So’nggi yangiliklar

08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  0 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  7 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  27 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  1 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  9

APL. Jangovar kechgan markaziy o'yinda gollar urilmadi Yangiliklar

APL. Jangovar kechgan markaziy o'yinda gollar urilmadi

Angliya chempionati 21-turidan o'rin olgan markaziy bellashuvning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Arsenal" – "Manchester Yunayted" 0:0

22.30, "Emireyts"

"Arsenal" – Leno, Belerin, Soaresh, David Luiz, Xolding, Jaka, Smit-Rou (Edegor, 83), Pepe, Parti, Martinelli (Villian, 46), Lyakazett (Nketiya, 90+4).

"Manchester Yunayted" – De Xea, SHou, Uan-Bissaka, Lindelef, Maguayr, Maktomini (Marsyal, 37), Brunu Fernandesh, Fred, Pogba, Kavani, Reshford.

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Jangovar kechgan o'yinda gollar urilmadi.

O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAA!!! Kavanining chalqancha uslubdagi zarbasi noaniq ketdi....

87. Lyakazett yana bir bo jarimadan zarba berib ko'rdi. Noaniq.

81. ZARBAAAAAAAA!! Pepening chap oyog'ida yo'llagan zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi...

80. ZARBAAAAAAAA!! Partining xatosidan keyin Reshford darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Noaniq. Uning o'rniga Grinvud maydonga tushdi.

79. Kichik ustunlik "Arsenal" tomonida.

75. "Arsenal"da yana bir standart. Bu safar Lyakazettni Maguayr yiqitdi.

73. Pogba Villianni yiqitgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

71. "Yunayted"ning uzoq davom etgan hujumi Marsyalning offsaydda qolib ketgani sababli yakunlandi.

65. ZARBAAAAAAAA!! Lyakazettning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi! Ikkinchi tempdagi hujumdan keyin Smit-Rouning zarbasini De Xea qaytardi!

64. "Arsenal"da super imkoniyat. 18 metrdan jarima zarbasi.

62. David Luis hujumga o'tdi va anchagina noaniq zarba yo'lladi.

58. ZARBAAAAAA!!! Kavani 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi....

56. Reshford hujumga o'tib ketayotgandi. Villian xavfni bartaraf etdi va jarohat oldi.

52. "Arsenal" jarima zarbasidan foydalana olmadi. Pepening uzatgan to'pini van-Bissaka burchakka chiqarib yubordi.

49. UXXXXXXX!!! Villianning zarbasini van-Bissaka burchakka chiqarib yubordi....

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. ZARBAAAA!! To'p jonli devorga tegib, darvozaga kirib ketishi mumkin edi.

44. UXXXXX!! Fernandesh yiqitildi. MYUda juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi bor.

41. SHouning burchakdan uzatgan to'piga Maguayr boshi bilan zarba berdi. Leno to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

37. O'yindagi ilk o'zgarish. Maktomini o'rniga Marsyal maydonga tushdi.

34. ZARBAAAAAAAA!! Fernandesh ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi...

33. ZARBAAAAAAAA!! SHouning qanotdan oshirgan to'piga van-Bissaka boshi bilan zarba berdi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

30. ZARBAAAAAAAA!! SHouni bir necha marta aldagan Pepe MYU posti tomon zarba berdi. Noaniq. De Xea ham vaziyatni nazorat qilib turgandi.

28. UXXXXXX!! Martinelli to'pni hujumdagi Lyakazettga oshirdi. To'p Maguayrdan ham o'tib ketgandi.

25. Burchakdan uzatilgan to'pga Xolding boshi bilan zarba berdi. De Xea to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

23. "Yunayted" ketma-ket burchak zarbalaridan unum chiqara olmadi.

20. ZARBAAAAAAA!! Fredning ajoyib zarbasini Leno barmoqlari uchi bilan burchakka chiqarib yubordi...

18. UXXXXXXX!!! Markazdagi xatodan keyin Reshford to'pni egallab olib, "Arsenal" jarima maydoniga yorib kirdi. Uning Fernandesh tomon pasi yaxshi chiqmadi va to'p yo'qotildi.

16. O'yindagi ilk zarba Lyakazett tomonidan yo'llandi. To'p De Xeaning qo'llariga borib tushdi.

14. "Yunayted" hujumga o'tayotgandi. Reshfordga oshirilgan to'pni Xolding autga chiqarib yubordi.

11. David Luis uzoq masofadan MYU postini nishonga oldi. Anchagina noaniq va kuchsiz zarba.

9. MYUdan yana bir hujum. Pogbaning Brunu tomon uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

7. Reshford hujumga o'tayotgan paytda Jaka tomonidan yiqitilgandi. Biroq hakam indamadi.

3. MYUdan hujum. Van-Bissakaning qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. Reshford esa hujumda fol ishlatdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Emireyts"ga qaratamiz. Ushbu stadionda bugun "Arsenal" turnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика