So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  1 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  12 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  80 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

APL. "Manchester Yunayted" "Nyukasl" maydonida yirik hisobdagi irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" "Nyukasl" maydonida yirik hisobdagi irodali g'alabaga erishdi

Futbol bo'yicha Angliya chempionati 5-tur bahslari davom etadi.

Nyukasl – Manchester Yunayted 1:4

18 oktyabr, 00.00, «Sent-Jeyms Park»

Gol: SHou (2-avtogol), Maguayr (23), Fernandesh (86), van-Bissaka (90), Reshford (90+6).

Nyukasl – Darlou, Kraft, Lyuis, Fernandes, Lassels, Xeyden (SHer, 50), SHelvi, Sen-Maksimen, Xendrik (Almiron, 88), Joelinton (Freyzer, 72), Uilson.

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, Maguayr, SHou, Jeyms (van de Bek, 77), Maktomini, Mata, Fred (Pogba, 69), Brunu Fernandesh, Reshford.

Newcastle United

Luke Shaw - 2'

Premier League . 5-tur

18/10/2020, 00:00

4
:
1
Tugadi

Manchester United

Harry Maguire - 23', Bruno Fernandes - 86', Aaron Wan-Bissaka - 90', Marcus Rashford - 90'

Stadion: St James' Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
2'  Luke Shaw
49'  Isaac Hayden (Fabian Schaer)
67'  Emil Krafth
72'  Joelinton (Ryan Fraser)
88'  Jeff Hendrick (Miguel Almiron)
20'  Bruno Fernandes
23'  Harry Maguire
23'  Juan Mata
37'  Daniel James
58'  Bruno Fernandes
69'  Fred (Paul Pogba)
76'  Daniel James (Donny van de Beek)
86'  Bruno Fernandes
86'  Marcus Rashford
90'  Aaron Wan-Bissaka
90'  Marcus Rashford
90'  Juan Mata (Nemanja Matic)
90'  Marcus Rashford
90'  Bruno Fernandes

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!! "Manchester Yunayted" bugun iroda namoyish qildi va 1:0dan keyin taslim bo'lmasdan, 4ta gol urdi. Ajoyib o'yin uchun rahmat aytamiz.

90+6. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Bugun ikki golga assistentlik qilgan Reshford gol urdi. MYU ilk daqiqalarda o'tkazib yuborilgan goliga 4 marta javob berdi.

90+4. ZARBAAAAAAAAA!!!! Brununing kuchli zarbasi birozzzz noaniq ko'rinish oldi.

90+2. Mata almashtirildi. Bugungi maestro u bo'ladi aslida. Ajoyib o'yin uchun rahmat ispaniyalik kichik daho.

90. GOOOOOOOLLLLLL!!! VAN-BISSAKAAAAAAA!!! NUQTA!!! Huddi o'sha to'qqizlik yana bir golni qabul qilib oldi.

88. Endi "Nyukasl" bosimni boshlamoqda. Deyarli butun jamoa raqib yarim maydonida.

86. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Mataning zargarona pasidan keyin Reshford to'pni ajoyib tarzda Brunuga oshirdi. Fernandesh esa to'qqizlik tomon to'pni kiritib yubordi!!!!! Ajoyib o'yin davom etadi.

83. Brununing pasi hammadan o'tib ketdi. To'p hech kimga tegmasdan maydondan tashqariga chiqib ketdi.

80. MAGUAYYYRRRRR!! Kutilmaganda raqib jarima maydonchasi yoniga kirib kelib, kuchli zarba berdi. Zarba noaniq ketdi. Umuman olganda yaxshi urinish bo'ldi.

77. Kutilgan o'zgarish. Van de Bek maydonga tushdi, Jeyms maydondan olindi.

72. Bugungi o'yinning ikki qahramonlaridan biri (de Xea ham) Darlou kichik jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

70. Lyuk SHouning zarbasini Darlou ushlab oldi.

69. ZARBAAAAAAAAA!! SHelvining zarbasini De Xea qaytardi!!

68. Pogba maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

66. DARLOUUUUUUUUU!!! Mataning pasidan keyin Reshford raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Darlou to'pni qaytardi!!! Offsayd qayd etildi, ammo bu erda gol bo'lganida VAR uni inobatga olardi.

62. Fernandeshning bugun omadi kelmayapti. Uning zarbasini Darlou ushlab oldi.

61. Van-Bissakaning yana bir zarbasini Darlou ushlab oldi.

59. ZARBAAAAAAAA!! Mataning burchakdan oshirgan to'piga Maguayr boshi bilan ajoyib zarba bergandi. Darlou ojiz qolgan paytda SHelvi jamoani qutqardi!

58. YO'O'O'O'O'O'QQQQQQQ!!! Brununing penaltidan yo'llagan zarbasini Darlou qaytardi!!! UXXXXXXXXXXX!!!

57. PENALTIIIII!!!! VAR  bu erda Reshfordga qarshi jiddiy qo'pollik borligini malum qildi!!!

55. VAR ishga tushdi. "Nyukasl" darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin. Umuman olganda penaltiga asoslar etarlicha. Kuzatamiz.

52. ZARBAAAAAAAAA!!! Fredning zarbasi biroz noaniq ketdi.

51. DAVIIIIIIDDDDDDDD!!! Alan Sent-Maksimen MYU jarima maydonchasi ichida Maguayr va Lindelofni istaganicha aldab, to'pni markazga Uilsonga oshirdi. Taxminan 4 metrlardan yo'llangan zarbani David De Xea chiziqning ustidan qaytardi!!!!!

49. Fernandeshning kuchli zarbasi stadiondan ham o'tib, ko'chaga chiqib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishdi. O'zgarishlar ko'zga tashlanmayapti.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Uxlab qolish yo'q. Ikkinchi bo'lim bundan ham yaxshi o'tadi.

45+2. JEYMMSSSS!!! Juda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. To'pni darvozabonga osonlik bilan tashlab berdi u.

Ajoyib o'tgan birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBAAAAAAAA!! Reshfordning zarbasini Darlou qiyinchilik bilan qaytardi!

42. Fernandeshning birinchi bo'limdagi o'yinini 5 ballik tizimda 2ga baholagan bo'lardim. Portugaliyalik bugun juda ko'p xato qilishi bilan birga, to'pni raqiblariga topshirish bilan band. Ikkinchi bo'limda uning o'rniga Pogba yoki van de Bek maydonga tushirilsa ajablanmang.

40. Jarohatlangan Reshford va Sent-Maksimen maydonga qaytdi. 

37. Maydonda tartibsizlik. Sent-Maksimenga qarshi qo'pol o'ynadi Jeyms. Rostdan ham o'roq bilan o'rib yuborgandek bo'ldi. Sariq kartochka ham ko'rsatildi uning boshi yuqorisida.

36. MYU negadir doimo bir xil uslubda o'ynamoqda. Qandaydir chiroyli taktik uslublar, murabbiy chizgilari ko'rinmayapti. Faqatgina futbolchilarning mahorati va impravizacion vaziyatlar orqali o'yin tashkillashtirilmoqda.

34. Jeymsning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Burchak zarbasi.

30. DE XEAAAAAAAAAAA!!!! Sent-Maksimenning kuchli zarbasini qaytardi va David darvoza to'siniga urilib, maydonga yotdi. Og'riqli vaziyat.

29. Reshford o'z uslubida, chap qanotda to'pni o'ng oyog'iga to'g'rilab, raqib darvozasi tomon zarba berdi. Darlou o'z o'rnida.

27. Van-Bissaka doimgidek chiroyli podkatlari bilan olqishlarga sazovor bo'lmoqda. Sent-Maksimen markazda MYUning bir necha futbolchilarini aldab o'tayotgan vaqtida Aaron podkati bilan to'pni qaytarib yubordi.

25. Bugun dispetcherlik rolida Mata bo'lmoqda. Brunu hujumga, Maktomini esa himoyaga yordam bermoqda.

23. GARRIIIIIIII!!!!!! SHouning burchakdan oshirgan to'piga Garri Maguayr boshi bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi!!! MYU ham maydonda!

23. ZARBAAAAAA!! Mataning zarbasini Darlou qaytardi!

22. Qanotdan oshirilgan to'pga SHelvi zarba berdi. Qizig'i, Lindelof ham Maguayr ham unga qarshilik qila olmadi. Yaxshiki, De Xea bu safar xato qilmadi.

21. Gol inobatga olinmadi. O'yin 1:0 hisobida davom etadi.

20. GOL! Brunu gol urdi. Hozir gol inobatga olinmaydi. Mata offsaydda edi. 

19. Tashabbus mankunianliklar tomonida. Lekin "qizillar" juda bo'sh o'ynayapti.

17. ZARBAAAAAAA!! Reshford chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi. Noaniq.

14. ZARBAAAAAAA!! Jeymsning pasidan keyin Reshford raqib postini nishonga oldi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

13. Bizga Aleks Telles ko'rsatilmoqda. U aynan Lyuk SHou bilan raqobatlashishi kerak.

10. MYUdan unchalik xavfli bo'lmagan hujum. Fredning pasi Van-Bissaka tomon etib bordi. Biroq himoyachining raqib jarima maydonchasi ichidagi pasini himoyachilar qaytarib yubordi.

7. Den Jeyms kichik reyd uyushtirib, himoyachilar taqibi ostida raqib posti tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

4. SHouning burchakdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. Fredning o'ng oyog'ida yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

2. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Kraftning pasidan keyin SHou to'pni darvozasiga kiritib yubordi. Muammolar girdobidagi MYU qiyin holatga tushib qolmoqda!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, kutib oling, "Sent-Jeyms Park" stadioniga "Nyukasl" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari tushib kelishdi.

- Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay. Jamoalar maydonga chiqib kelishsa bo'lgani.

- Hurmatli futbol muxlislari, bugun "Sent-Jeyms Park" stadionida "Nyukasl" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика