Anzur Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
25 sen 2019 21:55
Yangiliklar


Anzur Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Tajribali himoyachi Anzur Ismoilov O'zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini tugatishga qaror qildi.
Bu haqda Anzurning o'zi rasman malum qildi.
"Terma jamoada ozmi-ko'p o'ynadim va doim bor kuchim bilan yordam berishga harakat qildim. Buyog'iga etiborimni faqat klub futboliga qaratmoqchiman. O'z fikrimni O'FA terma jamoalar bo'limiga etkazdim. O'ylaymanki, ular meni to'g'ri tushunishadi. Jahon chempionati saralash bahslarida bosh jamoamizga omad tilab qolaman", - deydi Anzur Ismoilov.
Malumot uchun, Anzur Ismoilov milliy jamoada 104 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan himoyachi sifatida terma jamoa tarixidan joy oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar