Anxel Lopes: "Surxon" keyingi bosqichga chiqqanidan baxtiyorman"
21 apr 2022 22:21
Yangiliklar
Anxel Lopes: "Surxon" keyingi bosqichga chiqqanidan baxtiyorman"
"O'zbekiston kubogi guruh bosqichi yakunlandi. Biz "Bunyodkor", "Metallurg" kabi jamoalar bor bo'lgan qiyin guruhga joylashgandik. Bundan tashqari, ikki marta safarda o'ynadik. To'plar farqi +1 bo'ldi, 4 ochko to'pladik, shu bois keyingi bosqichga yo'l oldik. Bu jamoamiz uchun juda muhim edi.
O'yinga kelsak, oson bo'lmadi. Hakam ham o'yinni juda ko'p to'xtatdi.
Vaziyatlardan unumli foydalanishga harakat qildik. Barcha hujumchilarimiz – Abdulaziz Yusupov, Miroslav Markovich, Murod Bobojonov, Luis Kezadaning xizmatlaridan foydalandik. Ular vaziyatlardan foydalanishga urinib ko'rishdi. Oxirigacha kurashdik va bu jamoamiz shijoatli ekanini bildiradi.
"Surxon" keyingi bosqichga chiqqanidan baxtiyorman, ammo endi etiborimizni Superligaga, jumladan, "Lokomotiv" bilan bo'lajak bellashuvga qaratamiz", – dedi "Surxon" ustozi.
Fikrlar