So’nggi yangiliklar

22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  2 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  5 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3

APL: 21-tur. Bugungi o'yinlar anonsi Yangiliklar

APL: 21-tur. Bugungi o'yinlar anonsi

Bugun Anliya Premer-ligasi 21-tur uchrashuvlari davom ettiriladi va ikkita o'yin bo'lib o'tadi.

Etiboringizga ushbu ikki o'yin prevyusini taqdim etamiz.

NYUKASL - MANCHESTER SITI 19:05

Turing qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuvlaridan biri mana shu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvdir.

Bu jamoalarning APL doirasidagi o'zaro so'nggi 14 qarama-qarshiliklarida “Manchester Siti” mag'lubiyatga uchramagan. So'nggi sakkistasida esa faqatgina g'alaba qozongan. 

Barcha musobaqalarni etiborga oladigan bo'lsak “Nyukasl” o'zining so'nggi uch uchrashuvida ketma-ket mag'lubiyatga uchradi. CHempionat joirasida esa “zag'izg'onlar” 190 daqiqadan buyon umuman gol ura olishmayapti.

“SHaxarliklar” esa o'zining so'nggi 9 o'yinida mag'lub bo'lmadi. Ushbu mavsumda o'tkazilgan 20 uchrashuvdan faqatgina ikkitasida “Siti” gol ura olmadi: “Stouk” va “Sanderlend”ga, safardagi baxslarda.


“Nyukasl” himoyada jiddiy muammolarga duch kelyapti. CHunki Fabrisio Kollochini jarohatlangan, Mate Debyushi esa diskvalifikaciya qilingan. Yoan Kabaye jarohatini tikladi va maydonga tushishga tayyor.

“Manchester Siti” safidagi Mika Richards va Yaya Ture jarohatlaridan xalos bo'lib, o'yinda ishtirok etishga shay. Jek Roduell, Stevan Yovetich va Serxio Aguero hamon jarohatlarini davolash bilan ovora.

“SA” taxmini: 40% - 60%

STOUK - LIVERPUL 21:10

CHempionat doiarsida “Liverpul” 1984-yidan buyon safarda “Stouk”ni yuta olmay kelyapti. O'yinlarning uchtasida “Stouk” g'alaba qozongan va to'rt bora durang qayd etilgan.

“Kulollar” bu mavsumda o'z uylaridan so'nggi to'qqiz o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishyapti. “Liverpul” chempionatdagi so'nggi 7 o'yindan 5tasida g'alaba qozongan. SHuni ham takidalsh kerakki, Luis Suaresning hozirgacha kiritgan 20ta golidan faqat beshtasi safar o'yinlarida kiritilgan.  

Ijara shartnlariga ko'ra bu o'yinda “Stouk” tarkibida Usama Assaidi maydonga tusha olmaydi. SHuning dek darvozabon Asmir Begovich va Tomas Sorensen jarohatlari tufayli o'yinda ishtirok etishmaydi. Darvozani bugun Jek Butland egallaydi. Robert Xut ham tizzasini operaciya qilidirganidan keyin, to'liq sog'ayib ulgurmagan.



“Liverpul” uchun so'nggi  vaqtlardagi eng yaxshi yangiliklardan biri: Daniel Starrij sog'aydi va maydonga tushishga tayyor. Undan tashqari  Mamadu Sako ham safga qaytishga shay. Daniel  Agger jarohati sabab bir oycha jamoaga yordam bera olmaydi.

“SA” taxmini: 45%-55%

Abror Qodirov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика