So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

APL 29-turidan keyin biz bilgan etti fakt Yangiliklar

APL 29-turidan keyin biz bilgan etti fakt

“Tottenxem” mavsumda birinchi marta durang o'ynadi.

“Tottenxem” mavsumda birinchi marta durang o'ynadi

So'nggi mavsumlarga qarab xulosa chiqaradigan bo'lsak, bu safargi SHimoliy London derbisidan “Tottenxem” muxlislari qoniqish hosil qilishmadi. CHunki yaqin yillarda “shporlar” o'z uylarida “Arsenal”ni faqat mag'lubiyatga uchratishmoqda edi. Lekin Maurisio Pochettino shogirdlarining oxirgi o'yinlariga nazar soladigan bo'lsak, bu natija ular uchun ijobiy desak ham bo'ladi. Ustiga-ustak, jamoa o'tgan turlarda chempionlik poygasidan chiqib ketishga ulgurdi.

Lekin Pochettino uning klubi bahsda “Arsenal”dan har tomonlama ustunlik qilganiga urg'u bermoqda. Balki, uning gapida jon bordir. Ammo bu ustunlik “Tottenxem”ning  faqat to'pga egalik qilishidagina kuzatildi, xolos. Mezbonlar yagona gollarini noto'g'ri belgilangan penaltidan urishdi. Ularning darvozalari tomon belgilangan penalti ham shubhali ko'rindi. Biroq ularning baxtiga “kanonirlar”ning eng yaxshi snayperi bu vaziyatdan foydalana olmadi. Faqat 29-turga kelibgina “Tottenxem” durang o'ynadi. Natijada kuchli to'rtlikka kirish u bidan raqobatlashadigan jamoani o'zidan uzoqlashtira olmadi. 

Lukaku yana cho'qqida 

Bu mavsum Joze Mourinyu hamda uning o'rniga kelgan Ole Gunnar Sulsher ham Lukakuga asosiy tarkibda ishonch bildirishmadi. Ular hujumda nisbatan yosh va tezkor Markus Reshfordga ishonishdi. Lekin ampuladoshining muvaffaqiyatlari Lukakuni tushkunlikka tushira olmadi va u sifatli zahira varianti sifatida o'rindiqda o'zining imkoniyatini kutayotgan edi. SHuningdek, Romelu “Arsenal”ga qarshi Kubok bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi va o'zining golli paslari bilan o'yinning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. 

“MYU”dagi kadrlar muammosi Sulsherni Romeluni asosiyga qaytarishga majbur qildi va belgiyalik ustoziga pand bermadi. Bir hafta ichida Lukaku dubl rasmiylashtirdi va uning bu muvaffaqiyati jamoasiga oson bo'lmagan g'alabani keltirdi. Ayniqsa, “Sautgempton”ga qarshi uchrashuv jamoa uchun qiyin kechdi va “qizil iblislar” faqat o'yin so'ngida uch ochkoni sug'urib olishdi. Hal qiluvchi golni Lukaku nishonga aniq urdi. Ha, uning jarima maydoni tashqarisidan gol urmaganiga ancha vaqt bo'lgandi. Hozirda ko'pchilik jamoadoshlari kabi, u ham o'ziga yuksak ishonch bilan to'p tepmoqda. “Manchester Yunayted” murabbiylar shtabi esa hujumchilar masalasida keng tanlovga ega bo'lib turibdi.

“Manchester Siti” birinchi o'ringa qaytdi

Haqiqatdan ham, 2019 yil “shaharliklar” o'zlarining meyorlaridan ko'proq gol urishmoqda. Biroq o'tgan hafta bu scenariy ostida kechmadi. Jamoa juda ko'p vaziyatlar yaratgan bo'lsa ham, minimal hisobdagi g'alabaga rozi bo'ldi. “Vest Xem”ga qarshi bahs qandaydir mazmunsiz kechgandi. “Bornmut”da ham klub o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmagan bo'lsa-da, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. Mana shunday uchrashuvlar chempionlik o'yinlari deyiladi. 

“Siti” o'z uyida doimo “Bornmut”ga qarshi ajoyib o'yinlar namoyish etadi. Eddi Xau jamoasi odatda Etixad Stediumda raqib hujumlariga qarshi dosh bera olmaydi. Lekin “olchalar” o'z uyida har qanday grand jamoalarga bosh og'rig'i bo'la oladi. SHanba kuni “Bornmut” butun bahs davomida darvoza tomon hatto bironta  noaniq zarba ham bera olmadi. Mehmonlar esa bahs davomida 82 foiz to'pga egalik qilishdi. Ammo shunday ustunlik bilan ham “shaharliklar” nursiz durang o'ynashdi. Agar Riyad Mehrezning beo'xshov o'ng oyog'i bo'lmaganida, uyga bir ochko bilan qaytishlari mumkin edi. Aynan uning o'ng oyog'i yagona golga berilgan zarbada to'pga tegdi. Hozirda “Manchester Siti” “Liverpul” ga etishmayotgan narsaga egalik qilyapti — o'rtacha darajada o'yin namoyish etib ham, uch ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ya olyapti. 

“Brayton” omadsiz seriyaga nuqta qo'ydi

Kris Xyuton jamoasi kuzdagi g'alaba sabab to'plangan ochkolar zaxirasi hisobiga mavsumning ikkinchi qismida o'zlarini nisbatan erkin va bosimdan holi tarzda tutayotgan edilar. Bundan tashqari “chaykalar” Angliya Kubogida ham muvaffaqiyatli tarzda chorak finalgacha etib kelishdi. Bularning barchasidan kelib chiqib jamoa xotirjam bo'ldi va oqibatda jamoa xavfli zonaga yaqinlashib qoldi. 2019 yil uchinchi oyi ham kirib keldiki, Xyuton jamoasi birorta g'alabaga erishmagan edi: etti uchrashuvda — ikki ochko.

SHanba kuni esa nihoyat “Brayton” g'olib bo'ldi. Qimmatli g'alabaga esa yaqqol autsayder “Xaddersfild”ga qarshi bahsda, ustiga-ustak uyda erishdi. “Xaddersfild” hafta o'rtasida o'zining yangi murabbiyi bilan dastlabki g'alabaga erishgandi. Bu uchrashuvda ular raqibni nazorat qilish va gol o'tkazmaslikka etibor berishdi. Qaysidir manoda buni uddalashayotgan edi, lekin birgina xato ularga qimmatga tushdi. Tezkorlik bilan o'yinga kiritilgan jarima to'pi Florin Andonening goli bilan yakunlandi. Uchrashuvdan keyin Yan Zivert hafsalasi pir bo'lgan holda ularning barcha rejalarini birgina epizod barbod qilganligini takidlab o'tdi.

Rodjers mag'lubiyat bilan boshladi

O'tgan haftaning asosiy voqealaridan biri Brendan Rodjersning deyarli uch yarim yillik tanaffusdan keyin Angliya futboliga qaytishi bo'ldi. “Lester Siti”ga bosh murabbiy sifatida tayinlanganidan so'ng, u birinchi uchrashuvni 10 yil oldin murabbiylik faoliyatini boshlagan sobiq klubi “Uotford”ga qarshi o'tkazdi. Qiziq holat: “Uotford” jamoasi o'zining uydagi oxirgi uch o'yinida faqat sobiq murabbiylari bilan to'qnashmoqda. Avvaliga ular SHon Daychni mag'lub eta olishmagan bo'lishsa, Markus Silva va Brendan Rodjers “Vikaridj Roud”dan quruq qo'l bilan qaytishdi. 

Rodjers boshchiligidagi “Lester” bahsni yomon olib bormadi. Jamoa o'z kuchiga ishongan holda to'p tepdi. Jeymi Vardi hisobni tenglashtirganidan so'ng, “tulkilar” to'lig'icha hujumga otlandilar va uch ochko bilan uyga ketadiganek edilar. Ularning hech narsasiz qolishlariga sabab bo'lgan voqea bahs oxirida kuzatildi. Markazdan oshirilgan noaniq pasdan keyin “Uotford” qarshi hujumga otlandi va bu Endi Greyning goli bilan yakunlandi. Rodjersning birinchi uchrashuvda jamoa mag'lubiyatga uchradi, ammo o'yin sifati yaqin kelajakda voqealar rivoji yaxshi tomonga o'zgarishidan dalolat bermoqda. 

“Fulxem” yana London derbisini boy berdi

Brendan Rodjers kabi klubda bosh murabbiy sifatida debyut qilayotgan Skott Parker faoliyatida ilk bahsda g'alaba qozona olmadi. Vaqtinchalik bosh murabbiy oldida uddalab bo'lmas vazifa — klubni Primer-ligada saqlab qolish turibdi. Klub rahbarlari esa bir mavsumdayoq ikki murabbiyni almashtirishga ulgurishdi: Slavish Yokanovich va Klaudio Raneri.

“Fulxem” o'yinda yomon ko'rinmadi. Takidlash kerakki, jamoa bu o'yinda so'nggi oylardagi eng yorqin o'yinlaridan birini o'tkazdi. “CHelsi” bu o'yinda omad va asosiy tarkibga qaytgan Kepaning chaqqonligi sabab yangi murabbiy tayinlanishi tufayli katta motivaciya bilan maydonga tushgan mezbonlarni mag'lub eta oldi. Boshqa bir muhim fakt shuki, “aristokratlar” o'sha kuni G'arbiy Londonda 2019 yil hisobidan Primer-ligadagi dastlabki safar gollarini urishdi. Bungacha jamoa 2019 yil birorta safar uchrashuvida gol urolmagandi. “Fulxem”ning o'yinidagi asosiy kamchilik hali ham himoya bo'lib qolmoqda. Aynan himoyadagi palapartish o'yinlar sabab jamoa mavsumdagi uchinchi bosh murabbiyini tayinlamoqda. Aytish kerakki, Klaudio Raneri ham himoyadagi o'yinlarni tartibga solish maqsadida Londonga keltirilgan edi. Ammo uning bu erdagi missiyasi allaqachon yakuniga etib bo'ldi.

“Liverpul” yana ochko yo'qotmoqda

Bir necha hafta oldin “Liverpul” muxlislari “Manchester Siti” bilan jadvaldagi etti ochkolik farqga qarab uzoq kutilgan chempionlikni nishonlash taraddudida edilar. Ammo, lekin, biroq… Hozirda ularning jamoasi titulni boy berishga yaqin kelmoqda. “Gudison Park”dagi navbatdagi nursiz durangdan keyin jamoa birinchi o'rinni “shaharliklar”ga bo'shatdi: o'tgan turlardan bu safargi jadvalning farqi shundaki, asosiy raqobatchilarda bu safardagi bahslar soni ham teng. Oldingi turlarda “mersisaydliklar” vaqti-vaqti bilan birinchi o'rinni “Siti”ga bo'shatayotgan edilar. Biroq unda ularning hisobida bitta kam o'yin bor edi. Endi esa hammasi rasmiy ko'rinish oldi.

Bu safargi derbida Jordan Pikforning “g'aroyib xatosi” kuzatilmadi. Aksincha, uning g'aroyib seyfi amalga oshdi va Muhammad Saloh g'alaba to'pini kirita olmadi. Aslida  “Liverpul”ning bu durangi katta voqea emas, jamoa barcha turnirlarda o'zining oxirgi o'yinlarining beshtasida durang o'ynadi:  uch marta  0:0 va ikki marta 1:1. Jamoaning kamchiliklarini aniqlash qiyin emasdek, go'yo. Hujumdagi muammolar, bazi futbolchilarning o'yinidagi pasayish, o'ziga bo'lgan ishonch va “Manchester Siti”da kuzatilayotgan chempionlik xarakterining jamoaga etishmayotgani hisoblanadi.


Mamurjon Ibragimov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика