So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  12 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

APL. “Manchester Siti” – “Byornli” bahsi uchun prevyu Yangiliklar

APL. “Manchester Siti” – “Byornli” bahsi uchun prevyu

30-turni yakunlab beruvchi o'yin prevyusini etiboringizga taqdim etamiz.

22.06 23:59 (Toshkent vaqti) “Manchester Siti” - “Byornli”

"Manchester Siti" restartni qiyinchiliksiz "Arsenal" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. 

"Byornli" oxirgi marta karantindan oldin "Tottenxem"ga qarshi o'yin o'tkazib, durang qayd etgandi (1:1). 

"SHaharliklar" turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turgan bo'lishsa, SHon Daych shogirdlari 11-o'ringa joylashishgan.

Tarkiblar bo'yicha 

SHuncha vaqt dam olingani va tiklanishdagi g'alabaga qaramasdan, Pep Gvardiola rotaciyaga qo'l urishi kutilmoqda. 

Boshidan jarohat olgan Erik Garsiya shubhasiz,  "Byornli" ga qarshi o'yinda qatnashmaydi. 

Leroy Sane yana zaxirada qoldirilishi kutilyapti. 

Fernandino, Rodrigo, Serxio Aguero va Bernardu Silva o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari aytilmoqda. 

"Byornli" vingeri Yoxann Gudmundsson mashg'ulotlarga qaytgan, lekin dushanba kuni maydonga tushish, u uchun hali ertalik qiladi. Hujumchi Kris Vud ham xuddi shunday holatda.

Mettyu Louton sayga qaytgan, biroq 11 talik tarkibda Fil Bardsliga imkoniyatni boy berishi mumkin. 

SHon Daych uchun katta yo'qotish – bu Eshli Barns. U belidan olgan jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur. 

Vud va Barns mavjud emas ekan, demakki, hujum chizig'ida Jey Rodriges va Matey Vidra juftligi harakatlanadi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Man Siti” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Byornli” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

101 ta

47 (46%)

7:0

30 (30%)

5:2, 6:3

24 (24%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Siti" oxirgi 34 uy o'yinidan 29 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).

- "SHaharliklar" "Byornil"ga qarshi so'nggi 4 uy urashuvidan 3 tasida 4 tadan kam gol urmagan (barcha musobaqalar).

- "Manchester Siti" so'nggi 8 uy bahsida kamida 2 ta gol urgan (barcha musobaqalar).

- "Manchester Siti" "Byornli" bilan oxirgi 9 o'yindan 8 tasida g'alabaga erishgan (barcha musobaqalar).

- "Byornli" so'nggi 7 o'yinda yutqazmagan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson - Uoker, Fernandino, Lyaport, Mendi - De Bryoyne, Rodri, D.Silva - B. Silva, Aguero, Sterling  

"Byornli” (4-4-2): Poup - Bardsli, Tarkovski, Mi, Teylor - Xendrik, Uestvud, Kork, Maknil - Vidra, Rodriges  

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Garsiya ("Manchester Siti”), Barns ("Byornli")

So'roq ostida: Bravo, Stounz (“Manchester Siti”), Gudmundsson, Vud  ("Byornli")

Manchester City

Phil Foden - 22', Riyad Mahrez - 43', Riyad Mahrez - 45', David Silva - 51', Phil Foden - 63'

Premier League . 30-tur

23/06/2020, 00:00

0
:
5
Tugadi

Burnley

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
22'  Phil Foden
22'  Bernardo Silva
43'  Riyad Mahrez
43'  Fernandinho
45'  Riyad Mahrez
45'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)
51'  David Silva
51'  Bernardo Silva
61'  Riyad Mahrez (Kevin De Bruyne)
61'  Fernandinho (Aymeric Laporte)
62'  Joao Cancelo
63'  Phil Foden
63'  Gabriel Jesus
79'  Phil Foden (Leroy Sane)
43'  Josh Brownhill
60'  Jay Rodriguez (Erik Pieters)
88'  Matej Vydra (Max Thompson)

Turnir jadvali 


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика