APL hakamlar kengashi Edegor bilan bo'lgan voqea uchun nega penalti berilmaganini tushuntirib berishdi
24 dek 2023 09:17
Yangiliklar
APL hakamlar kengashi Edegor bilan bo'lgan voqea uchun nega penalti berilmaganini tushuntirib berishdi
Angliya professional hakamlari kengashi (PGMOL) APLning 18-turida “Liverpul”ga qarshi o'yinda (1:1) “Arsenal” futbolchisi Martin Odegorning qo'liga tekkanidan so'ng nega penalti belgilanmagani sababini tushuntirib berdi.
“Ushbu vaziyatda Edegor qo'li bilan to'pga harakatlanmagandi, u tanasi tomon harakatlangandi. U to'pga qo'li bilan tasodifan tegib ketgan”,-deyilgan bayonotda.
Bahsning 18-daqiqasida Muhammad Saloh to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. "Arsenal" xavbeki Martin Edegor qo'lini pastga tushirgan holda, to'pni to'xtatdi. Uchrashuv bosh hakami Kris Evans penalti belgilamadi, VAR esa vaziyatga aralashgani yo'q.
Fikrlar