So’nggi yangiliklar

21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 21:10Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  114 21:00Ўзбекистон кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  22 20:48Эронда легионерларимиз дербиси бўлади!  0 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  1 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  0 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  0 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  4 17:39Машҳур инсайдер: Элдор Шомуродов "Рома"да қолиши аниқ  6 17:21"Пахтакор" Элит ОЧЛдаги учрашувларини "Жар"да ўтказади  8 17:03Европа Лигаси янги мавсумига қуръа ташланди: МЮ "Порту" билан, "Тоттенхэм" "Рома" билан ўйнайди  3 16:47Абдуқодир Ҳусанов — "Панатинаикос" - "Ланс" учрашувининг энг яхши футболчиси!  5 16:05Ўзбекистон терма жамоаси собиқ ҳимоячиси: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишоняпман. Бундан яхши имконият бўлмайди"   3

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "bo'rilar"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "bo'rilar"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi

APL 8-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Vulverxempton" uchrashuvida "bo'rilar" 3 ochkoni qo'lga kiritishdi.

Manchester City

Premier League . 8-tur

06/10/2019, 18:00

2
:
0
Tugadi

Wolverhampton Wanderers

Adama Traore - 80', Adama Traore - 90'

Stadion: Etihad Stadium, 54435 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
46'  Kyle Walker (Oleksandr Zinchenko)
50'  Rodri
50'  Joao Cancelo
60'  Riyad Mahrez (Bernardo Silva)
62'  Ederson Moraes
71'  Ilkay Gundogan
75'  David Silva (Gabriel Jesus)
76'  Fernandinho
13'  Romain Saiss (Ryan Bennett)
68'  Patrick Cutrone (Matt Doherty)
74'  Ruben Vinagre (Jonny)
80'  Adama Traore
80'  Raul Jimenez
84'  Ruben Neves
86'  Joao Moutinho
90'  Adama Traore
90'  Raul Jimenez

Manchester Siti – Vulverxempton 0:2 (0:0, 0:2)

6 oktyabr, 18:00, «Etixad Stedium»

Gollar: Traore 80' — 0:1, Traore 90+4 — 0:2.

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker (45, Zinchkenko), Otamendi, Fernandino, Silva (75, Jezus), Gyundog'an, Marez (60, Bernardu), Rodri Ernandes, Sterling, Aguero.

Zaxiradagilar: Bravo, Zinchenko, Angelino, E Garsiya, Foden.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Ruben Vinagre (74, J. Otto), Koadi, Boli, Moutinyu, Saiss (Bennet), Dendonker, Ruben Nevesh, Traore, Ximenes, Kutrone (68, Doerti).

Zaxiradagilar: Ruddi, Valexo, Gibbs-Uayt, Kilman.

Ogohlantirishlar: Rodri Ernandes (50), Joau Kanselu (50), Ederson (62), Gyundogan (71), Fernandino (76), Ruben Nevesh (84), Moutinyu (86).


                                                      YANGILASH

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ADAMA TRAORE! Birinchi golining takroriy vaziyatini ko'rgandek bo'ldik — 0:2.

— Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. Sterlingga nisbatan qo'pol o'ynagan Ruben Neveshga sariq kartochka ko'rsatildi.

80. GOL GOL GOOOOOOOLLLLLL! ADAMAAAAA TRAOREEEEEE! Qarshi hujumda Raul Ximenes juda chiroyli tarzda Otamendini aldab o'tdi va Traoreni qulay vaziyatga olib chiqdi. 23 yoshli ispaniyalik esa vaziyatdan unumli foydalandi — 0:1.

76. Adama Traorega nisbatan qo'pol o'ynagan Fernandino ogohlantirildi.

75. O'zgarish. David Silva o'rniga Jezus tushirildi. 

74. Yana bir o'zgarish. Vinagr o'rniga Jonni Otto tushdi.

68. O'zgarish. "Bo'rilar" hujumchisi Patrik Kutrone joyini himoyachi Doerti egalladi.

67. UXXXXX. Omad mehmonlarga kulib boqdi. David Silvaning birinchi zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi va ikkinchi zarbaga esa biroz aniqlik etishmadi.

62. Darvozabon Ederson ogohlantirildi, hakamga etiroz bildirgani uchun.

60. "Siti" safida ikkinchi o'zgarish. Riyod Marez o'rnini Bernardu Silva to'ldirdi.

58. Hisob hamon 0:0. Gvardiola o'yinni havotir bilan kuzatmoqda.

50. Rodri Kutronega nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. Kanselu ham sariq kartochka oldi.

46. O'zgarish. Kayl Uoker o'rniga Oleksandr Zinchenko tushirildi. Kanselu o'ng qanotga o'tadi. 

— Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS

— Kreyg Povson birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

45. Uokerning uzoqdan bergan noqulay zarbasini Patrisiu qiyinchiliksiz ilib oldi.

41. Aguerodan yana bir urinish. Uning uzatmasi aniq chiqmadi.

36. Yana bir xavfli vaziyat! Kanselu-Aguero va ... himoyachilar to'pni qaytarishni uddasidan chiqishdi. 

34. Kanselu ham zarba berib ko'rdi. Undan omad yuz o'girdi va to'p darvozaga aniq etib borgani yo'q.

31. UXXX. Patrisiu Sterlingni aylanma bergan zarbasini dahshatli seyvi orqali qaytarib yubordi.

29. 25 metrlar masofadan jarima zarbasini Gyundog'an amalga oshirdi. Bu safar ham noaniq.

28. "Manchester Siti"da kayfiyat yaxshi emas, holat yaxshi emas. Marez va Ederson bir-birin tushunmay qolishdi. To'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

25. Aguero raqib jarima maydonchasida yiqildi. Koadi buni hakamga qanday bo'lganini tushuntirmoqda. Penalti yo'q!

22. Raul Ximenez bugun mezbonlar himoyasiga bosh og'riq bo'lmoqda. Yana bir vaziyatda u Fernandinodan qochib ketdi. Bu safar Ederson to'pga vaqtida chiqdi va hujum bartaraf etildi.

19. Ximenez Otamendidan ajoyib usulda o'tib ketdi va zarba berdi Fernandino Edersonga yordamlashib yubordi.

18. Marezning juda kuchli zarbasi yo'liga Koadi to'g'anoq bo'ldi. Natijada, "Citi"ning hujumi to'xtab qoldi.

8. "Citi" tashabbusni "bo'rilar"ga berib qo'yayotgandek, ammo Pep Gvardiola shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni bergani ko'rinib turibdi. O'yinda teng kurash hozircha.

5. Kutroneeee! Patrik Ederson bilan deyarli yakkama-yakka chiqib borib, to'pni umuman noaniq tarzda tepdi va qulay vaziyat ko'kka sovurildi.

3. Sterling o'zidan to'pni uzoqlashtirib yubordi. Texnik jihatdan xato qilmaganida "Siti" azolarida juda yaxshi imkoniyat bo'lishi haqiqatga yaqin edi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Assalomu alaykum hurmati baland "Manchester Siti"ning ashaddiy muxlislari va "Vulverxempton"ni qo'llab-quvvatlashga shay turgan ishqibozlar! APL 8-turidan joy olgan mazkur o'yinda "shaxarliklar" va "bo'rilar" qarama-qarshiligi juda qiziqarli o'tishi kutilmoqda.

Hozirga qadar bo'lib o'tgan uchrashuvlardan so'ng Angliya Premer-ligasidagi holat bilan tanishing.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика