So’nggi yangiliklar

19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  0 19:25Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  7 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   1 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  8 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11

Anvar Berdiev: "Avval vaziyatni ko'rib chiqing, keyin savolingizga javob beraman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Avval vaziyatni ko'rib chiqing, keyin savolingizga javob beraman"

Pro liganing 12-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "SHo'rtan" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Ajoyib o'yin guvohiga aylandik. O'ylaymanki, uchrashuv muxlislarga manzur bo'ldi. SHogirdlarim borini berib, harakat qildi. Kichik xatolar ikkita gol o'tkazib yuborishimizga sabab bo'ldi. "Qo'qon-1912"ni g'alaba bilan tabriklayman. Kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. 

- "SHo'rtan"ning joriy mavsumdagi vazifasi qanday?

- Jamoa vazifasi — har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushish. Ikkinchi davra avvalida o'zimizga kerakli futbochilar bilan tarkibni kuchaytirdik. Raqib jamoaga ham Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan. Bugun ko'p jabhada yutqazmadik, yuqorida aytganimdek, kichik xatolar gol yuzaga keltirdi. 

- "SHo'rtan"ning ko'pgina futbolchisini maydonda tibbiy yordamga muhtoj holatda ko'rdik. Bu o'yinchilarning jismoniy tarafdan yaxshi holatda emasligidan dalolat beradimi yoki o'yin qo'pol tarzda o'tganligidanmi?

- Siz ikkinchi golidan keyin ko'rdingizmi vaziyatni?

- To'g'risini aytaman, o'sha vaziyatni ko'rmay qoldim...

- Avval o'sha vaziyatni ko'rib chiqing, keyin menga shu savolni berasiz. Men esa savolingizga javob beraman.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика