APL. Kim yilning eng yaxshi murabbiyi bo'ladi?
07 avg 2020 21:51
Yangiliklar
APL. Kim yilning eng yaxshi murabbiyi bo'ladi?
Angliya premer-ligasi 2019/20 yilgi mavsumining eng yaxshi murabbiyi nominaciyasi uchun davogarlar elon qilindi.
Ro'yxatga Yurgen Klopp ("Liverpul"), Frenk Lempard ("CHelsi"), Brendan Rodjers ("Lester Siti") va Kris Uaylder ("SHeffild Yunayted") kiritilgan.
G'olib 10 avgustga qadar davom etadigan onlayn ovoz berish yo'li orqali aniqlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida "Liverpul" Angliya chempioni bo'ldi, musobaqada "CHelsi" — 4, "Lester Siti" — 5, "SHeffild Yunayted" esa 9-o'rinni egalladi.
Fikrlar