So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  15 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Xem" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Xem" bilan durang o'ynadi

Angliya chempionati 37-turidan o'rin olgan “Old Trafford”dagi bahs 22:00 ga belgilangan.

Manchester Yunayted – Vest Xem 1:1

22.00, «Old Trafford»

Gollar: Antonio (45+2-pen, 0:1), Grinvud (51, 1:1).

Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Lindelef, Uilyams, Fosu-Mensa (van Bissaka, 46), Matich, Pogba, Brunu Fernandesh, Marsyal, Reshford (Igalo, 84), Grinvud.

Vest Xem – Fabianski, Ogbonna, Diop, Kressuell (Masuaku, 75), Jonson, Fornals, Rays, Antonio (Aller, 78), Souchek, Bouen (Yarmolenko, 90+1), Nobl.

Ogohlantirish: Fosu Mensa (40), Reshford (70), Fernandesh (81), Masuaku (81).

Manchester United

Mason Greenwood - 51'

Premier League . 37-tur

22/07/2020, 22:00

1
:
1
Tugadi

West Ham United

Michail Antonio - 45'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
44'  Timothy Fosu-Mensah
46'  Timothy Fosu-Mensah (Aaron Wan-Bissaka)
51'  Mason Greenwood
51'  Anthony Martial
70'  Marcus Rashford
81'  Bruno Fernandes
85'  Marcus Rashford (Odion Ighalo)
45'  Michail Antonio
75'  Aaron Cresswell (Arthur Masuaku)
78'  Michail Antonio (Sebastien Haller)
81'  Arthur Masuaku
90'  Jarrod Bowen (Andriy Yarmolenko)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" durang orqali APL turnir jadvalida (vaqtincha) 3-o'ringa ko'tarilib oldi. "Vest Xem" esa rasman APLda qoldi.

90+3. Maguayr yana bir hujumni qaytardi. Jamoalar durangga rozi. 64-daqiqada yozilgan gap)

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Boven hujumga o'tayotgandi. Maguayr to'pni autga chiqarib yubordi.

85. ZARBAAAAAAAA!!! Igalooooo!!!! Grinvudning pasidan keyin Igalo noqulay ravishda noaniq zarba yo'lladi.

84. Reshford zaxiraga olindi. Uning o'rnida Igalo o'ynaydi.

81. Fernandesh extiroslarini jilovlay olmayapti. Mana u sariq kartochka ishlab oldi.

80. Matich bugun sariq yoki qizil olgisi kelyapti. Bugun boshqacha Matichni ko'ryapmiz.

78. Maykl Antonio zaxiraga olindi. Uning o'rnini Aller egalladi.

76. Bugun negadir Matich ko'p qoida buzyapti (asosan o'z jarima maydonchasi ichida).

72. UXXXXX!!! Antonio boshi bilan noaniq zarba yo'lladi. Maguayr qaerga qarayapti...

71. Mehmonlarning bosimi oshib bormoqda. Jarima zarbasi. Xavfli nuqta.

70. Reshford ogohlantirildi.

68. ZARBAAAAAAAA!! Raysning zarbasi noaniq ketdi. Bu pallada mankunianliklar unga zarba berish uchun imkoniyat berishdi. De Xeaning baqirganicha bor.

64. Umuman olganda 1:1 hisobi orqali six ham kabob ham kuymas ekan. SHu orqali MYU vaqtincha 3-o'ringa ko'tarilib olsa, "Vest Xem" APLda qolish vazifasini uddalaydi.

62. ZARBAAAAAAAAA!!! DE XEAAAAAAA!!! Bovenning kuchli zarbasini David qaytardi. Oddiy ko'rinishi kerak bo'lgan seyv juda chiroyli ko'rinish oldi.

60. Pogbaning zarbasi bu safar ancha noaniq ketdi. Umuman olganda mankunianliklar o'yinni nazorat qilishda davom etishmoqda.

56. MYU hujum uyushtirayotgan paytda Uilyams raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Rostdan ham penaltiga tortmasdi.

54. ZARBAAAAAA!!! Fernandeshning chiroyli pasidan keyin Marsyal zarba yo'lladi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

52. Raysning zarbasi noaniq ketdi.

51. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Marsyal va Grinvud o'z paslari bilan "Vest Xem" himoyasini sochib tashladi. Natijada Grinvud kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 18 yoshli futbolchi MYUda 50-uchrashuvini o'tkazmoqda.

49. Fernandeshning darvoza yoniga oshirgan to'piga Marsyal eta olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga qaytishgan. Fosu-Mensa o'rniga van Bissaka maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. MYUning ECHL uchun kurashayotganini inobatga olsak, ikkinchi bo'lim ajoyib o'tishi kutilmoqda. 

45+2. GOOOOOOOOOLLLLLL!!! Antonio penaltidan unumli foydalandi!

45+1. PENALTIIIIIII!!! Uchrashuvda hisob ochilishi mumkin.

45. "Knock down". Pogba to'pni qo'li bilan qaytardi. Penalti bo'lishi mumkin. Bu 100 foizlik penalti.

44. Sariq kartochka. Fosu-Mensa raqibini ochiqchasiga yiqitdi. "Vest Xem"da standart.

43. ZARBAAAAAAAA!!! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Antonio boshi bilan zarba yo'lladi. De Xea to'pni ishonch bilan ushlab oldi.

39. UXXXXXXXX!!! MYUda ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi. Uilyams bir raqibini do'konga jo'natib, darvoza yoniga uzatdi. Grinvudning kuchli zarbasini himoyachilar qaytara olishdi.

37. ZARBAAAAAAA!!! Reshfordning kuchli zarbasini Fabanski qaytardi!

35. Fosu-Mensa uzoq kutib, to'pni raqib posboni tomon tepib yubordi.

31. ZARBAAAAAA!! Burchakdan oshirilgan to'pga Ogbonna boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

30. Jared Bouen MYU jarima maydonchasi yonida Uilyamsni ortda qoldirgandi. Matich xavfni bartaraf qildi.

29. Hakam xatoga yo'l qo'ydi. Antonioning qanotdan oshirgan to'pini Lindelof burchakka chiqarib yubordi. Biroq bu pallada to'p darvoza yonidan o'yinga kiritilishi malum qilindi.

27. Antonio yana bir bor offsaydda qolib ketdi. "Vest Xem" tezkor qarshi hujumga o'tib keta olmadi.

23. UXXXX!! Fosu-Mensaning pasidan keyin Fernandesh hisobni ochishi mumkin edi. Biroq offsayd qayd etildi.

22. Reshford raqib jarima maydonchasi ichida raqiblarini aldamoqchi edi, biroq himoyachilar to'pni olib qo'yishdi.

20. Maykl Antonioning qanotdan MYU darvozasi yoniga oshirgan to'pini Maguayr qaytarib yubordi.

18. Antoni Marslning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

17. MYU yana sekin temp bilan bugungi uchrashuvda g'alabaga erishmoqchi bo'lyapti.

14. UXXXXXX!!! BRUNUUUU!! Reshfordning super pasini to'xtatishda portugaliyalik futbolchi texnik xatoga yo'l qo'ydi. Natijada u golga tortadigan ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqardi.

11. Antonio yiqitildi. "Vest Xem"da standart vaziyat bo'lgandi. Lekin Kressuellning oshirgan to'piga hech kim tegmadi.

9. MYU uzoq vaqt davomida pozicion hujum tashkil qildi. Brununing o'ng qanotga oshirgan to'pini Fosu-Mensa darvoza yaqiniga oshirmoqchi edi. To'p unga tegib, maydonni tark etdi.

6. Uilyamsdan ajoyib harakatlar! U Bovenni uzoq vaqt taqib qilib, to'pni olib qo'ydi.

4. Fabianski bu safar Grinvudning kuchli zarbasini qaytardi!

3. ZARBAAAAAAA!!! Marsyalning xavfli zarbasini Fabinski qaytardi!

2. Ilk hujum mezbonlar tomonidan tashkil qilindi. Uilyams offsaydda qolib ketgani sababli to'p londonliklarga olib berildiyu

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Qayd etish kerak, mankunianliklar 5 kun ichida uchinchi o'yinini o'tkazmoqda. "CHelsi"ga qarshi o'yinda jamoaning 19 uchrashuvlik g'alabasi seriyasi yakuniga etdi. Ammo jamoada 3-o'rinni egallash uchun yaxshi imkoniyat bor. Buning uchun MYU bugun g'alabaga erishib, "Liverpul" - "CHelsi" uchrashuvida mersisaydliklarga omad tilashi kerak.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni "Orzular teatri"ga taklif etamiz. Bugun ushbu stadionda "Manchester Yunayted" ECHL yo'llanmasiga ega chiqish uchun "Vest Xem"ga qarshi bahs olib boradi. Sizlar bilan o'yinni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика