APL 5 ta futbolchi o'zgartirish tizimiga qaytishi mumkin
14 mar 2022 21:06
Yangiliklar


APL 5 ta futbolchi o'zgartirish tizimiga qaytishi mumkin
Premer-liga yana 5 ta almashtirishni joriy qilishi mumkin.
Iyun oyida bu masala liga klublarining umumiy yig'ilishida muhokama qilinadi va unda besh nafar almashtirish bo'yicha ovoz berish o'tkaziladi.
Bundan tashqari, seshanba kuni Premer-liga klublarining sardorlari beshta almashtirishni joriy etish masalasini muhokama qilishadi.
SHu bilan birga, ligada etakchi bo'lmagan klublar bu qarorga qarshilik qilishi mumkin. Ularning fikricha, 5 ta almashtirish boy klublarga ustunlik beradi.
Koronavirus tufayli to'xtatilgan chempionat qayta boshlanganidan so'ng 2020 yilda Premer-ligada beshta o'zgarishga ruxsat berilgan, biroq liga 2021/22-mavsumdan yana uchta almashtirishga qaytgandi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar