So’nggi yangiliklar

01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  0 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:59Миллатлар лигаси. Франция - Италия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  4 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   31 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  6

APL klublarining original nomlarini bilasizmi? Yangiliklar

APL klublarining original nomlarini bilasizmi?

APL klublarining original nomlarini bilasizmi?

Menimcha, hozir shunday davrlar keldiki, odamlar klublarning tarixiga anchagina nazar sola boshladi. Qolganlari esa unchalik ham muhim emas.

APLning hozirgi 20 jamoasidan teng yarmi, yani, 10tasi o'z nomini bir necha bora o'zgartirgan. Agarda jamoalar o'z nomini o'zgartirmaganida APLning hozirgi turnir jadvali shunday ko'rinish olgan bo'lardi:

1. Liverpul
2. Sent Marks
3. Lester Foss
4. CHelsi
5. Nyuton Xit
6. Sent Lyuks
7. SHeffild Yunayted
8. Xotspur

Endi esa tarixga nazar solamiz va klublarning nomini o'zgarishi sababi, o'zgarishlar va boshqa tafsilotlarga to'xtalamiz. Oldindan aytib qo'yaman, sizni ajoyib maqola kutmoqda.

"Sent Marks" → "Gorton" → "Ardvik" → "Manchester Siti"

"Avliyo Mark" nomli Angliya cherkovi azolari (SHarqiy Gortonda joylashgan, Manchester) o'z diniga atab futbol klubiga asos solishdi. Ikki cherkov nazoratchilari zo'rlash, alkogolizm va kontrabandaga qarshi kurashish uchun kuchlarini birlashtirdilar. O'sha paytda Manchesterda, xususan, Gortonda ishsizlik dahshatli darajada avj olgandi. Holatidan qatiy nazar istalgan odam ushbu klubga kelishi mumkin edi.

Kriket bo'yicha cherkov jamoasi 1875 yilda tashkil qilingandi, biroq qishda ularda shug'ullanish uchun hech qanday imkoniyat yo'q edi. Bunday muammoni yo'qotish va bir yo'la ijtimoiy o'sishga intilish maqsadida cherkov nazoratchilari, "Yunion Ayron Uorks" sud ijrochi kompaniyasida ishlaydigan Uilyam Bistou va Tomas Gudbere 1880 yilda futbol jamoasiga asos solishdi va unga "Sent Marks (Uest Gorton)" nomini berishdi.

Jamoa ro'yxatdan o'tganidan keyingi ilk o'yini 1880 yilning 23 noyabr kunida Makklsfild cherkovi jamoasiga qarshi bo'lgan. O'shanda jamoa 1:2 hisobida mag'lub etilgan. 1880/81 yilgi mavsumda jamoa atigi 1 o'yinda g'alabaga erishgandi va bu "Stalibridj Klarens" jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan.

"Sent Marks" tashkil etilgani ilk yillarida ko'plab futbolchilar boshqa jamoalarda ham o'ynardi. Ulardan biri, jamoaning ilk futbolchisi va sardori Uotler CHu "Bel Vyu" jamoasi tarkibida ham o'yinlarda qatnashardi. 1883/84 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin "Sent Marks" o'z stadionida o'ynash imkoniyatidan mahrum bo'ldi, shuningdek, ikki klub uchun ham o'ynayotgan futbolchilar va klub bilan territorial yaqinlik tufayli ikki tomonning munozarasiga sabab bo'ldi. Afsuski, bu juda chuqurlashib ketdi. Ikki tomonning ittifoqi atigi bir mavsumga etdi xolos. Ajralib chiqqan "Sent Marks" esa "Gorton Assosieyshn" nomini oldi. O'z navbatida "Bel Vyu" ham o'z nomini "Uest Gorton Atletik"ga o'zgartirdi. Bu o'zgarishlar ikki klubning tizimida diniy qarashlarni asta-sekin quritdi va "Sent Marks" nomi ham asta-sekin yo'qolib, faqatgina qog'ozdagi qo'shtirnoq orasida qolib ketdi.

1887 yilning yozi yosh klub uchun og'ir o'tdi va uch frontdan katta muammolar yuzaga keldi. Birinchidan, klub yana o'z stadionidan mahrum bo'ldi. Endi ular o'zlari uy deb atay oladigan stadion topishlari kerak bo'lib qoldi. Yakunda klub Ardvikdagi temiryo'l ko'prigi yonginasidagi hududga joylashdi. Maydon avvaliga juda yomon, notekis va iflos edi, yakunda kuch va ambiciyalar g'alaba qildi. Stadion 7 oyga 10 funt evaziga ijaraga olindi. Klub tarixchisi Geri Jeymsning yozishicha, oldingi 5 stadiondan voz kechilishining sababi asbob-uskunalar, jihozlarning etishmovchiligi bo'lgan. Yangi joyga esa ulardan stadion qurishni va yana qo'shimcha xarajatlar kerakligini talab qilishdi. Bu er "Xayd Roud" mehmonxonasidan unchalik uzoq emasdi va shu boisdan klub ushbu joy egasi Stiven CHester-Tompson bilan aloqalar o'rnatishdi va jamoadagilarni otelning barcha qulayliklaridan foydalanishni kelishib olishdi. SHuningdek, klub ushbu manzil bo'yicha ro'yxatga qo'yildi va evaziga otel klub orqali licenziyani qo'lga kiritdi. Bu esa ijarachi va xaridor o'rtasidagi uzoq yillik munosabatlarning boshlanishi va otel egalari klubning egasiga aylanishini bildirardi. Klubning otel bilan yana bir bog'liqlik tomoni bor edi-ki, o'sha paytlarda jamoaning ilk laqabi "pivovarlar" bo'lgan. Jamoaning "Xayd Roud" stadionidagi ilk o'yini 1887 yilning 10 sentyabr kunida "Solford" jamoasiga qarshi o'tishi kerak edi. Ammo stadionning "tantanali ochilishi" ham bekor bo'ldi. CHunki raqib o'yinga tashrif buyurmadi.

Ikkinchi o'zgarish esa klubning nomida bo'lishi kerak edi. Klub endi Gortondan chiqib ketgan va "Gorton Assosieyshn" nomi ham anchagina xunuk ko'rinardi. SHu boisdan klub yangi hududga moslab, "Ardvik Assosieyshn" nomini oldi. Uchinchi o'zgarish esa moliyaviy strukturaga tegishli. Ha, klub tashkil topilganidan buyon havaskor maqomda edi. Biroq rahbariyat futbolchilarga haftasiga 5 shillingdan maosh bera boshladi va klub asta-sekinlik bilan professional tashkilotga aylandi.

1891 yilda "Ardvik" katta shon-shuhratga erishdi. Jamoa Manchester Kubogi finalida "Nyuton Xit"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Keyingi mavsumda esa ular amaldagi chempion sifatida Ikkinchi divizionda ishtirok etdi. 1893/94 yilgi mavsumda esa moliyaviy muammolar klubning qayta tashkillashtirishga olib keldi va klub "Manchester Siti" nomini oldi. 1894 yilning 16 aprel kunida esa klub "Manchester Siti futbol klubi limited" nomi orqali rasman kompaniyaga aylandi.

"Lester Foss" → "Lester Siti"

1884 yili "Veygeston" maktabi o'rta sinfli o'quvchilaridan tashkil topgan klub 1890 yilda FAga qo'shildi. 1891 yili ko'chib o'tilgan Filbert-stritdagi stadionga qadar jamoa 5 maydonda o'z uy o'yinlarini o'tkazgan. Janubi-sharqdagi Viktoriya bog'idagi stadion va Belgreyv-Rouddagi velosiped va kriket maydoni shular jumlasidandir. Klub 1891 yilda Midlend ligasida o'ynagan va 2-o'rinni egallagani uchun 1894 yilga kelibgina Ikkinchi divizionga qo'shib olingan. Futbol ligasidagi "Lester"ning ilk o'yini "Grimsbi Taun"ga qarshi bo'lgan va unda 3:4 hisobida jamoa mag'lub bo'lgan. Ilk g'alaba esa oradan bir hafta o'tib, Angliya Kubogiga o'tish bosqichida "Notts Olimpik" jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan. 1907/08 yilda klub Ikkinchi divizionda 2-o'rinni egalladi va Angliyaning yuqori divizioni bo'lgan Birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. Bir yil o'tib, jamoa yana o'z joyiga qaytdi. SHuningdek, "Lester" o'z tarixidagi antirekordni ham o'rnatdi. Jamoa "Nottingem Forest"ga 0:12 hisobida yutqazib qo'ydi.

1919 yili Birinchi jahon urushidan keyin futbol yana qaytdi. Keyinchalik "Lester Foss"da moliyaviy muammolar boshlandi. SHu orqali klub nomi barchamiz bilgan "Lester Siti" nomiga o'zgartirildi.

"Nyuton Xit" → "Manchester Yunayted"

1878 yilda "Lankashir va Yorkshir Reylvey Kompani" temiryo'l kompaniyasi o'z bo'limi ishchilariga futbol jamoasi tashkil qilishga ruxsat berdi. SHuning ortidan "Nyuton Xit LYR" jamoasi tashkil topdi. Klub prezidenti sifatida Frederik Attok tayinlandi. LYR so'zi esa "Lankashir va Yorkshir Reylvey" so'zining qisqartmasi edi va bu harakatlanadigan quyi bo'lim ishchilaridan tashkil topgan "Nyuton Xit Loko" jamoasi nomidan ajratib turardi. Jamoa temiryo'llar tomonidan moliyalashtirilardi va ular klub tarixidagi ilk stadionning ijarasini to'lab berishgan. Stadion Nort-Roud stanciyasi yaqinida edi. Aytilishicha, futbolchilar "ajoyib, yurakdan ishlaydigan va kuchli futbolchilar"dan tashkil topgan ekan. Boshida ular temiryo'lning boshqa ikki jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Afsuski, bu borada bizda hech qanday malumot yo'q. 1882/83 yilgi mavsumda jamoa 26 bora sinov-nazorat o'yinlarida qatnashgan va kelasi mavsumda Lankashir Kubogida ishtirok etgan. Biroq ular ilk raundda "Blekbern Olimpik"ning zaxira jamoasiga 2:7 hisobida mag'lub bo'lgan. 1884 yilda "Nyuton Xit LYR" Manchester Kubogida qatnashish uchun ariza tashladi va finalgacha etib bordi. Ushbu bahsda jamoa Uolli Reyndjning "Xerst" jamoasiga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

Futbol ligasida qatnashish uchun etarlicha ovoz yig'a olmagan "Nyuton Xit" va yana 11 jamoa "Futbol alyansi" nomi ostida yangi liga tashkil qilishdi. Unda jamoa 8-o'rinni egalladi. Uch mavsumlik urinishlardan keyin keyin, 1892 yilda "Nyuton Xit" Birinchi divizionga qo'shib olindi. "Futbol alyansi"da o'shandan bir mavsum oldin jamoa "Nottingem Forest"dan keyingi o'rinni egalladi va jamoalar yuqori ligaga yo'llanma olishdi. O'sha paytda klub temiryo'llar bilan barcha aloqalarni uzib bo'lgan, jamoa nomidagi LYR qo'shimchasi ham ishlatilmay qo'yilgandi. SHunday bo'lsa ham tarkibning katta qismi temiryo'lchilardan iborat edi. Oradan vaqt o'tib, klub yopiq akciyadorlik jamiyatiga aylandi. Har biri 1 funtdan bo'lgan 2000 ming funtlik akciya to'pladi. Klubdagi ilk rasmiy shaxs esa jamoa bosh murabbiyi, klub sekretari A.X.Albut bo'ldi.

1902 yilning 9 yanvar kunida sud klubning qallobliklari uchun 242 funt, 17 shilling, 10 pens jarimaga tortdi. Jamoaning shanba kuni bo'ladigan o'yini ham bekor qilindi va jamoa sardorlari Garri Stafford va Devis, shuningdek, klubning 3 investori yig'ilish o'tkazdi va klubni qutqarib qolish maqsadida 2000 funt yig'ishdi.

1902 yilning 26 aprel kunida Jon Genri Devis klub prezidenti etib tayinlandi. Endi klubning nomini o'zgartirish talab qilinardi. CHunki jamoa endi Nyuton Xit shahrida emasdi. Yangi xo'jayinlar klubni "Manchester Yunayted" nomiga o'zgartirishdi. O'sha davrda ularning oldida "Manchester Seltik" va "Manchester Sentral" variantlari ham bor edi. Ular jamoaning ranglarini qizil-oqqa o'zgartirishdi.

"Sent Lyuks" → "Vulverxempton Uonderers"

"Vulvz" ham ayrim jamoalar qatori kriket va cherkov jamoalari ortidan tashkil topgan. Klub 1877 yilda Jon Beynton va Jon Broudilar tomonidan "Sent Lyuks" nomi orqali tashkil qilingan. Jamoa tarixidagi ilk o'yinini 1877 yilning 13 yanvar kunida "Stafford Roud" jamoasining zaxira tarkibiga qarshi o'tkazgan. Oradan vaqt o'tib, klub mahalliy kriket klubi "Bleykenxoll Uonderers" bilan birlashdi va shu orqali 1879 yilda "Vulverxempton Uonderers" tashkil qilindi.

Boshida jamoa ikki tomoniga chiziq tortilgan stadionda o'yinlarini o'tkazardi. 1881 yilda esa jamoa Dadli Roudda qulay sharoitga ega bo'lgan stadionga ega bo'ldi. Jamoa 1884 yilga kelib, o'z tarixidagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi - Vrekin Kubogi. Ushbu mavsumda jamoa Angliya Kubogi tarixidagi ilk bahsini ham o'tkazdi. Professional klub maqomiga ega bo'lgan "Vulvz" 1888 yilda tashkil qilingan Futbol ligasining ilk ishtirokchilaridan biri bo'ldi va liga tarixidagi tarixiy ilk o'yinni "Aston Villa"ga qarshi o'tkazdi. 

O'sha mavsumni jamoa 3-o'rinda yakunladi va Angliya Kubogi finaligacha etib borib, "Preston Nort End"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Mavsum yakunlanganidan keyin "bo'rilar" so'nggi bora stadionini o'zgartirdi. "Molinyu" hozirgi paytda APLning grand jamoalari uchun anchagina noqulay stadion hisoblanadi.

"Xotspur" → "Tottenxem Xotspur"

"Xotspur" FK 1882 yili avliyo Ioann va Tottenxem gimnaziyasi o'quvchilari tomonidan tashkil qilingan. Avvaliga tarkib asosan 13-14 yoshli bolalardan iborat edi. SHuningdek, ular "Xotspur" kriket jamoasining azolari ham hisoblanishardi. Robert Bakl o'z do'stlari Sem Keysi va Jon Anderson bilan birgalikda futbol klubi tashkil qilish g'oyasini ishlab chiqadi. Bunda ular futbolchilarni qishda ham shug'ullantirish borasida bosh qotirishadi. Klub tarixida aytilishicha, jamoaning bo'lajak futbolchilari haftada bir marta Tottenxem Xay Rouddagi stolba fonari ostida mashg'ulot o'tkazishardi. Bu "Uayt Xart Leyn"ga juda yaqin joy bo'lgani uchun ham futbol klubi tuzish g'oyasini amalga oshirildi. Ularning uchrashgan kuni hali ham malum emas, biroq FK "Xotspur" 1882 yilning 5 sentyabr kunida tashkil qilingan. O'shanda badal pulini 11 nafar bolakay 6 pensdan to'lashgan. Yil oxirida klubda 18 nafar azo bor edi. Klub nomini o'zgartirish maqsadida "Nortumberlend Rovers" nomi ham ko'rib chiqilayotgandi, lekin bolakaylar "Xotspur" nomida to'xtalishgan. Kriket klubiga o'xshab futbol klubi nomi ham ser Genri Persi (aniqroq aytganda Garri Xotspur) sharafiga nomlangandi. Uning oilasi Nortumberlenddagi klub joylashgan hududga egalik qilardi.

Avvaliga bolakaylar ilk o'yinlarni Nortumberlenddagi stolba fonari yorug'i ostida o'tkazishardi. 1883 yilda yigitlar Jon Ripsher, Tottenxem yosh xristianlarini qo'llab-quvvatlash markazining (AMX) barcha etakchilarini yordamga chaqirishdi. Natijada klubga prezident tayinlandi unga pul ajratildi. Oradan bir necha kun o'tib, Persi Xausdagi AMXning erto'lasidagi oshxonada u klubning 21 nafar azosi ishtirokida yig'ilish o'tkazdi va unda klub uchun shtab-kvartira qurishni tavsiya qildi. Ripsher 1894 yilga qadar klub prezidenti sifatida ishladi va bolalarni klubga kelishida, jamoaning qayta tashkil topib, katta kuch olishida o'z yordamini ayamadi. U taqdim etgan moliyaviy barqarorlik boshqa klublardan farqli ravishda jamoaning oldinga qarab ketishida katta yordam bo'ldi. Ripsher 1884 yilda futbolchilar AMX kengashi vakilini to'p bilan jarohatlaganidan keyin klubga yangi joy topib berdi. Boshida ushbu joy Dorset Villada edi. Bu erda ular 2 yil bo'lishdi. 1885-1886 yillarda esa jamoa Xay Rouddagi Qizil Uyga ko'chdi. "Uayt Xart Leyn"ning yonginasida bo'lgan Qizil Uy 2016 yilga kelib rekonstrukciya qilindi. 1891 yilda ushbu joy klubning shtab-kvartirasiga aylandi. 1921 yilda esa ushbu joy rasman klubning mulkiga aylandi va 1935 yilda klub ham ushbu manzil bo'yicha ro'yxatga olindi.

1884 yilda esa xatlarning muntazam ravishda boshqa yo'nalishlarga borishi sababli klub o'z nomini "Tottenxem Xotspur"ga o'zgartirdi. 1883 yildan buyon klub "Xotspur" nomi bilan atalib kelinadi. SHuningdek, klub oq libosda o'ynagani sababli "aybsizlar" laqabini ham olgan.

-----------

Maqola yakunida, "Liverpul" (1892 yilda tashkil topgan), "CHelsi" (1905) va "SHeffild Yunayted" (1889) kabi klublar nomini maqolada uchratmaysiz. CHunki ular o'zlarining dastlabki tashkil qilinganidagi nomlarini saqlab qolishgan. Ayni paytda APLda qatnashayotgan jamoalarning  faqatgina bittasi XX asrda tashkil topgan, qolganlari esa XIX asrda. Angliya bu borada sayyoramizdagi barcha davlatlardan bir qadam oldinda - ilk marta futbol o'ynalgan, ilk jamoa tuzilgan ("SHeffild" bo'lgan "SHeffild Yunayted" yoki "SHeffild Uensdey" emas), eng birinchi futbol associaciyasi tashkil qilingan (FA), eng birinchi terma jamoa tashkil qilingan, eng birinchi kubok o'yinlari va eng birinchi futbol ligasiga start berilgan.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика