So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

APL. Markaziy o'yinda g'olib aniqlanmadi, "Manchester Yunayted" peshqadamlikni saqlab qoldi Yangiliklar

APL. Markaziy o'yinda g'olib aniqlanmadi, "Manchester Yunayted" peshqadamlikni saqlab qoldi

Angliya chempionati 19-turidan o'rin olgan markaziy bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Liverpul" – "Manchester Yunayted" 0:0

21.30, "Enfild"

Liverpul – Alisson, Fabino, Aleksander-Arnold, Robertson, Veynaldum (Milner, 89), Tiago Alkantara, Salax, SHakiri (Jons, 76), Mane, Xenderson, Firmino (Origi, 85).

Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, SHou, Lindelef, Uan-Bissaka, Fred, Maktomini, Pogba, Brunu Fernandesh (Grinvud, 89), Marsyal (Kavani, 61), Reshford.

Ogohlantirish: SHakiri (33), Fabino (66), Reshford (90).

Liverpool

Premier League . 19-tur

17/01/2021, 21:30

0
:
0
Tugadi

Manchester United

Stadion: Anfield, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
33'  Xherdan Shaqiri
66'  Fabinho
76'  Xherdan Shaqiri (Curtis Jones)
85'  Roberto Firmino (Divock Origi)
89'  Georginio Wijnaldum (James Milner)
61'  Anthony Martial (Edinson Cavani)
89'  Bruno Fernandes (Mason Greenwood)
90'  Marcus Rashford

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" peshqadamlik rolini saqlab qoldi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Qoyil, "Liverpul" vaqt cho'zyapti.

83. UXXXXXX!! Pogbaning kuchli zarbasini Alisson qaytardi!

80. Alkantaraning bu safargi zarbasi umuman o'xshamadi.

78. DE XEAAAAAAA!! Tiago Alkantaraning kuchli zarbasini De Xea qaytardi!!! Ajoyib seyvni ko'rdik.

75. ZARBAAAAAAAAA!!! ALISSSONNNN!!! Fernandeshning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Alisson chap oyog'ida qaytardi.

71. Balki bugungi uchrashuvning eng yomon futbolchisi Trent bo'layotgandir. Bugun u juda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda.

67. Markus Reshfordning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devordan o'tmadi.

65. "Yunayted"dan ham ilk aniq zarba. Fernandeshning kuchli zarbasini Alisson ushlab olishda qiynalmadi.

62. ZARBAAAAAAA!! Salohning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

60. UXXXXXXX!! Maguayr MYUni yaqqol goldan saqlab qoldi. Firmino gol urishga tayyorlanib turgandi.

55. Arnold chap qanotda paydo bo'ldi va MYU darvozasini nishonga oldi. De Xea to'pni ushlab oldi.

53. XAVFLI VAZIYAT!! Fernandeshning zarbasiga Fabino to'g'anoq bo'lmoqda!

49. UXXXXX!! Marsyal "Liverpul" jarima maydonchasi ichida to'pni Marsyalga oshirmoqchi bo'ldi. Fabino xavfni bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Tanaffus!

43. "Yunayted" o'yinni markazga ko'chira oldi. Lekin baribir "Liverpul"da kichik ustunlik bor.

40. UXXXXXXXX!! Reshford offsayd holatidan raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi. Pasga hech kim etib bora olmadi.

35. O'yindagi ilk aniq zarba. Firminoning zarbasini De Xea ushlab oldi.

34. ZARBAAAAAA!! Fernandeshning zarbasi biroz noaniq ketdi.

33. UXXXXX!! "Yunayted"da juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish imkoniyati bor.

31. "Yunayted" hujumga o'tgandi. Fernandeshning oshirgan to'piga Maguayr etib bordi. Offsayd.

26. ZARBAAAAAAAAAA!!! Veynaldumning kuchli zarbasiga Maguayr to'g'anoq bo'ldi.

22. ZARBAAAAAAAAAAA!! Firminoning zarbasini Lindelof qaytardi. Qaytgan to'pga Saloh juda noaniq zarba berdi.

21. ZARBAAAAAAAAA!! SHakirining zarbasi Maguayrga tegib, burchakka chiqib ketdi.

17. ZARBAAAAAAAAAAA!! Golga tortadigan ilk xavfli vaziyat yuzaga keldi. Salohning pasidan keyin Firmino noaniq zarba yo'lladi. Agarda u to'pni Robertsonga oshirganida bormi...

14. Robertsonning zarbasi noaniq ketdi.

10. Pogba hujumdagi Marsyal tomon to'pni uzatgandi. Offsayd.

6. MYU hujumga o'tdi. Reshfordning qanotdan oshirgan to'pini Fabino maydon tashqarisiga tepib yubordi.

3. O'yindagi ilk hujum mersisaydliklar tomonidan uyushtirildi. Robertsonning pasi zarbaga aylanib, maydondan tashqariga chiqib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv Jerri Marsden xotirasiga bir daqiqa qarsak chalish bilan boshlanmoqda.

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Derbiga hush kelibsiz! SHimoliy Angliya derbisi bizni kutmoqda! Sizlar bilan Mirjalol Normatov uchrashuvni kuzatib boradi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика