Anzur Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Xayrulla Xoliqov
25 sen 2019, 21:55
Tajribali himoyachi Anzur Ismoilov O'zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini tugatishga qaror qildi.

Bu haqda Anzurning o'zi rasman ma'lum qildi. 

"Terma jamoada ozmi-ko'p o'ynadim va doim bor kuchim bilan yordam berishga harakat qildim. Buyog'iga e'tiborimni faqat klub futboliga qaratmoqchiman. O'z fikrimni O'FA terma jamoalar bo'limiga etkazdim. O'ylaymanki, ular meni to'g'ri tushunishadi. Jahon chempionati saralash bahslarida bosh jamoamizga omad tilab qolaman", - deydi Anzur Ismoilov. 

Ma'lumot uchun, Anzur Ismoilov milliy jamoada 104 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan himoyachi sifatida terma jamoa tarixidan joy oladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz