini hisobga olmasa, qolgan ishlar yaxshi ketmoqda. Turnir jadvalining qoq markazidan joy olgan "Uotford" evrokuboklar uchun beriladigan yo'llanmalar uchun kurashib ko'rishiga hech nima to'sqinliq qila olmaydi. Faqatgina bunga jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yinlari sabab bo'lishi mumkin.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalarning o'zaro o'yinlari soni 21tani tashkil qiladi. SHulardan 10tasida "shaharliklar"ning qo'li baland kelgan, 6ta uchrashuvda esa "Uotford" g'alaba qozongan. Qolgan beshta o'yinda durang qayd etilgan.


Londonning yana bir burchagida "Vest Xem" jamoasi o'zidan to'rt pog'ona tepada turgan "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.
"Arsenal"dan uchralgan yirik mag'lubiyat va "Liverpul" bilan erishilgan durangdan so'ng Slaven Bilich jamoani kerakli yo'nalishda tayyorlay olishi lozim. "Enfild"dagi natijadan so'ng jamoaning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi ortgani ham aniq. Ammo "Bernli" ko'p jamoalarga chaqilmas yong'oq bo'lib keladi.
"Vest Xem" turnir jadvalida "Bernli"ga yaqinlashib olishi qulay imkoniyatga ega. Buyog'i esa o'zlariga bog'liq. Bilich va Dichning qarama-qarshili ancha tomoshabop o'yinni taqdim etish ehtimoli yuqori.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Ushbu jamoalar 82 marotaba duch kelishgan. SHulardan 34tasida londonliklar g'alabaga erishishgan. SHuningdek yana 31ta uchrashuvda "Bernli"ning qo'li baland keldi. Qolgan 17 bahs esa durang natijasi bilan yakun topgan.


Turnir jadvalidagi yonma-yon "qo'shnilar" "Stok Siti" va "Sautgempton" jamoalari ushbu turda o'zaro ro'baro kelishadi. "Stok Siti" o'z uyida bo'ladigan o'yinda "Sautgempton"ni mag'lub etib, turnir jadvalida ularni quvib o'tish imkoniyatiga ega.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar shu kungacha jami 70 uchrashuvda o'zaro kuch sinashishgan. Bularning 27tasida "Stok Siti"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 30 o'yinda "Sautgempton" g'alaba qozongan. Yana 13ta bellashuv durang bilan tugagan.


Jadvalning quyi qismidan joy olgan yana bir jamoa bu "Suonsi". Bugun "oq qushlar"ni "Vest Bromvich" jamoasi o'z maydonida sinovdan o'tkazadi. Mavsumni o'rtacha o'takazayotgan "Vest Bromvich" qarshiligida qo'zi qonga to'lgan "Suonsi". O'tgan turdagi g'alabadan so'ng "Suonsi"ning shashti ancha baland. Bob Bredli shogirdlarining asosiy vazifasi turnir jadvalida xavfli zonani tezroq tark etish. Buning uchun esa ular safarda "Vest Bromvich"ni taslim etishlari kerak bo'ladi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Vest Bromvich" hamda "Suonsi" jamoalari shu kunga qadar 32 marotaba o'zaro duch kelishgan. Bu qarama-qarshilikda ustunlik "Suonsi" tarafida. Ular 14 bor g'alaba nashidasini surishgan. "Vest Bromvich" esa 12 marta yutuqqa erishgan. Qolgan 6 o'yinda g'olib jamoa nomi aniqlanmagan.


APL, 16-tur.

Vest Xem – Bernli

Olimpiyskiy stadion

Bosh hakam
: Robert Madley.


Sanderlend – CHelsi

Stedium of Layt

Bosh hakam
: Nil Svarbrik.
 


Midlsbro – Liverpul

Riversayd

Bosh hakam
: Jon Moss.


Stok Siti – Sautgempton

Bet365 Stedium

Bosh hakam
: Antoni Teylor.


Manchester Siti – Uotford

Etixad Stedium

Bosh hakam
: Kevin Frend.



Vest Bromvich – Suonsi

Xotorns

Bosh hakam
: Maykl Oliver.


Tottenxem – Xall

Uayt Xart Leyn

Bosh hakam
: Andre Marriner.


Kristal Pelas – Manchester Yunayted

Selxerst Park

Bosh hakam
: Kreyg Pavson.


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика