So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  44 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Anvar Berdiev: "Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizni taniy olmay qoldim" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizni taniy olmay qoldim"

Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Turon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- To'g'risi, jamoamizning birinchi bo'limda va ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yini tubdan farq qildi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizni taniy olmay qoldim. Birinchi bo'limda ustunlikka ega bo'lgandik, biroq ikkinchi bo'limda tashabbus mezbonlar tomoniga o'tib ketdi. Bu o'yinda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Oxirida gol urib hisobni tenglashtirdik.

- O'yin davomida hakamlar qarorlaridan norozi bo'lgan vaziyatlaringiz bo'ldi. Aynan hakamlar tomonidan qo'shib berilgan 6 daqiqada jamoangiz gol urib ketdi...

- O'yin vaqtida bunday emociyalar bo'ladi. Uchrashuvdagi hakamlik bo'yicha hech qanday etirozim yo'q. "Mashal" jamoasi goldan so'ng vaqt cho'zishga urinishdi. O'yinga 6 daqiqa qo'shilganini to'g'ri deb bilaman. Jamoamiz futbolchilariga ham doim aytaman, vaqt cho'zish men uchun futboldagi eng yomon jihatlardan biri. 

- Marlen CHobanovga bugun juda ko'p etiroz bildirdingiz...

- Yuqorida aytdim, ikkinchi bo'limda jamoani taniy olmay qoldim. Bu erda Marlenda ham xatoliklar kuzatildi. Uning darajasidagi futbolchilarga bunday xatolar yarashmaydi. O'yinni tahlil qilamiz va CHobanovga tegishlicha ko'rsatmalarni beramiz albatta. 

- Sizningcha, bugungi Pro-ligada "Mashal" kuchlimi yoki "Turon"mi?

- Avval ham aytib o'tgandim, bu yilgi Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Barcha jamoalarning imkoniyatlarini teng baholayman. Ko'ryapsizlar, bironta o'yinda ham ochko olish oson bo'lmayapti. Hozir qaysi jamoa Superligaga chiqishi yoki chiqmasligi aniq emas.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика