So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  8 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Anvar Berdiev: "Pro-ligani 5-o'rinda tugatgan klubda ham Superligaga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Pro-ligani 5-o'rinda tugatgan klubda ham Superligaga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi"

Pro-liganing 13-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "G'ijduvon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. "G'ijduvon" bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. O'yin davomida g'alabaga erta ishonib qolganimiz sabab gol o'tkazib yubordik. SHu bois so'ngi daqiqalar qiyin o'tdi. Jamoamiz azolari va muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman.

- Hujumchilarning harakati sizni qoniqtirdimi?

- Hujumchilar oldingi chiziqda to'pni qabul qilganidan so'ng hech bo'lmaganda bitta himoyachini aldab o'tishi kerak. Agar o'tolmasa, uni hujumchi deyish qiyin. Hujumchi jarima maydoni ichida to'pni oldimi, berish kerakmas, vaziyatini poylab gol urish kerak. 

- Muhriddin Zoirov juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi...

- O'sha vaziyatda barcha ko'rdi, darvozabon oldinga chiqib ketgandi. To'pni uning ustidan oshirib tashlab qo'yilsa bo'lardi. Bu erda aytishga oson, o'yin harorati boshqa masala. Hujumchi to'g'ri qaror qabul qilishi kerak. Xatolar ustida ishlaymiz.

- Mavsum oxirida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishingizga ishonayapsizmi?

- Buni unutmaslik kerak, bu yilgi mavsumda Pro-ligani 5-o'rinda tugatgan jamoada ham Superligaga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi. Reglamentda shunaqa. Biz ozgina imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilamiz.

- G'uzordagi o'yinlarni kechki vaqtlarga qo'yilishi mumkinmi? Bunga nima xalal bermoqda?

- Bu haqida mening xabarim yo'q. Bundan buyog'iga ob-havo salqinlab boradi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика