So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

APL. 2016 yil boshlanib 2017 yilda tugaydigan o'yin prevyusi Yangiliklar

APL. 2016 yil boshlanib 2017 yilda tugaydigan o'yin prevyusi

Angliya chempionati 19-turiga start berildi. Tur prevyusini oldinroq chop etgan edik.

Hozir esa 2016 yil boshlanib, 2017 yilda tugaydigan super o'yinga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

"Liverpul" – "Manchester Siti"
31.12.2016, 22:30
"Enfild" stadioni
Bosh hakam
: Kreyg Pouson (London)

Deyarli butun dunyoda yangi yil kirib kelishi nishonlanayotgan bir pallada yashil maydonda to'p tepish qanday ekanligini bugun faqatgina "Liverpul" va "Manchester Siti" futbolchilari his etishlari mumkin.



Yurgen Klopp boshchiligidagi "qizillar" ayni paytda Angliyaning eng "yovvoyi" va tajovuzkor jamoasiga aylanishgan. Mezbonlar futbolchilari eng ko'p yugurishgan, eng ko'p gol urishgan, eng ko'p zarba berishgan, aniq zarbalarda ham etakchilar, hatto odatda Gvardiola jamoalariga hos bo'lgan ko'p paslar berish borasida ham "mersisaydliklar" chempionatda eng yaxshi ko'rsatgichga egalar. Klopp jamoasi himoyasida muammolar etarlicha, klub keragidan ortiq darajada gollar o'tkazib yubormoqda. So'nggi paytlarda Deyan Lovren bilan himoya markazida asosiy ijrochiga aylanib qolgan Joel Matip bugun o'ynay olmaydi. SHuningdek, bosh murabbiy Koutinoning tushmasligini ham tasdiqladi. Lekin, "Liverpul" braziliyaliksiz ham daxshatli hujumlar uyushtirmoqda. Agar tabir joiz bo'lsa, chempionatdagi eng qo'rqinchli hujumkor o'yinchilar aynan Klopp jamoasida yig'ilgan. Klub shunaqangi ko'p va xavfli hujumlar uyushtiradiki, bunday o'yinga qarshi bazida "avtobus" ham yordam bermaydi. Bugun oldinda Lallana, Mane, Firmino va Origilarni ko'rsak kerak. Bu esa mehmonlarga juda qiyin bo'lishini anglatib turibdi.

Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" bitta maromda o'ynay olmayapti. Jamoa ko'plab hujumlar uyushtirmoqda, lekin ulardan foydalanish darajasi yuqori emas. "Siti" to'pni nazorat qilishga katta etibor qaratmoqda, lekin Angliyaga xos bo'lgan uzun paslardan ham voz kechilgani yo'q. Huddi, raqibda bo'lgani kabi "shaharliklar"da ham himoya bilan bog'liq muammolar etarlicha topiladi. Ushbu mavsum bir qator gollar aynan orqa chiziqdagi xatolar evaziga o'tkazib yuborildi. CHempionat oldidan katta umidlar bilan yaxshigina pulga sotib olingan Jon Stounz ham ishonchni oqlay olmayapti. Kamiga, jarohatlar ham jamoani chetlab o'tmayapti. SHunga qaramay, "Siti" muxlislarini xursand qiladigan narsa bugun jamoaning asosiy "snayper"i Serxio Aguero maydonga tushishi mumkin. Kun Aguero istalgan vaziyatda o'ziga golli imkoniyatni yaratib ola biladigan hujumchi hisoblanadi.

Bugun muxlislar katta ehtimol bilan hujumkor va tezkor o'yin guvohi bo'lishadi. Bu aslo himoyaviy taktika tanlanadigan bahs emas. Maydonda Gvardiola va Klopp jamoalari o'zaro bellashayotgan bo'lsa, hujumkor o'yin kafolatlangan bo'ladi.



Qiziq:

- "Liverpul" "Siti"ga qarshi oxirgi uchta Premer-liga o'yinida g'alaba qozongan. "Qizillar" so'nggi bor 1981 yilda "shaharliklar"ni ketma-ket to'rt uchrashuvda taslim etishgan;
- "Manchester Siti"ning APL doirasida "Enfild"dagi so'nggi va hozircha yagona g'alabasi 2003 yilning mayida ro'y bergan. O'shanda Nikolya Anelkaning sobiq jamoasiga qarshi bahsdagi dubli "Siti"ga 2:1 hisobida g'alaba keltirgan;
- Serxio Aguero Premer-ligada "Liverpul"ga qarshi o'yinlarda to'rtta gol urgan. Lekin, ularning hech biri "Enfild"da kiritilmagan;
- Adam Lallana bu mavsum Premer-ligada boshqa yarim himoyachilarga qaraganda ko'proq gollarda bevosita ishtirok etgan (13 - 7ta gol va 6ta golli pas).

Bu yil boshlanib, keyingi yil tugaydigan super bellashuvga so'nggi so'z o'rnida "mersisaydliklar" ustozi Kloppning gapini keltirib o'tmoqchimiz:
- Agar men zaxira o'rindig'ida o'tirmaganimda "Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuviga 100 foiz aniqki, chipta sotib olgan bo'lardim.


Tolibjon Qosimov


Eplmanager.com saytida yangi sovrinli liga ishga tushdi. Jamoa tuzishga o'tish

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика