So’nggi yangiliklar

08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  2 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  20 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  1 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6

Anvar Berdiev: "Istiqlol"ning maqsadi Superligaga chiqish!" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Istiqlol"ning maqsadi Superligaga chiqish!"

Pro liga 1-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Istiqlol" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

"Futbol muxlislarini Pro liga mavsumi boshlangani bilan tabriklayman. Ochilish uchrashuvida "SHo'rtan" maydonida mehmon bo'ldik. Birinchi galda ularni g'alaba bilan tabriklayman. Endi o'yin haqida nima deya olaman? Birinchi bo'limda bizning bollar kurashlarda yutqazgandek ko'rindi. O'yinni yana qayta ko'rib chiqamiz, tahlil qilamiz.

Joriy mavsumdagi maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish va Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritish. Buning uchun jamoamiz boshliqlariga rahmat aytib qolaman. Ular bizga barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Bu birinchi bahs, hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Keyingi uchrashuvlarga munosib tayyorgarlik ko'rib muxlislarni va jamoamiz rahbarlarini xursand qilishga harakat qilamiz. Jamoada moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo'q. Hali hammasi oldinda. Aslida rejamiz ikkinchi raqam ostida o'ynash edi. Lekin, tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. Birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin oldinga o'tishdan boshqa choramiz qolmagandi. Ahamiyat bergan bo'lsangiz ikkinchi bo'limda gol urish uchun hujum chizig'i vakillarini almashtirdik. Futbolda yutish uchun gol urish kerak. Gol urmasangiz biror narsaga erisha olmaysiz.

Bosh murabbiyni kayfiyati yo'qligi bois matbuot anjumaniga men kirdim. Raqib ikkinchi golni urganidan keyin xotirjamlikka berildi. SHundan foydalanib bosimni kuchaytirdik",- deydi Anvar Berdiev.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика