Antuan Grizmann 6 o'yindan iborat golsiz o'yinlar seriyasiga barham berdi

26 sen 2018, 08:39
“Atletiko” kecha “Ueska”jamoasini qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Antuan Grizmann esa uchrashuvda birinchi golni urishga erishdi. Shu tariqa fransiyalik hujumchi o'zining 389 daqiqaga cho'zilgan golsiz o'yinlar seriyasiga barham berdi.

Grizmann joriy yil 25 avgustidan boshlab, gol urmay kelayotgandi. Agar uning milliy terma jamoalar o'yinlari bilan qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, golsiz o'yinlar seriyasi 6 ta o'yinga etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta