So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Anzur Ismoilov: "Kuper bizga oldin himoyada o'ynashni o'rganinglar deyapti" Yangiliklar

Anzur Ismoilov: "Kuper bizga oldin himoyada o'ynashni o'rganinglar deyapti"

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Bugun futbolchilarimiz KXDRga qarshi to'p tepishadi. "Milliy" ("Bunyodkor") stadionida kechadigan bahs soat 19:00da start oladi. Ushbu o'yindan oldin tayyorgarlik va boshqa mavzular haqida terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilovdan intervyu oldik.

- KXDR bilan o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ldi?
- Bir haftadan beri shu o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Hammasi joyida. O'ylaymanki, mashg'ulotlar yaxshi kechdi, endi o'yinda o'zimizni ko'rsatib g'alaba qozonishni xohlaymiz.

- Bosh murabbiy Ektor Kuper futbolchilardan asosan nimani xohlayapti?
- Birinchi navbatda tartib-intizomni va hamma o'ziga belgilangan joyda o'ynashini. Kuper doim mening aytganimni qilinglar deydi. U himoyaga katta etibor qaratyapti. Mustahkam himoyalanishimiz kerak deydi. Kuperning nazdida har bir futbolchi o'ziga yuklatilgan vazifani bilishi kerak. Keyin bu murabbiyga o'yin paytida o'z bilganicha oldinga chiqib ketgan futbolchilar yoqmaydi.

- Sizningcha, KXDR qanchalik jiddiy raqib?
- Bu jamoani ko'pincha yutib kelganmiz, lekin yaxshi raqib deb o'ylayman.  

- Milliy terma jamoamiz 10ta o'yindirki g'alaba qozona olmayapti. Bu narsa futbolchilarni xavotirga soladimi?
- Albatta, biz ham bundan xafa bo'lamiz. Jamoadoshlar o'zaro yig'ilganda shu haqda gap boradi va yutishimiz kerak deymiz. Lekin hozirgi mashg'ulotlardan kelib chiqsak, etibor ko'proq himoyaga qaratilyapti. Kuper bizga oldin himoyada o'ynashni o'rganinglar, keyin yarim himoya, undan keyin hujumda o'ynashni o'rganasizlar dedi.

- Osiyo Kubogigacha hujumda qanday o'ynashni o'rganishga vaqt etarmikan?
- Endi bilmadim. Hali oldimizda yana 4-5ta o'rtoqlik uchrashuvi bor. SHu o'yinlarda boshqacha usulni sinab ko'rsak kerak. Lekin sekin-asta himoyaviy futbolni o'rganyapmiz. Ektor Kuper qo'l ostida ikkita yig'inda qatnashgan bo'lsak, ikkalasida ham urg'u himoyaviy futbolga qaratildi.

- Mashg'ulotlarni kuzatganimizda Kuper himoyachilarni chaqirib olib sizlar bilan alohida ishlayapti.
- Ha, uning asosiy maqsadi kuchli himoyani shakllantirib olish. Undan keyin yarim himoya va hujum haqida o'ylasak kerak.

- Futbolchilar murabbiyning o'yin uslubini qanday qabul qilishdi?
- Endi biz maydondagi o'yinchilarimiz. Murabbiy nima desa shuni bajarishga harakat qilamiz. Kuper faqat "orqada yotinglar" deyayotgani yo'q. Kerak paytda hujumga ham o'tinglar, biroq himoya aslo esdan chiqmasin deyapti.

- Murabbiy tanlagan taktika tezroq natija ko'rsatishga qaratilgan. SHundan kelib chiqib Osiyo Kubogida ijobiy natija kutsak bo'ladimi?
- Albatta, biz ham shunga harakat qilamiz. Murabbiyimiz hech kimga etibor bermasdan faqat mening aytganimni qlinglar, menga ishoninglar deyapti. Natijada biz ham unga ishonib mashg'ulotlarda ishlayapmiz. 

- Bizning futbolchilarga to'psiz futbol o'ynash qiyin emasmi? Bunga ayniqsa himoyachilar jismoniy jihatdan dosh bera oladimi?
- Suriya bilan kechgan birinchi o'yinga chiqqanimizda ham etiborni himoyaga qaratdik. Ektor Kuper sizlarni himoyada qanday to'p tepishingizni ko'rmoqchiman dedi. Endi hozir futbol o'ynash hammaga qiyin. Lekin biz ham harakat qilamiz. 

- KXDR va Qatar bilan bo'ladigan o'yinlarda natija muhimmi?
- Albatta, o'z muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishni xohlaymiz. Lekin murabbiy bizga natijani umuman o'ylamanglar, faqat mening aytganimni bajaringlar dedi.

X.Xoliqov va SH.Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика