So’nggi yangiliklar

00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  1 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  2 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  1 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  14 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  5 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  11 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  4 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1

APL. 18-tur prevyusi. "Boxing Day"ga marhamat! Yangiliklar

APL. 18-tur prevyusi. "Boxing Day"ga marhamat!

Teglar :  APLBoxing Day
Ayni paytda Evropada Angliyadan tashqari, barcha etakchi chempionatlar qishki tatilga chiqishdi.

"Tumanli albion"da esa bugun "Boxing Day"ga start beriladi. Futbol ishqibozlari uchun xaqiqiy bayram tesak bo'ladi. Quyida "Boxing day"ni boshlab beruvchi 18-tur o'yinlarining prevyusini etiboringizga havola etamiz.

"Uotford" – "Kristal Pelas"
26.12.2016, 17:30
"Vikarij Roud"
Bosh hakam:
Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn)

18-turni boshlab beruvchi o'yinda o'zaro bellashadigan klublar oxirgi ikki turda maydonni boshlari egik holda tark etishgan. Mehmonlarda bosh murabbiy o'zgardi. Lavozimidan ozod qilingan Alan Pardyu o'rniga Sem Ellardays jamoani boshqaradi. O'zgarish "Kristal Pelas"ga qanday tasir qilganini bugungi o'yindan so'ng bilib olamiz. Valter Maccari boshchiligidagi "Uotford" esa bu mavsum stabil o'yin ko'rsata olmayapti. Lekin, "arilar" uyda anchayin xavfli jamoa sanalishadi.

Qiziq:

- Troy Dini o'tgan mavsum "Kristal Pelas" darvozasiga kiritilgan uchchala golga ham mualliflik qilgan;
- "Kristal Pelas" "Boxing Day" doirasida APLning oxirgi ettita bahsida ikkita g'alabani qo'lga kiritgan;
- "Arilar" esa 1986 yildan buyon "Boxing Day"da g'alaba qozonishmagan.



"Arsenal" – "Vest Bromvich"
26.12.2016, 20:00
"Emireyts stedium"
Bosh hakam:
Nil Svarbrik (Lankashir)

Arsen Venger boshchiligidagi "Arsenal" oxirgi ikki turda hisobni birinchi bo'lib ochganiga qaramay, mag'lub bo'ldi. Bunday muvaffaqiyatsizlikdan keyin "Emireyts"da mehmon bo'ladigan "Vest Bromvich"ga juda ham qiyin bo'ladi. SHuningdek, anchadan beri nolga o'ynash nimaligini esdan chiqarib yuborgan "to'pchilar"ning himoyachilariga ham oson bo'lmasligi aniq. Sababi, "Bromvich"ning hujum uchligi - Mett Filipps, Kris Brant va Salomon Rondon ayni paytda juda yaxshi formada.

Qiziq:

- "Vest Bromvich" "Arsenal"ni APL doirasida "Emireyts"da bor yo'g'i bir marotaba mag'lub etishgan, sakkizta mag'lubiyat va bitta durang;
- "Kanonirlar" joriy mavsum hisobda oldinda borayotib o'yinni boy berish borasida etakchilar. Ularda bunday mag'lubiyatlar soni 3ta.



"Bernli" – "Midlsbro"
26.12.2016, 20:00
"Terf Mur"
Bosh hakam:
Kreyg Pouson (London)

"Bernli" bu mavsum jamg'argan 17 ochkodan 16tasini uyda qo'lga kiritgan. Bir so'z bilan aytganda, mezbonlar xaqiqiy uy jamoasi hisoblanishadi. "Midlsbro" esa so'nggi turda ishonchli g'alabaga erishgan va "Terf Mur" stadioniga ko'tarinki kayfiyatda keladi.

Qiziq:

- "Bernli" "Boro" bilan oxirgi olti uchrashuvda g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. To'rtta mag'lubiyat va ikkita durang. Ana shu olti bahsning to'rttasida hatto gol ham ura olmagan;
- "Bernli" va "Midlsbro" raqib darvozalariga eng kam zarba bergan klublar hisoblanishadi: 157 va 156ta zarba;
- "Bernli" joriy mavsumda APL uy o'yinlarida 94 % ochkoni qo'lga kiritgan. Bu nafaqat Premer-liga, balki Angliyaning dastlabki to'rtta divizionidagi eng yaxshi ko'rsatgich hisoblanadi.


"CHelsi" – "Bornmut"
26.12.2016, 20:00
"Stemford Brij"
Bosh hakam:
Maykl Jons (CHester)

Turnir jadvalining eng yuqorisida va markazida turgan klublar bahsi. "CHelsi" murakkab o'yinlarni murabbiyning taktik o'zgarishlari evaziga yutib olmoqda. Taktik jihatdan istalgan jamoaga muammo tug'dirmoqda va shuning evaziga ayni paytda jadvalni boshqarayapti. "Bornmut" esa standart vaziyatlardan yaxshi foydalanadi. Lekin, bugun standartlarda juda faol bo'ladigan Ake va Kuk maydonga tusha olmaydi.

Qiziq:

- "CHelsi" "Bornmut" bilan barcha turnirlar doirasida o'tgan oxirgi ettita o'yinda 5 marta g'alabani o'ziniki qilib olgan, ikki bor engilgan;
- "Ko'klar" 2013 yildan beri "Boxing Day"da mag'lub bo'lishmagan. 6ta g'alaba va 5 durang;
- Bugun 3 ochkoga ega bo'lgan taqdirda "CHelsi" klubning APLda ketma-ket g'alabalar rekordini yangilaydi.



"Lester Siti" – "Everton"
26.12.2016, 20:00
"King Pauer"
Bosh hakam:
Styuart Atvell (Nunaton)

Angliyaning amaldagi chempioni bu safar o'z maydonida "Everton"ni qabul qiladi. "Irislar"da chempionni engishdek imkoniyat bor. "Lester" o'tgan yilgi tempni bu yil ECHLga tashlashgan. CHempionatda esa bir tekis o'yin namoyish eta olishmayapti.

Qiziq:

- "Tulkilar" "Everton"ni APL doirasida oxirgi 13 uchrashuvda bor yo'g'i ikki bor taslim etishgan (har ikkisi ham o'tgan mavsum). 9ta mag'lubiyat va 2ta durang;
- "Lester" 1998 yildan beri "Boxing Day"da yutmagan;
- Klaudio Raneri shogirdlari oxirgi 10ta o'yinda o'z darvozalaridan albatta to'p olib chiqishgan.



"Manchester Yunayted" – "Sanderlend"
26.12.2016, 20:00
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

APLda uch turdan beri g'alabali seriyasini davom ettirib kelayotgan "qizil iblislar" bu turda "Sanderlend"ni qabul qilishadi. MYU mazmunli o'yin bilan birga natija qayd etishni ham boshlab yubordi. Mehmonlar esa kuchli klublarga qarshi "avtobus" bilan o'ynamoqda. Bu raqibga hujumda juda kam zonalar beradi. SHunga qaramay, "Yunayted" qarama-qarshilikning yaqqol favoriti.

Qiziq:

- "Qizil iblislar" APL uy uchrashuvlarining oxirgi 24tasida "Sanderlend"ga bor yo'g'i bir marotaba yutqazishgan, 16 bor esa uch ochkoni hisoblariga yozib qo'yishgan;
- "Manchester Yunayted" "Boxing Day"da 18 marta g'alaba qozongan. Bu APLning boshqa istalgan klubidan yaxshiroq natija;
- Jermeyn Defo APLda ayni paytda o'ynayotgan futbolchilar orasida "Boxing Day" to'purari hisoblanadi (6ta gol).



"Suonsi" – "Vest Xem"
26.12.2016, 20:00
"Liberti stedium"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

CHempionatni juda yomon boshlagan "Vest Xem" so'nggi bellashuvlarda o'ziga kelib qoldi. SHuning uchun ham "Suonsi"ga oson bo'lmasligi aniq. Lekin, mezbonlar bu yil o'z maydonlarida ko'p gol urishmoqda.

Qiziq:

- "Suonsi" oxirgi 7 o'yinda "Vest Xem"ni bir martagina enga olgan.



"Xall Siti" – "Manchester Siti"
26.12.2016, 22:15
"Key Si"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

Jadvalni pastdan qaraganda boshqarib borayotgan "Xall Siti" bugun "Manchester Siti"ni qabul qiladi. "Xall" chempionatni juda yaxshi boshlagan edi, keyinchalik klubning ishlari orqaga keta boshladi. Gvardiola jamoasi esa "Lester"dan qabul qilib olingan qaqshatqich zarbadan keyin biroz o'ziga kelib oldi.

Qiziq:

- "SHaharliklar" APL doirasida "Xall"ga oxirgi 8 o'yinning bittasini boy berishgan, 4ta g'alaba;
- "Yo'lbarslar" ushbu taqvim yilining dekabr oyida g'alaba qozonmagan yagona jamoa hisoblanishadi.



"Liverpul" – "Stok Siti"
27.12.2016, 22:15
"Enfild"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

Premer-liganing eng "yovvoyi" jamoasi maydonida to'p tepish "Stok Siti" uchun juda og'ir bo'lishi turgan gap. O'z uyida ko'p gol urayotgan "qizillar" "Stok" bilan ham gollarga boy uchrashuvni o'tkazib berishsa ajablanmaymiz.

Qiziq:

- "Liverpul" "Stok" bilan oxirgi olti uchrashuvda 5 g'alabani qo'lga kiritgan, bir marta esa engilgan;
- "Qizillar" APLda 15 o'yindan buyon uyda yutqazishmayapti (9 g'alaba va 6 durang);
- Jo Allen bu mavsumning 16 o'yinida 5ta gol urdi. Bu uning "Liverpul"dagi butun faoliyatidagidan ham ko'p (91 bahsda 4 gol).



"Sautgempton" – "Tottenxem"
28.12.2016, 00:45
"Sent-Meris"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

18-turning so'nggi qarama-qarshiligi muxlislarga keskin kurashlarni tuxfa etishi aniq. Sababi, hujumkorlikni xush ko'ruvchi ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuv ishqibozlarni har doim qiziqtirib kelgan. Har ikki klub ham oxirgi o'yinlarda qiyin g'alabalarni qo'lga kiritishmoqda, yani ular hozir yaxshi formada emas.

Qiziq:

- Bu mavsum faqatgina "CHelsi" (43) "Sautgempton" (45)ga qaraganda raqiblarga o'z darvozasi tomon kamroq aniq zarba berishga imkon bergan;
- "SHporlar" APLda beshta safar o'yinida g'alaba qozona olishmagan (3 durang va 2 mag'lubiyat);
- Kayl Uoker bu mavsum 4ta golli pas berdi, bu himoyachilar orasida eng yaxshi natija.


Tolibjon Qosimov

Eplmanager.com saytida yangi PIXEL liga ishga tushgani haqida xabar bergandik. Tezroq jamoa tuzing va sovg'alar yutib oling. Jamoa tuzishga o'tish

Premer-liga turnir jadvali >>> APL
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика