Anvar Berdiev: "Mashg'ulotlarda ishlangan reja ish berganidan xursandman"
22 may 2024 22:41
Yangiliklar


Anvar Berdiev: "Mashg'ulotlarda ishlangan reja ish berganidan xursandman"
O'yin haqida
- Bu g'alabani G'uzor ahlining ashaddiy muxlislariga bag'ishlaymiz. Yigitlarga rahmat, bugun ular har tomonlama ishonchni oqlashdi.
- "SHo'rtan" uydagi o'yinlarda ishonchli harakat qilayapti. Safar uchrashuvlarida esa o'zini yo'qotib qo'ygandek. Bunga sabab nima?
- Bu fikrga qo'shilmagan bo'lardim. Futbolchilar safar o'yinlarida ham yomon harakat qilishmayapti. Futbolda omadning o'rni ham muhim ahamiyat kasb etadi.
- Bugungi o'yinda darvozabon golli uzatma qayd etdi. Bu haqida fikringiz?
- Albatta, bu mashg'ulotlarda ishlangan reja edi. Buning uchun xursandman. Takidlash joiz, bugun ikkinchi bo'limda jamoamiz posboni jarohati bor ekaniga qaramasdan maydonga chiqdi va g'alaba uchun o'z hissasini qo'shdi.
- Darvozabonda qanday jarohat bor edi?
- Raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Ikkinchi bo'limda uning jarohatda ekani yaqqol sezilib turdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar