Anxelino: “Gvardiola o'zimga bo'lgan ishonchni so'ndirgan”
24 fev 2021 20:50
Yangiliklar


Anxelino: “Gvardiola o'zimga bo'lgan ishonchni so'ndirgan”
“Leypcig” himoyachisi Anxelino “Manchester Siti”da Pep Gvardiola qo'l ostida o'tkazgan davrini esladi.
“Pep o'zimga bo'lgan ishonchni so'ndirgan. PSVdan “Siti”ga qaytganimdan keyin u meni mavsum oldidan o'tkazilgan ikki uchrashuv orqali baholadi va o'zimni to'liq ko'rsatishim uchun hech qanday imkon bermadi.
“Leypcig” kelganimdan xursand edim, endi esa klubning bir bo'lagiga aylandim. Ilk kundanoq ishonchni his etdim va klub murabbiyidan kuch oldim. “Leypcig” sharafini himoya qilayotganimdan xursandman”, deydi Anxelino.
24 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 21 bahsda qatnashib, 4 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar