So’nggi yangiliklar

10:10Рафинья Неймар, Кака, Ривалдо рекордини янгилади  4 09:54Суперлиганинг илк турида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди?  2 09:41Суперлиганинг 2-турида ишлайдиган расмийлар билан танишинг  3 09:33«Реал» етакчиси «Атлетико»га қарши учрашувни ўтказиб юбориши мумкин  4 09:04«Ливерпуль» ёзда 5 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  4 08:35Харри Кейн тарихий натижани қайд этди  2 08:10Элит ОЧЛ. "Пахтакор" сафарда "Ал-Ҳилол"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди.  11 08:02Sofascore. Кечаги учрашувда «Пахтакор» футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:33"Пахтакор" бош мураббийи ўйиндан кейин нималар деди?  17 03:45ЕЧЛ. ПСЖ пенальтилар сериясида "Ливерпул"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди. "Бавария" ва "Интер" ҳам чорак финалда  131 03:05Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" ўз майдонида "Пахтакор"га тўртта гол урди  159 00:45ЕЧЛ. "Барселона" жавоб ўйинида "Бенфика"га ҳеч қандай имконият қолдирмади ва чорак финалга йўл олди  86 23:42"Пахтакор" ва "Ал Ҳилол" ўзаро ўйинлар тарихи  6 23:41"Барселона" – "Бенфика" учрашувида рўзадор футболчилар оғиз очиб олиши ўйин тўхтатиб турилди  17 23:25Фримпонг "Барса" ёки "Реал"га ўтмоқчи  6

Pogbadan "poker", Fernandeshdan xet-trik. "Manchester Yunayted" "Lids"ni yanchib tashladi Yangiliklar

Pogbadan "poker", Fernandeshdan xet-trik. "Manchester Yunayted" "Lids"ni yanchib tashladi

Tez orada APL 1-tur doirasidagi MYU - "Lids" o'yini voqealarini kuzatib boring.

Manchester United

Bruno Fernandes - 30', Mason Greenwood - 52', Bruno Fernandes - 54', Bruno Fernandes - 60', Fred - 68'

Premier League . 1-tur

14/08/2021, 17:30

1
:
5
Tugadi

Leeds United

Luke Ayling - 48'

Stadion: Old Trafford, 72732 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
30'  Bruno Fernandes
30'  Paul Pogba
52'  Mason Greenwood
52'  Paul Pogba
54'  Bruno Fernandes
54'  Paul Pogba
60'  Bruno Fernandes
60'  Victor Nilsson Lindeloef
68'  Fred
68'  Paul Pogba
69'  Scott McTominay (Nemanja Matic)
75'  Daniel James (Jadon Sancho)
75'  Paul Pogba (Anthony Martial)
83'  Luke Shaw
46'  Rodrigo (Junior Firpo)
48'  Luke Ayling
48'  Stuart Dallas
59'  Liam Cooper
62'  Raphinha
69'  Jack Harrison (Helder Costa)
77'  Patrick Bamford (Tyler Roberts)

"Manchester Yunayted" – "Lids" 5:1

«Old Trafford»

Gollar: 1:0 – 30 Brunu Fernandesh, 1:1 – 48 Eyling, 2:1 – 52 Grinvud, 3:1 – 54 Brunu Fernandesh, 4:1 – 60 Brunu Fernandesh, 5:1 – 68 Fred.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, SHou, Pogba (Marsyal, 75), Fred, Brunu Fernandesh, Djeyms (Sancho, 75), Maktomini (Matich, 69), Grinvud. 

"Lids" – Mele, Eyling, Kuper, Streyk, Dallas, Kox, Xarrison (Elder Koshta, 69), Klix, Rafinya, Rodrigo (Firpo, 46), Bemford (Roberts, 77).

Ogohlantirishlar: Kuper (59), Rafinya (62), SHou (83).



90+3. Uchrashuv yakunlandi.

86. Rafinya "Lids"ning ikkinchi golini urishi mumkin edi, ammo to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

75. MYU safida o'zgarish: Pogba va Jeyms maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Sancho va Marsyal bahsga qo'shilishdi.

74. Bugun bu darvozabonga havas qilib bo'lmaydi.

68. GOOOOOOOOOOL! MYUni to'xtatib bo'lmayapti. Pogbadan assistlar bo'yicha poker! Gol muallifi esa Fred. Polning qanotdan erlatib uzatgan to'pini Fred chap oyog'ida darvozaga joylab qo'ydi. 5:1.

60. GOOOOOOOOOOOOOOL! Fernandeshdan xet-trik! Lindelyofning himoyadan uzatgan to'piga Bruno etib oldi va darvozani nishonga oldi. 4:1.

54. GOOOOOOOOOOOOOOL! Bruno Fernandesh Pogbaning uzatmasini qabul qildi va aldachi harakat orqali qarshisidagi raqibini "xot-dogga jo'natdi". Bruno esa chap oyog'i bilan darvozaga zarba berdi, Aylin to'pni chiziqdan o'tganidan so'ng qaytardi.

52. GOOOOOOOOOOOOOOL! Pogbaning ideal uzatmasidan so'ng Grinvud raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqdi va uzoq burchakni nishonga olib, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Aylinning superzarbasidan so'ng to'p darvozaning uzoq yuqori burchagidan joy oldi. Masofa 20-22 metr edi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+1. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. Grinvud hujum tashkil qilishda hali tajribasi ekanligi bilinib qoldi, tezkor qarshi hujumda u to'p bilan markazga emas, qanot tomonga ketib qoldi.

36. MYUning yana bir hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Jeyms jarima maydonchasi ichidan darvozani nishonga ola bilmadi.

33. SHou qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. To'p tashqaridan to'rga tegdi.

31. GOOOL! Fernandesh hisobni ochdi. Pogbaning uzatmasini o'ziga to'g'irlab olishga muvaffaq bo'lgan Bruno darvozaga zarba berdi va o'z jamoasining yangi mavsumdagi dastlabki goliga mualliflik qildi.

30. Fernandeshning qanotdan amalga oshirgan "prostreli"ga Grinvud eta olmadi.

27. Pol Pogbaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Mele osonlik bilan ushlab oldi.

26. ZARBAAA... Morenoning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p MYU darvozasining yonginasidan o'tib ketdi.

25. Bosh hakam Pol Tirni "Manchester Yunayted" darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. Darvozagacha taxminiy masofa 25 metr.

23. SHouning qanotdan uzatgan to'pini "Lids" darvozasiga joylab qo'yadigan mard topilmadi.

20. O'yindagi kichik ustunlik MYU tomonida, ammo "Lids" to'liq himoyada o'ynamayapti va vaqti-vaqti bilan raqibni shoshirib, hujumlar tashkil qilyapti.

16. KLIIIX! "Lids" futbolchisining ajoyib aylanma zarbasini David de Xea qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

12. ZARBAAA... Pogba "Lids" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatda gol ura olmadi. Pol Grinvud bajarib bergan ishni yo'qqa chiqardi.

11. "Lids" himoyachisi to'pi orqaga uzatayotganida rikoshet yuzaga keldi va to'p darvoza tomonga uchdi. Mele bir amallab to'pga etdi va uni maydondan chiqarib yubordi.

8. "Lids"ning dastlabki hujumi xavfli tus oldi, ammo havodan uzatilgan to'pni MakTominay qaytarib yubordi.

6. Grinvudning uzoq masofadan bergan zarbasidan so'ng Mele to'pni egallab oldi.

4. MYUning ikkinchi burchak zarbasi "Lids"ning tezkor qarshi hujumiga aylanib ketdi, ammo mehmon jamoa vakili to'pni o'zida uzoqlashtirib yuborgani tufayli hujum erta yakun topdi.

2. MakTominey jarima maydonchasi ichidan raqib darvozasiga zarba berdi, ammo to'p "Lids" futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Bahs boshlanishidan avval "Real"dan xarid qilingan himoyachi Rafael Varan muxlislarga tanishtirildi. Franciyalik futbolchi yangi jamoasida 19-raqam ostida to'p tepadi.

"Manchester Yunayted": De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, SHou, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Jeyms, Maktomini, Grinvud.

"Lids": Mele, Eyling, Kuper, Streyk, Kox, Dallas, Klix, Xarrison, Rodrigo, Bemford, Rafinya.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика