Anvar Berdievning "Neftchi"ga o'tishi amalga oshmadi
04 avg 2016 17:48
Yangiliklar
Anvar Berdievning "Neftchi"ga o'tishi amalga oshmadi
Davralar oralig'ida "Neftchi"ga qaytib, jamoa o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etgan tajribali hujumchining farg'onaliklar safiga ko'chib o'tishi amalga oshmadi.
Aytishlaricha, Berdievning "Andijon" bilan joriy yilning so'nggiga qadar tuzgan shartnomasi bor va uning transfer summasini "Neftchi" to'lashi kerak bo'lgan.
Lekin bu amalga oshmadi. SHu tariqa 38 yoshli futbolchi yana "Andijon" safiga qaytadigan bo'ldi yoki yil yakuniga qadar, uyda dam oladi.
Kecha Andijon - Paxtakor o'ynidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida burgutlar ustozi Orif Mamatkazin bu haqda o'z fikrini bildirar ekan, bu masala ochiq turganini, Berdievning o'zi istamasa uni majburlab o'ynatmasligini takidladi. Aytish kerakki, Berdiev garchi Andijon bilae shartnomasi bo'lsada, hamon jamoa safiga qaytmagan.
Eslatib o'tamiz, zayavka qilish muddati 9 avgustga qadar davom etadi.
Fikrlar