Tezkor: "Anderlext" hamda "Fenerbaxche" futbolchilari maydonni tark etdi. Nega?
21 fev 01:16
Yangiliklar


Tezkor: "Anderlext" hamda "Fenerbaxche" futbolchilari maydonni tark etdi. Nega?
Ayni damda Evropa ligasining o'tish bosqichi doirasidagi uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
Bugungi kun dasturidan "Anderlext" - "Fenerbaxche" (dastlabki o'yin 0:3) uchrashuvi ham o'rin olgan. Uchrashuvning 4-daqiqasida mehmonlar hisobni ochgandi. Biroq bahs 8-daqiqada to'xtab qoldi.
Tezkor malumotlarga qaraganda, tribunada ikki jamoa muxlislari o'rtasida katta janjal kelib chiqqan va bosh hakamga xavfsizlik xizmati o'yinni to'xtatishni talab qilgan. Shundan keyin o'yin to'xtatildi va futbolchilar maydondan olib chiqib ketildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar