So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  0 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  17 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  11 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

APL. Taktik kurashda Ten xag Gvardiolani taslim etdi Yangiliklar

APL. Taktik kurashda Ten xag Gvardiolani taslim etdi

Angliya chempionati 20-turi doirasidagi markaziy uchrashuv bo'lib o'tdi.

APL
20-tur 
Manchester Yunayted – Manchester Siti
17.30, «Old Trafford»
Gollar: 0:1 – 60 Grilish, 1:1 – 78 Brunu Fernandesh, 2:1 – 82 Reshford.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, SHou, Malasia (Martines, 90), Eriksen (Garnacho, 72), Kazemiro (Maktomini, 90), Fred, Brunu Fernandesh, Marsyal (Antoni, 46), Reshford (Maguayr, 90).

"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Ake, Akandji, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Grilish, 57), Marez, Xoland.

Ogohlantirish: Eriksen (64), Fred (88), Kazemiro (89).



Manchester United

Bruno Fernandes - 78', Marcus Rashford - 82'

Premier League . 20-tur

14/01/2023, 16:30

1
:
2
Tugadi

Manchester City

Jack Grealish - 60'

Stadion: Old Trafford, 75546 tomoshabin

Bosh hakam: Stuart Attwell

45'
90'
46'  Anthony Martial (Antony)
64'  Christian Eriksen
72'  Christian Eriksen (Alejandro Garnacho)
78'  Bruno Fernandes
78'  Casemiro
82'  Marcus Rashford
82'  Alejandro Garnacho
88'  Fred
89'  Casemiro
90'  Marcus Rashford (Harry Maguire)
90'  Casemiro (Scott McTominay)
90'  Tyrell Malacia (Lisandro Martinez)
57'  Phil Foden (Jack Grealish)
60'  Jack Grealish
60'  Kevin De Bruyne

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+6-daqiqa. Bo'ldi, Styuartning final hushtagi chalindi va "Manchester Yunayted" hamshaharlarini mag'lub etdi.  

"Siti" raqibni deyarli jarima maydonchasiga qamab qo'ydi, lekin hozircha foydasiz.

90+2-daqiqa. O'zgarishlar! Malasia, Reshford va Kazemiro o'rniga Lisandro Martines, Maguayr va Skot Maktominey o'yinga qo'shildi. 

Kazemiro jarohat sabab o'yinni tugatolmadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!

90-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiroga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

Kazemiroga yordam ko'rsatilmoqda. 

Takroriy lavhani ko'rgan hamkasblari ham Styuart Attuellga o'n bir metrlik jarima belgilash borasida maslahat berishmadi, o'yin davom etadi.  

88-daqiqa. Ogohlantirish! Fredga sariq. 

Xollandning o'zi boshi bilan zarba yo'lladi, lekin noaniq.

86-daqiqa. Erling Xolland jarima maydonchasida zarba bermoqchi bo'lganida yiqilib, penalti so'ramoqda. Biroq hakamning fikri boshqacharoq.  

"Siti" shokda...

82-daqiqa. GOOOOOOOOL! Markus Reshford Yunayted"ni oldinga olib chiqmoqda. Garnachodan assist!  

79-daqiqa. GOOOOOOOOL! Fernandesh hisobni tenglashtirdi. Biroq bu gol o'yin qanday yakunlanishidan qati nazar jiddiy muhokamalarga sabab bo'ladi.    

77-daqiqa. Garnacho tezligini ishga soldi, jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo Akanji va Uoker bilan kurashda to'pni yo'qotdi.

75-daqiqa. De Bryuynega nisbatan qo'pollik. Fernandesh jaxl otiga mingan.

74-daqiqa. Garnacho jamoa o'yiniga faollik qo'shishga urinyapti.

72-daqiqa. O'zgarish! Kristian Eriksen o'rniga Garnacho tushdi.

71-daqiqa. Lyuk SHou Maxrezga nisbatan qoidani buzdi. 

SHouning uzatmasidan keyin Xolland to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

67-daqiqa. Van-Bisakka burchak zarbasi ishlab berdi. 

64-daqiqa. Ogohlantirish! Eriksenga sariq kartochka ko'rsatildi.

61-daqiqa. GOOOOOOL! Hozirgina maydonga tushgan boshi bilan to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Kevin de Bryuyne jarima maydonchasiga yorib kirib, to'pni jarima maydonchasi markaziga yo'lladi va Varan hamda SHou kimni qo'riqlaganini hech kim tushuntirib bera olmasa kerak.

59-daqiqa. Grilishga nisbatan qoida buzildi. Bu fikrga Fernandesh qo'shilmayapti.

57-daqiqa. O'zgarish! Fil Foden o'rniga Jek Grilish o'yinga qo'shilmoqda.  

55-daqiqa. Hujumga o'tgan Kanselu ikki raqibini etiborini tekshirib ko'rdi va kurashda yiqildi, ammo hakam Kazemiro qoidani buzmagan deb topdi.

51-daqiqa. Uzoq o'ylanishdan keyin hakam Ake to'pni olib qo'yishda Antoniga nisbatan fol ishlatdi deb topdi. 

49-daqiqa. O'yin kartinasi deyarli o'zgarmaganini takidlash lozim.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'zgarish! Marsyal o'rniga Antoni! Reshford esa o'yinni davom ettira olarkan.

SHu pallada, hakamning bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

45+1-daqiqa. Kayl Uoker uzoq masofadan zarba berishga qaror qildi, ammo noaniq.

45-daqiqa. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43-daqiqa. Yo'q, hozircha Reshford maydonga qaytdi va barchasini tanaffusda hal qilishadi.  

41-daqiqa. Oddiy vaziyatda, raqib himoyachisini taqib qilayotganda Reshford oyog'ini ushlab to'xtab qoldi va maydonga quladi. Katta ehtimol bilan Markus oyog'ining orqa qismidagi bo'g'imini cho'zib oldi va o'yin u uchun yakunlandi. 

38-daqiqa. De Bryuyne jarima maydonchasiga yorib kirib bordi, ammo uzatma biroz kuchliroq bo'lgani sabab uzatmasi o'zi istagandek bo'lmadi. 

37-daqiqa. Yana Reshford darvozabon bilan birga-bir chiqib borib, vaziyatdan foydalan olmadi, Ederson uni qarsh oldi.  

36-daqiqa. Kevinning ajoyib uzatmasidan keyin to'p Fodenga aniq etib borgandi, lekin Filning zarbasi o'xshamadi. 

34-daqiqa. O'yindagi eng xavfli vaziyat. U Edersonning xatosidan keyin yuzaga keldi. Markus Reshford kiperni ham ortda qoldirdi, lekin zarba berishda shoshilgandek. 

32-daqiqa. Malasia Uoker bilan to'qnashuvdan keyin maydonga yiqildi va boshi erga qattiq urildi. Futbolchiga yordam ko'rsatilishi zarur.

29-daqiqa. Yana "Siti" to'p bilan muomala qilmoqda. 

27-daqiqa. "Siti"ning o'ta xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan hujumi De Bryuynening qarori tufayli xavfini yo'qotdi va oxiriga etib bormadi.

24-daqiqa. Xolland o'zi rivojlanishida ishtirok qilgan hujumni o'zi zarba bilan yakunlamoqchi bo'ldi, lekin bunga Kazemiro imkon bermadi. U hamyurti Fred bilan to'p yo'liga tashlanib, xavfni qaytarib qolishdi. 

22-daqiqa. Kanseluning uzatmasidan keyin Fil Foden jarima maydonchasiga to'p bilan kirib borgandi, yana o'yindan tashqari holat.

Uzatmadan keyin Kazemiro to'pni uzoqlashtirdi.

20-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini "Siti" amalga oshiradi.

17-daqiqa. Fred faol harakat qilib, Kevin de Bryuyneni shunchaki "eb qo'ydi".

15-daqiqa. Dastlabki 15-daqiqada "Siti" ko'proq to'p bilan muomalada, ammo "Yunayted" xavfliroq ko'rinyapti.

14-daqiqa. Hozir yana "Yunayted" to'pni olib qo'yishi bilan tezkor hujumga tashlandi va jarima maydonchasigacha etib borilgan hujum xavfli ko'rinish olishi mumkin edi.

11-daqiqa. Silvaning qo'pol xatosidan keyin "Yunayted" o'ta qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo Brunu bu imkoniyatdan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.  

7-daqiqa. "Manchester Yunayted"ning qarshi hujumi Marsyalning offsaydi tufayli uzilib qoldi.  

6-daqiqa. KDBning aqlli harakatlaridan keyin MYU darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelay dedi. 

5-daqiqa. Markazga yaqin zonada kurash kechmoqda. "Siti" to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishga urinmoqda, ammo hozircha sezilarli ustunlikni hech bir jamoaga berib bo'lmaydi.  

Akanjining uzatmasiga aniqlik etishmadi.

2-daqiqa. Eriksen to'p uchun kurashda Kanseluga nisbatan qoidani buzdi.

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!



Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика