So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  5 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  4 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  28 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

APL 8-turidan biz bilgan etti fakt Yangiliklar

APL 8-turidan biz bilgan etti fakt

Teglar :  APL
Klaudio Raneri “Uotford”da debyut qildi, “Nyukasl” shayxlar ko'z oldida birinchi marta maydonga tushdi, “Manchester Yunayted” o'zining safar o'yinlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi.

SHu va shunga o'xshash etiborga molik voqealar APLning sakkizinchi turida ro'y berdi. Klaudio Raneri 0:5 bilan boshladi.

“Uotford”da debyutini mag'lubiyat bilan boshlagan so'nggi murabbiy 2014 yilda “Arilar”ga murabbiy etib tayinlangan Oskar Garsiya edi. Raneri esa haligacha Angliya klublaridagi faoliyatini mag'lubiyat bilan boshlamagan edi. Lekin bu gal Raneri bilan bu ro'y berdi. Aniqrog'i, bunga raqiblar majbur qilishdi. “Vikaridj Roud”ga dahshatli formaga kirib olgan “Liverpul” tashrif buyurdi.

“Mersisaydliklar” “Arilar”ning bu mavsumdagi dastlabki jiddiy raqiblari edilar va “Uotford”ning 7 uchrashuvda to'plagan etti ochkosi bu ularning CHempionshipdan Premer-Ligaga tayyorlanib chiqishganini anglatmasligini ular osongina isbotlashdi. Muhammad Saloh yana bir shedevr asar yaratdi, Roberto Firmino esa o'zining CHempionshipdan Premer-Ligadagi ikkinchi het-trikini rasmiylashtirdi. To'g'ri, Raneri faqatgina birinchi uchrashuvni yutqazdi, boz ustiga “Liverpul”ga, lekin ko'rindiki, “Uotford”ni mavsum oxirigacha ushlab qolish uchun ko'p ish qilinishi kerak.

“Yunayted”ning safar o'yinlaridagi seriyasi oxiriga etdi.

“Qizil iblislar”ning Premer-Liga doirasida safar o'yinlaridagi 29 o'yinlik mag'lubitsiz seriyasi o'z nihoyasiga etdi. Garchi bu seriya klubga jiddiy bir yutuq olib kelmagan bo'lsa-da, Ole Gunnar Sulsher muxlislari uni himoya qilishi uchun sabablardan biri edi. Balki, bu seriya “MYU” o'yinchilarining matonatlarini ko'rsatgandir, balki tasodifdan boshqa hech narsa emasdir.

Bu matonat “Iblislar”ga o'zlarining yomon formalarida ham yordamga kelayotgan edi, lekin so'nggi haftalarda aynan shu narsa ularga etishmayapti. “Lester” maydonida ular mag'lub bo'lishdi va buni Ole ham oqlashga sabab topa olmadi. “Manchester Yunayted”ning bu o'yini bilan ikkita gol urishlari va intrigani o'yin oxirigacha ushlab turishlari aslida omad edi. 

“Tulkilar” o'zlarining mavsumdagi eng zo'r o'yinlarini o'tkazishdi. “Yunayted” ning seriyasi esa, agar ularning yaqin taqvimlariga qaraydigan bo'lsak, baribir uzoqqa cho'zilmaydigandek edi.


“Sautgempton” omadsizlar klubini tark etdi

O'tgan turda “hali g'alaba qozona olmagan” omadsiz jamoalar qatorini “Lids” tark etgan edi, bu turda esa bu ishni “Avliyolar” amalga oshirishdi. Qizig'i bu g'alaba aynan “Lids”ga qarshi o'yinda qo'lga kiritildi. Ralf Xazenxyuttl shogirdlariga qarshi o'yinda ular o'zlarining mavsum startidagi yomon o'yinlaridan birini ko'rsatdilar va “omadsizlik”dan shikoyat qila olmaydilar. CHunki ularning o'yinlarida chindan ham hammasi unchalik yaxshi emas. 

“Sautgempton” bu o'yindagi g'alabani hujumdagi noodatiy o'yin evaziga qo'lga kiritdi. Hujumda CHe Adams “Avliyolar”ga yordam bera olmas edi, Armstrong esa zahirada qoldirildi. Asosiy tarkibda Armando Broyya maydonga tushdi. “CHelsi” dan ijaraga olingan 20 yoshli alban hujumchisi uchun bu o'yin Primer-Ligada asosiy tarkibdagi debyut edi va u buni gol bilan bezadi. SHuningdek, u bu ishni amalga oshirgan “Sautgempton” tarkibidagi eng yosh o'yinchi sifatida tarixda qoldi. 

Endi Ralf Xazenxyuttl biroz engil tin olsa bo'ladi, Belsa esa uning jamoasi “ikkinchi mavsum sindromi” dan aziyat chekmasligi uchun jiddiy o'ylashi kerak bo'ladi. 


“Aston Villa”derbida mo'jiza tufayli mag'lub bo'ldi

G'arbiy Midlend qarama-qarshiligi haqida, balki, eshitmagandirsiz, lekin bu derbidagi g'alaba bu ikki klub uchun alohida g'ururdir. SHanba “Aston Villa” nafaqat “Vulverxempton” ustidan qozonilgan g'alabadan, balki o'zinig o'yinidan faxrlanishga tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Din Smit shogirdlari o'yin tomonlama ustunlik qildilar va ikkita gol urib g'alabaga tayyorlanayotgan edilar, ammo o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida hammasi butunlay o'zgarib ketdi. 

Mavsum boshidan beri “Bo'rilar”da gol urish borasida muammolar bor edi, lekin vaziyat yaxshi tomonga o'zgargandek. Qandaydir qisqa muddat ichida Bruno Laje shogirdlari yo'q joydan uchta gol urishidi. Bu standart vaziyatlardan unumli foydalanish bo'yicha olib borilgan mashg'ulotlar mevasi. Standartdan uzatilgan ikki uzatmani “Villa” himoyachilari oxiorigacha qaytara olishmadi va Ruben Neveshning jarima to'pi rikoshet natijasida darvoza to'riga borib tushdi. 

“Vulverxempton” bu o'yinda g'alaba qozondi , shuningdek, so'nggi uch o'yinda maksimum natija ko'rsatmoqda. “Villa” o'yinchilari konsentraciyani yo'qotishdan shikoyat qilishlari mumkin, lekin bu holat chindan ham juda kam uchraydi. 


“CHelsi” peshqadamlikni saqlab qoldi

“SHeffild Yunayted” va “Lids” kabi “Brentford”da ham ikkinchi mavsum sindromi bo'lishi mumkin, ammo hozircha ular o'zlarining ajoyib o'yinlari va natijalar bilan Premer-Ligani hayratga solishmoqda. “CHelsi” bilan G'arbiy London derbisi ular uchun yangi narsa. “Brentford” so'nggi marta “CHelsi” bilan uzoq 1947 yilda chempionat doirasida o'ynagan. SHundan so'ng hozirgacha bu jamoalar uch marta to'qnashishdi, biroq bu o'yinlar turli kubok o'yinlari doirasida bo'lib o'tgan.

To'g'ri, “Ko'klar” shanba kuni kimga qarshi maydonga tushayotganliklarini anglashlari kerak edi. Tomas Frank jamoasi bir necha hafta oldin liga grandi “Liverpul” bilan “otishma” uyushtirishga qaror qilib,ularning darvozasiga naq uchta gol joylab qo'ygandi. Uchrashuv 65-daqiqagacha sokin kechayotgan edi. “CHelsi” qiyinchilik bilan bo'lsa-da, gol urib o'ziga ustunlikni og'dirib oldi.

“Brentford” esa to'pni raqibga topshirib qo'yib, o'z imkoniyatini kutayotgandek tassurot qoldirdi. Oqibatda esa uchrashuvning oxirgi 25 daqiqasi londonliklar darvozasini o'qqa tutishga aylanib ketdi. Eduard Mendi bir qancha holatda jamoasini gollardan saqlagan bo'lsa, ikki holatda to'p Mbemoning zarbasidan keyin ustunga tegdi. Hozirgi holatda “Brentford”ning qanday formaga ega ekanligini hisobga olgan ekspertlar, “Aristokratlar”ning natija uchun o'ynaganliklarini tanqid ostiga olishmadi, ustiga-ustak ular bu g'alaba bilan peshqadamlikni saqlab qolishdi. 


“Nyukasl” yangi kelajakka mag'lubiyat bilan qadam qo'ydi

Kutilganidek, Stiv Bryus klub sotuvidan keyingi birinchi o'yinda jamoani murabbiy sifatida maydonga olib chiqdi. Bu o'yin mutaxasis uchun faoliyatidagi 1000-o'yin edi, lekin shu kuni mahalliy muxlislarni bu statistika unchalik qiziqtirmas edi. “SHpor”lardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng muxlislar yanada asabiylashgan holda yangi xo'jayinlar ko'z o'ngida murabbiyning istefosini talab qila boshladilar. Birinchi bo'limda shifokorlar yordamiga muhtoj bo'lgan muxlis voqeasi o'yinning borishiga tasir qildi. Ammo “Qarg'alar” muxlislarining bayramini “Tottenxem” futbolchilari buzishdi.

Kallum Uilsonning tezkor goli bilan boshlangan o'yin ular uchun ideal boshlanmaga ega bo'ldi, lekin tez orada mehmonlar o'zlarining darajalarini ko'rsatishdi. Harri Keyn o'zining Premer-Ligadagi gollari hisobini ochdi, Son assistlar miqdorini ko'paytirdi, Ndombele gol urdi, Moura esa “Nyukasl” futbolchilarini xohlagancha aldadi.

“Tottenxem” uchun bu mavsumdagi eng oson g'alaba bo'ldi. “Sent Djeyms Park” da yaqin kelajakdagi eng asosiy masala esa murabbiy istefosi masalasidir.


“Arsenal” “Kristal Pelas” bilan durangdan xursand

Patrik Vieyra “Emireyts”da faqat “Manchester Siti” tarkibida maydonga tushgan, ammo uning tashrifi xuddi uyga qaytish kabi kutib olindi. Uni muxlislar juda iliq qarshi olishdi, biroq Vieyra  “Arsenal”ning uyiga natija uchun kelgan edi. Uning shogirdlari “Arsenal”ga hech qaysi jabhada mag'lub bo'lishmadi.

Mezbonlar tezkor gol urishdi, shundan so'ng ustunlik “Pelas” tomonga o'tdi. Gol esa yaqin vaqt ichida yuzaga keladigandek edi. “Burgutlar” garchi etakchilari - Uilfrid Zahasiz o'ynagan bo'lishsa ham, “Arsenal”ga ikkita gol urishdi, ikki gol ham mezbonlar himoyachilari xatolari evaziga yuzaga keldi. G'ayrioddiy bo'lsa ham, “Kristal Pelas”da birdaniga ikki hujumchi bir o'yinda o'z hisobiga ikki gol yozib qo'ydi. 

Aytish joizki, mehmonlar o'yin oxirida o'z darvozalariga juda yaqin o'ynashganliklari uchun jazolanishdi. Uchrashuv boshida “Kanonirlar” bilan mehmondagi durrang “Pelas” uchun yaxshi natijadek ko'rinar edi, ammo shuni takidlash kerakki, ular g'alabaga juda yaqin edilar. Final hushtagi chalinishidan bir necha sekund oldin urilgan Aleksandr Lyakazettning goli ularni tayyor uch ochkodan mahrum qildi. Goldan keyin Arteta xursand edi ,lekin unutmaslik kerakki, bu “Pelas” bilan uydagi durrangdan xursandchilik. O'tgan turdagi “Brayton” bilan durrangdan so'ng, “Arsenal” bu mavsumda hech narsaga davo qila olmasligi oydinlashgan edi. 


Mamurjon Ibragimov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика