APL. Bu mavsumda eng ko'p seyvni qaysi darvozabon amalga oshirdi?

Narzulla Saydullayev
30 okt 2016, 14:45
Bugun Angliya premer-ligasida 10-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Hozirga qadar bo'lib o'tgan o'yinlarda eng ko'p seyvni "Bernli" posboni Tom Xiton amalga oshirdi - 57ta.

Undan keyingi o'rinda "Sanderlend" darvozaboni Jordan Pikford (36), "Vest Bromvich" vakili Ben Foster (35) va "Lester" posboni Kasper Shmeyxel (35) borishmoqda.

E'tiborlisi, Petr Chex (27) va David De Xeaning (22) seyvlari sonini qo'shsak ham Tom Xitonning natijasiga yetmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/premierleague