So’nggi yangiliklar

17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  0 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  0 16:25Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Машъал" 0:0 (онлайн ҳисоб)  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  0 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  6 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  28 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  22 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  7

APL. "Manchester Siti" "Nottingem Forest" darvozasiga javobsiz 6 ta to'p yo'lladi, Alvaresdan dubl, Holanddan xet-trik! Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" "Nottingem Forest" darvozasiga javobsiz 6 ta to'p yo'lladi, Alvaresdan dubl, Holanddan xet-trik!

Angliya chempionati 5-turidan o'rin olgan bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Manchester Siti – Nottingem Forest 6:0 

23.30, «Etixad Stedium»

Gol: Holand 12', 23', 38', Kanselu 51', Alvares 65', 87'

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz (Lyuis, 75), Ruben Diash, Joau Kanselu (Serxio Gomes, 68), Gyundogan, Bernardu Silva, Rodri (Marez, 55), Foden (Palmer, 55), Holand (de Bryuyne, 69), Alvares.

Nottingem Forest – Henderson, Uilyams, Kuyate (Byankon, 79), Makkenna, Uorrell, Lodi, Yeyts (Kolbek, 69), Gibbs-Uayt (Dennis, 58), O`Brayen, Froyler, Jonson (Avoniyi, 58).

Ogohlantirish: Dennis (76).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! "Siti" "xohlaganicha" gol urib, g'alaba qozondi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90. Ikkinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi.

87. GOOOOOOOOOOOOOOOL! "Manchester Siti" qarshi hujumdan unumli foydalandi. "SHaharliklar" tezkor hujumi Alvaresning goli bilan tugadi – 6:0! 

83. "Manchester Siti" futbolchilari o'zaro pas o'ynashmoqda va oldinga borishga shoshilishmayapti. SHoshilmaydiyam-da :) Uchrashuv taqdiri hal bo'lib ulgurgan-ku!)

79. "Nottingem Forest"da almashtirish: Kuyate o'rniga Byankon maydonga tushdi.

79. Serxio Gomes ichkariga pas uzatdi, biroq himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

76. Emmanuel Dennis Kevin de Bryuynega nisbatan fol ishlatdi va sariq kartochka oldi.

75. "Manchester Siti"da o'zgarish: Stounz o'rniga Lyuis bahsni tugatib qo'yadi.

71. Uuuux! Marez birga-bir holatga chiqib borib, to'pni darvozaning chap tarafiga yo'naltirdi, noaniq.

69. "Nottingem Forest"da almashtirish:  Yeyts o'rniga Kolbek maydonga tushirildi.

69. "Manchester Siti"da o'zgarish: Holand o'rniga de Bryuyne o'yinga qo'shildi.

68. "Manchester Siti"da almashtirish: Joau Kanselu o'rniga Serxio Gomes bahsni davom ettiradi.

65. GOOOOOOOOOOOL! Marezning keskinlashtiruvchi pasidan so'ng Xulian Alvares darvozabonni ojiz qoldirdi – 5:0!

62. Ilkay Gyundogan burchak zarbasini o'ta muvaffaqiyatsiz tarzda amalga oshirdi, to'p maydon tashqarisiga yo'l oldi.

60. Bernardu Silva jarima maydoni tashqarisidan darvozani poylashga harakat qilib ko'rdi – Henderson o'z o'rnida!

58. "Nottingem Forest"da 2 ta almashtirish: Jonson o'rniga Avoniyi, Gibbs-Uayt o'rniga Dennis o'yinni davom ettiradi.

55. "Manchester Siti"da 2 ta o'zgarish: Rodri o'rniga Marez, Foden o'rniga Palmer maydonga tushdi.

51. GOOOOOOOOL! Joau Kanselu chamasi 18 metrdan darvozaning chap tomonini nishonga oldi – 4:0!  

47. Zarba! Ilkay Gyundogan to'pni qabul qilib, olisdan zarba yo'lladi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 3:0. Tanaffus!

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Zarbaaa! Xulian Alvaresning zarbasi ustunga tegdi.

44. "Manchester Siti" jamoaviy paslashish bo'yicha "master-klass" namoyish qilmoqda.

38. GOOOOOOOOOL! Stounzning qulay pasidan keyin Holand bosh bilan gol urib, xet-trik qayd etmoqda – 3:0!

35. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 74% – 26%

32. Joau Kanseluning to'pni ichkariga oshirish rejasi zo'r edi, ammo texnik taraflama mahorat etishmadi.

29. Pol Tirni hushtagini chaldi, Neko Uilyams Kanseluga nisbatan qoidani buzdi.

23. GOOOOOOOOOOOOOL! "Siti" Hendersonning xatosidan unumli foydalanib, tezkor ravishda vaziyat yaratib, hisobni oshirdi. Gyundoganning foalligidan so'ng Holand o'ng oyoqda bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritdi va dublini rasmiylashtirdi – 2:0!

20. Rodri to'pni egallab olishga oshiqib raqibga nisbatan qo'pol harakat qildi.

17. Zarbaaa! Uilyamsning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Lodi bosh bilan zarba berdi, sal noaniq.

12. GOOOOOOOOOOL! Fodenning ichkariga uzatgan to'pi rikoshet orqali Holand tomon keldi, hujumchi himoyachi qo'riqlab turganiga qaramasdan, chap oyoqda darvozani ishg'ol qildi – 1:0!  

8. Zarbaaa! Xulian Alvaresning markaz tomon yo'naltirgan zarbasini Din Henderson so'nggi lahzada seyv ko'rsatib, qaytarib qoldi!

7. Xulian Alvares burchak zarbasidan kelgan to'pni darvoza tomon tepdi, ammo himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. 

5. "SHaharliklar" futbolchilari ananaga ko'ra to'p nazoratini qo'lga olishgan.

3. Zarba! Ilkay Gyundoganning olisdan yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

1. O'yin boshlandi! 

"Yirtqich" bugun gol urarmikan?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика