APL. 6ta gol kiritilgan o'yinda "CHelsi" "Uotford"dan ustun keldi
21 okt 2017 18:25
Yangiliklar


APL. 6ta gol kiritilgan o'yinda "CHelsi" "Uotford"dan ustun keldi
London. "Stemford Brij" stadioni.
"CHelsi" - "Uotford" 4:2
Gol: Pedro 12, Dukure 47, Pereyra 49, Batshuayi 71, Aspilikueta 87, Batshuayi 94.
"CHelsi" – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso (Villian 68), Ryudiger, Pedro (Zappakosta 86), Fabregas, Azar, Bakayoko, Aspilikueta, Morata (Batshuai 61).
"Uotford" – Gomes, Kabasele, Britos, Xolebas, Mariappa (Gray 90), Pereyra (Karilo 65), Kleverli, Risharlison, Dukure, Femeniya, Dini (Uotson 80).
Ogohlantirishlar: Olevas 13, Mariappa 19, Ryudiger 23, Morata 55, Kiko 78.
O'yinning 12-daqiqasida Pedro o'zining ajoyib goli bilan hisobni ochdi. Unga to'pni Eden Azar etkazib bergandi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Dukure o'zining kuchli zarbasi bilan muvozanatni tikladi - 1:1!
49-daqiqada Pereyra "aristokratlar" darvozasini ishg'ol etib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Mishi Batshuayi 61-daqiqada gol kiritib, hisobni tenglashtirdi.
87-daqiqada Sezar Aspilikueta boshi bilan gol kiritdi va "CHelsi"ni oldinga olib chiqdi.
Qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda Batshuayi yana gol kiritib o'yinga nuqta qo'ydi - 4:2!
O'yindagi dastlabki gol muallifi Pedro
"Uotford" futbolchilari ham Londonga bekorga kelmaganligini isbotlamoqdalar va ikkita gol kiritdilar
Batshuayi muvozanatni tikladi
Batshuayining o'yinga tushishi "CHelsi"ni kuchaytirdi va yakunda "aristokratlar" g'alaba qozondilar
O’xshash yangiliklar

Fikrlar