So’nggi yangiliklar

12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  0 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  2 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  0 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   5 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  8 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  25 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  7 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0

APL. "Liverpul" o'z maydonida "Brentford"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" o'z maydonida "Brentford"ni yirik hisobda mag'lub etdi

APLning 22-turidan o'rin olgan "Liverpul" - "Brentford" uchrashuvi yakunlandi.

"Liverpul" – "Brentford" 3:0

Gollar: Fabino 44', Aleks Oksleyd-CHemberlen 69', Takumi Minamino 77'

"Livepul": 1. Alisson, 66, Trent Aleksander-Arnold, 32. Joel Matip, 4. Virdjil van Deyk, 26. Endryu Robertson, 14. Djordan Xenderson, 3. Fabino, 17. Kertis Djons, 15. Aleks Oksleyd-CHemberlen (18. Takumi Minamino 74'), 9. Roberto Firmino (7. Djeyms Milner 78'), 20. Diogu Jota (49. Kayde Gordon 82').  

Zaxira: 62. Kuivin Kellexer, 5. Ibraima Konate, 12. Djo Gomes, 21. Konstantinos Cimikas, 76. Neko Uilyams, 80. Tyler Morton.

"Brentford": 40. Alvaro Fernandes, 20. Kristofer Ayer, 18. Pontus Yansson, 5. Itan Pinnok, 30. Meds Ryorslev, 27. Vitali Yanelt, 6. Kristian Nergor, 26. SHendon Baptist (11. Yoan Vissa 68'), 3. Riko Genri (7. Serxi Kanos 49'), 19. Brayan Mbeumo (8. Matias Yensen 75'), 17. Ayven Toni.

Zaxira: 49. Yonas Lessl, 9. Markus Forss, 14. Saman Goddos, 28. Meds Bidstrup, 29. Mads Bex, 36. Fin Stivens.

Ogohlantirishlar: Kristofer Ayer 19'

Liverpool

Fabinho - 44', Alex Oxlade-Chamberlain - 69', Takumi Minamino - 77'

Premier League . 22-tur

16/01/2022, 18:00

0
:
3
Tugadi

Brentford

Stadion: Anfield, 52824 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
44'  Fabinho
44'  Trent Alexander-Arnold
69'  Alex Oxlade-Chamberlain
69'  Andrew Robertson
74'  Alex Oxlade-Chamberlain (Takumi Minamino)
77'  Takumi Minamino
77'  Roberto Firmino
78'  Roberto Firmino (James Milner)
82'  Diogo Jota (Kaide Gordon)
19'  Kristoffer Vassbakk Ajer
49'  Rico Henry (Sergi Canos)
68'  Shandon Baptiste (Yoane Wissa)
75'  Bryan Mbeumo (Mathias Jensen)


90+2. O'yin yakunlandi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. Kayde Gordon darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, uning bergan zarbasini esa Fernandes qaytarib yubordi.

85. Statistika! Burchak zarbalari bo'yicha ustunlik - 9:0.

83. Uchinchi goldan keyin o'yin biroz sokinlashdi. 

Himoyachilar xatoga yo'l qo'yishdi, to'p Firminoga kelib tushdi. U esa Minaminoniga to'pni uzatib berdi va yaponiyalik futbolchi gol urdi. 

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Minamino hisobni uchtaga oshirdi.

76. Trent Aleksander-Arnold uzoq masofadan darvoza tomon zarba berdi, biroz noaniq. 

72. Aleks Oksleyd-CHemberlen jarohat olib, maydonni tark etdi.

Robertson chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi, CHemberlen esa bosh bilan zarba berib gol urdi.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Aleks Oksleyd-CHemberlen hisobni ikkitaga oshirdi.

69. Statistika! Darvoza tomon zarbalar bo'yicha ustunlik - 20:3. Aniq zarbalar bo'yicha ustunlik - 9:0.

67. Jota bir himoyachini aldab darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, Alvaro Fernandes esa ajoyib seyv ko'rsatdi.

62. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Jota ham jarima maydonchasi tashqarisidan erlatib zarba berdi, to'p esa darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Firminoning bergan zarbasini esa darvozabon ushlab oldi. 

59. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Brayan Mbeuma jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba yo'lladi, to'p birozgina noaniq ketdi!

53. Bo'lim xotirjamlik bilan boshlandi. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Fabino burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi. 

43. Bu safargi hujum mezbonlardan. Uchrashuv qizib bormoqda. 

42. Yanelt darvoza tomon chiroyli zarba berdi, Alisson seyv ko'rsatdi. Buning ustiga hakam vaziyatni offsayd deb baholadi.

41. Matip jarima maydonchasi tashqarisigacha kelib darvoza tomon zarba berdi, uning zarbasi rekoshetga uchrab darvozabonning qo'liga kelib tushdi.

39. "Brentford" hujumlarni oshirmoqda. 

37. SHendon Baptistdan zarba!!! Biroq birozgina to'p noaniq ketdi...

34. "Liverpul"dan ajoyib hujum!!! Trent Aleksander-Arnold to'pni oldinga - Endryu Robertsonga uzatdi. U esa to'xtatmasdan jarima maydoncha tomon to'pni uzatdi, Roberto Firminoning bosh bilan bergan zarbasi esa biroz noaniq ketdi.

25. "Livepul" jamoasi o'yinni to'liq nazorat qilmoqda. Jamoa bir qator hujumlarni amalga oshiryapti, lekin ulardan hozircha naf chiqmayapti.

22. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! van Deyk burchakdan uzatilgan to'pni o'ziga to'g'rilab olib darvoza tomon erlatib zarba berdi, darvozabon seyv ko'rsatib jamoasining joniga oro kirdi. 

12. Trent Aleksander-Arnold o'ng qanotdan jarima maydonchasi tomon yorib kirib darvozga zarba berdi, ammo to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

9. Maydon egalari burchak zarbasini amalga oshirgandan keyin "Bretford" darvozasi oldida palapartishliklar bo'ldi, lekin vaziyat gol bilan yakunlanmadi.

6. Bugun "Livepul"ning hujum chizig'ida xatolar kuzatilmoqda. Jamoa azolari - Salah hamda Manelarning yo'qligi bilinyapti.

3. Qanot hakami maydonga kech chiqib kelgandi. Endi esa unga bosh hakam qandaydir jihozni yaxshiroq o'rnatib qo'ydi. 

2. O'yin maydon egalarining ustunligi ila boshlandi. Liverpulliklar to'pni nazorat qilishmoqda. 

1. O'yin boshlandi.

  Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Maydonda "You'll Never Walk Alone" madhiyasi aytilmoqda. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика