So’nggi yangiliklar

00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  0 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  17 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  2 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  64 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3

APL. "Manchester Yunayted" o'z uyida "Kristal Pelas"ga yutqazdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z uyida "Kristal Pelas"ga yutqazdi

APL 2-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" o'yini bo'lib o'tdi.

"Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" 1:3

Gollar: Endros Taunsend (7), Uilfrid Zaa (75-p, 85) - Donni van dek Bek (81)

"Manchester Yunayted": De Xea, SHou, Fosu-Mensa, Lindelef, Maguayr, Brunu Fernandesh, Maktominey, Pogba, Jeyms, Marsyal, Reshford.

"Kristal Pelas": Guaita, Sako, Uord, Mitchell, SHlupp, Makartur, Kuyate, Taunsend, Makkarti, Zaa, Ayyu.


Manchester United

Donny van de Beek - 80'

Premier League . 2-tur

19/09/2020, 22:30

3
:
1
Tugadi

Crystal Palace

Andros Townsend - 7', Wilfried Zaha - 74', Wilfried Zaha - 85'

Stadion: 0 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
46'  Daniel James (Mason Greenwood)
58'  Timothy Fosu-Mensah
64'  Harry Maguire
67'  Paul Pogba (Donny van de Beek)
80'  Donny van de Beek
81'  Timothy Fosu-Mensah (Odion Ighalo)
7'  Andros Townsend
7'  Jeffrey Schlupp
55'  Joel Ward
72'  Jordan Ayew
74'  Wilfried Zaha
75'  Jeffrey Schlupp (Eberechi Eze)
81'  Jordan Ayew (Michy Batshuayi)
85'  Wilfried Zaha
88'  James McCarthy (Luka Milivojevic)


O'YIN YAKUNLANDI

- Bugun "Kristal Pelas" "Manchester Yunayted"dan ko'ra yaxshiroq o'ynadi va haqli g'alabaga erishdi.

90+3. MYU to'p bilan oldinda o'ynamoqda, ammo "Kristal Pelas" raqibga umuman xavfli vaziyat uyushtirish uchun imkon bermayapti.

90. O'yinning birinchi bo'limiga hakam tomonidan 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Kristal Pelas"da o'zgarish: Milivoevich Makkartini almashtirdi.

85. GOOOOOOL! Vilfrid Zaa "qizil iblislar" darvozasiga navbatdagi to'pni yo'lladi, Zaa bu erda Lindelyofni osonlik bilan aldab o'tgandi.

84. MYU bosim uyushtirmoqda, mehmonlar esa bor etiborlarini himoyaga qaratishgan.

81. Sulsher himoyachi Fosu-Mensani o'yindan olib, hujumchi Igaloni maydonga tushirdi. Mehmonlarda esa Batshuayi Ayyuni almashtirdi.

80. GOOOOL! Donni van dek Bek debyut o'yinidayoq gol urdi. Mehmonlarning xatosidan so'ng to'p kutilmaganda niderlandiyalik futbolchiga tushdi va u zarbada adashmadi.

75. Mehmonlar safida o'zgarish: Eze SHluppni almashtirdi.

75. GOOOOOLLL! Zaa penaltidan gol urib hisobni 0:2 ko'rinishiga olib keldi. 

73. Yo'q! De Xea penalti paytida chiziqdan oyog'ini uzgan. Penalti qaytadan tepiladi.

72. Ayyu penaltidan gol ura olmadi, aniqrog'i ispaniyalik posbon to'p yo'nalishini topdi.

71. Penalti belgilandi. To'p Lindelyofning qo'liga tekkan.

70. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. Bu erda MYU futbolchisining qo'liga to'p tekkan.

67. Debyut. Van de Bek Pol Pogba o'rniga maydonga tushirildi.

66. GOOOL!  Yo'q, Zaa bu vaziyatda yaqqol offsayd holatida qolgan edi.

64. Maguayr sariq kartochka bilan "siylandi". U o'zidan o'tib ketayotgan Zaani qo'pollik bilan to'xtatib qolgandi. 

60. Grinvud jarima maydonchasi ichida boshi bilan to'pni Guaita darvozasiga yo'lladi, ammo Meysonning zarbasi noaniq.

58. Navbatdagi sariq kartochka "Manchester Yunayted" himoyachisi Fosu-Mensaga ko'rsatildi, u raqibning oyog'iga tepib yuborgandi.

55. Raqib hujumini qo'pollik bilan to'xtatgani uchun Uord sariq kartochka bilan jazolandi.

54. Xavfli vaziyat! Mehmonlar MYU jarima maydonchasi ichiga yorib kirishdi, bir oz o'tib esa Taunsend amallab zarba berdi, to'p "qizil iblislar" o'yinchisidan biriga tegib maydonni tark etdi.

49. Ed Vudvord va Ser Aleks Fergyuson o'yinni stadiondan kuzatib borishmoqda.

46. Hakam ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtakni chaldi.

- MYUda o'zgarish: Grinvud Jeymsni almashtirdi.


BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI, TANAFFUS

45+1. Xavfli vaziyat! "Kristal Pelas" "Yunayted" jarima maydoniga "bostirib kirdi", Ayyuning zarbasini De Xea bir amallab qaytarib yubordi. 

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Manchester Yunayted" hujum uyushtirmoqda. "Kristal Pelas" esa himoyada bexato o'ynab, o'z omadini qarshi hujumda sinab ko'rmoqchi.

41. Yo'q, jarima maydonchasi tashqarisida jarima zarbasi tepildi. Fernandeshning zarbasi jonli devorga tegdi.

40. MYU penalti tepishi mumkin. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda, "Kristal Pelas" jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin.

39. O'yinning tempi juda ham past deb bo'lmaydi, ammo jamoalar keskin xavfli hujumchi uyushtira olishmayapti.

33. Zarbalar bo'yicha statistikada ham MYU kichik ustunlikka ega: 5-4

- Bugungi o'yinni jarohat sabab o'tkazib yuborayotgan futbolchilar: MYU - Serxio Romero, Aksel Tuanzebe, Fil Jons, "Kristal Pelas" - Gari Keyxill, Patrik van Anxolt, Jeyms Tomkins, Natan Fergyuson, Kristian Benteke, Konnor Uikxem

26. Hozircha to'pga egalik qilish bo'yicha yaqqol ustunlik manchesterliklar tarafida: 70% - 30%

22. Navbatdagi xavfli zarba. Bu safar Maktominey o'zini sinab ko'rdi, ammo zarba noaniq.

20. Pogba jarima maydonchasi tashqarisidan kuchliroq zarba berdi. Ammo, to'pni Guaita egallab oldi.

17. MYU xavbeki Brunu Fernandesh maydonda yotibdi, u jarohat olgan bo'lishi mumkin. Yo'q, portugaliyalik futbolchi o'rnidan turdi.

13. Fosu-Mensa ham mezbonlar safida zarba berib ko'rdi, ammo to'p raqibga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi.

12. Taunsend uzoqroqdan raqib darvozasi tomon zarba berib ko'rdi, ammo juda noaniq.

7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Taunsend! "Kristal Pelas" ajoyib hujum tashkil etdi, SHlupp qanotdan to'pni Taunsendga etkazdi va Endros to'pni David De Xea darvozasiga joylab qo'ydi. 

3. Hozircha "Kristal Pelas" to'pni MYUga bermayapti va hujum qilishga urinmoqda.

1. O'yin boshlandi!


- Salom. Sizlar bilan Angliya Premer-ligasi 2-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" o'yinini birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика