So’nggi yangiliklar

00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  1 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  0 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  15 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  5 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0

APL. "Liverpul" ochko yo'qotdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" ochko yo'qotdi

Angliya chempionati 30-turi doirasidagi bahs saytimiz orqali matnli translyaciya qilindi. Quyida uchrashuvda ro'y bergan etiborga molik voqealar haqida o'qishingiz mumkin.

Everton

Premier League . 30-tur

22/06/2020, 00:00

0
:
0
Tugadi

Liverpool

Stadion: Goodison Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
40'  Michael Keane
60'  Anthony Gordon (Gylfi Sigurdsson)
61'  Lucas Digne
88'  Alex Iwobi (Bernard)
90'  Dominic Calvert-Lewin (Moise Kean)
20'  James Milner
43'  James Milner (Joseph Gomez)
46'  Takumi Minamino (Alex Oxlade-Chamberlain)
65'  Naby Keita (Georginio Wijnaldum)
65'  Roberto Firmino (Divock Origi)
73'  Joel Matip (Dejan Lovren)
85'  Divock Origi

Everton – Liverpul 0:0 

21 iyun, 23.00, «Gudison Park»

Everton – Pikford, Xolgeyt, Koulmen, Kin, Din, Ivobi (Bernard, 88), Devis, Gordon (Sigurdsson, 60), Andre Gomesh, Risharlison, Kelvert-Lyuin.

Liverpul – Alisson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Matip (Lovren, 73), Milner (Gomes, 43), Xenderson, Keyta (Veynaldum, 65), Mane, Fabino, Minamino (Oksleyd-CHemberlen, 46), Firmino (Origi, 65).

Ogohlantirishlar:

Milner (20), Kin (40), Din (61), Origi (85).

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.


O'yin yakunlandi. Jamoalar bittadan ochko bo'lishib oldilar - 0:0. 

90+2. Fabino jarimadan yo'llagan zarbani Pikford bartaraf qildi.

uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Zarbalar bo'yicha tenglik: 9 - 9.

87. Anchelotti jamoasida o'zgarish. Ivobining o'rniga Bernard maydonga tushdi.

85. Hujumda qo'pol o'ynagan Divok Origiga sariq kartochka ko'rsatildi.

82. Risharlison Lovrenga master-klass o'tib beryapti.

80. Dahshat! Alisson Bekker davozasi oldida sarosima  yuzaga keldi. Dastlab, Risharlisonning uzatmasidan keyin Kelvert-Lyuin tovoni bilan zarba berdi. Alissondan seyv. Keyin Devis tomonidan berilgan zarba ustunga tegib qaytdi. 

78. Nihoyat, "Everton" forvardi to'pni darvozaga kiritdi. Ammo u o'yindan tashqari holatda ekani malum bo'ldi.

73. Deyan Lovren maydonga tushdi, Matipning o'rniga.

71. Matip shifokorlar yordamiga muxtoj.

68. Futbolchilarga tin olib, tomoqlarini ho'llab olish imkoniyati taqdim qilindi.

65. "Liverpul" tarkibida yana o'zgarish. Veynaldum va Origi maydonga tushdi. Nabi Keyta va Firmino esa zahira o'rindig'iga yo'l oldi.

63. Trent tepgan to'p jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

62. "Liverpul"da qulay imkoniyat yuzaga keldi. Manega nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin jarima zarbasi belgilandi. Masofa yaqin, to'p yonida Arnold va Xenderson.

61. Kelvert-Lyuinning to'p uzatishidan keyin jarima maydonchasiga kirib borgan Risharlison imkoniyatdan foydalana olmadi.

60. Sigurdson Gordon o'rniga o'yinni davom ettiradi.

58. Burchakdan uzatilgan to'pga Van Deyk zarba berdi. Ammo bu Angliya terma jamoasi kiperiga muammo tug'dirmadi.

57. Karlo Anchelotti Sigurdsonni o'yinga tushirish uchun tayyorlayapti. Qiziq, islandiyalik futbolchi kimni almashtirarkan?

52. Mane hujumda o'yin qoidasini buzdi. Hozircha xavfli vaziyatlar ro'y bermayapti.

48. Jo Gomes kutilmaganda raqib jarima maydonchasiga bostirib kirdi, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

Ikkinchi bo'lim avvalida Minamino maydonni tark etdi, uning o'rniga CHemberlen o'yinni davom ettiradi.

46. Ikkinchi bo'limni mezbonlar boshlab berdi.

Birinchi bo'lim nihoyalandi. Tanaffus!

Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Liverpul"ning kichik ustunligi ostida o'tayotgan taymning so'nggidaqiqasi boshlandi.

43. Ha, Milner o'yinni davom ettirolmaydi. Uning o'rniga Jo Gomez maydonga tushirildi. U endi chap qanot himoyasida o'ynaydi.

42. Milner maydonga o'tirib qoldi. Unda jarohat bor shekilli.

41.  Aleksander-Arnold "Everton" jarima zarbasidan ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, Pikford o'z o'rnida.

40. Manega nisbatan qoidani buzgan Maykl Kin sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

39. O'yinning 39 daqiqasi ortda qoldi. Ammo hamon darvoza tomon berilgan kuchli va aniq zarbalarga guvoh bo'lmadik.

34. Mane tashlab bergan to'pni Firmino jarima maydonchasiga kirar-kirmas darvozaga yo'lladi. Juda noaniq.

33. Maydon markazida yana Risharlisonga nisbatan qoida buzildi. Qoidabuzar - Van Deyk.

32. Standartdan ko'tarilgan to'pni Risharlison boshi bilan darvozaga yo'lladi. Uning zarbasiga ham aniqlik etishmadi.

30. "Liverpul"da yana bir standart. To'p oldida Milner va Arnold. Uzatmani Trent amalga oshirdi. Matipning  zarbasi noani ko'rinish oldi.

24. Jamoalarga tomoqlarni ho'llab olish uchun tannaffus berildi. Murabbiylar vaziyatdan foydalanib shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni etkazib beryapti.

22. Muhammad Saloh zahira o'rindig'ini tark etib, chigilyozdi mashg'ulotlarini boshlab yubordi.

21. O'yinning ushbu daqiqasiga kelib, to'p nazorati borasidagi ko'rsatkich 38 - 62 bo'lib turibdi. Albatta, "Liverpul" foydasiga.

20. Risharlisonga nisbatan qo'pol o'yin namoyish qilgan Milner sariq kartochka bilan jazolandi.

19. Mane Firmino bilan devor uslubida o'ynab, jarima maydonchasi ichiga yorib kirmoqchi edi. Himoyachilar vaziyatni bartaraf qilishdi.

14. Klopp shogirdlari to'p nazoratiga urg'u bera boshladi.

12. Risharlison Fabinoga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Mehmonlarda standart vaziyat.

10. Gordon to'pni maydon markazida yo'qotib qo'ygach "Liver" hujumga o'tdi. Yaponiyalik Minaminoning uzoqdan bergan zarbasi uzoqlarga qarab ketdi.

7. Ushbu o'yinga qadar Yurgen Klop shogirdlarini APL chempionligidan 6 ochko ajratib turgandi. "Everton" esa hozircha 12-pog'onaga joylashgan. Kuzatamiz, natija qanday bo'larkan?

4. O'yinda ilk xavfli vaziyat yuzaga keldi. CHap qanotdan oldinga o'tgan Risharlison to'pni darvoza yaqinidagi sheriklari uzatmoqchi edi. Biroq, to'pga zarba beradigan kishi topilmadi.

2. "Gudison Park"da yomg'ir tomchilayapti. Ilk daqiqalarda uchrashuvdagi tashabbusni qo'lga olish maqsadida jamoalar orasida jiddiy kurash ketyapti.

1. Uchrashuv boshlandi. To'pni o'yinga "Liverpul" futbolchilari kiritib berdi.

Jamoalar allaqachon maydondalar. Barcha maydon markazida masofani saqlagani holda sukut saqlayapti.

Biroz avval xabar qilganimizdek bugungi bahsni misrlik Muhammad Saloh o'tkazib yuboradigan bo'lyapti.

- "Gudinson Park" o'yingohida o'tkaziladigan bahs boshlanishiga oz qoldi. Karlo Anchelotti va Yurgen Klopp to'qnashuvidan qanday natija kutyapsiz?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика