So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  0 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  30 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  9 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  2 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  4 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  71 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  14 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

Anton Valdemar: "O'tgan yil O'zbekiston terma jamoasidan aloqaga chiqishgandi..." Yangiliklar

Anton Valdemar: "O'tgan yil O'zbekiston terma jamoasidan aloqaga chiqishgandi..."

O'zbekistonda tug'ilgan Germaniya futbolida porlab chiqayotgan yulduz Valdemar Anton bu yil nemis matbuoti nishonida turibdi.

Mashhur Bild nashrida "Yosh yulduz" sarlavhasi bilan intervyu chop etildi. Ushbu intervyuning eng qiziqarli qismlarini taqdim etamiz.

- 2016 yilning 27 fevral sanasini eslaysizmi?
- Albatta, Bundesligadagi ilk o'yinim. Biz “SHtutgart”ni 2:1 hisobida mag'lub etgandik men 1 daqiqa o'ynagandim, ammo bu daqiqani butun umr yoddan chiqarmayman. Axir buni yoshligimdan orzu qilardim.

- Ilk bor sizdan dastxat so'rashganida qanday hissiyotlar bo'lgan?
- Bu ham o'zgacha edi. Endi yosh bolalar uchun namuna ekanligingni bilish ajoyib.

- O'zingiz ham yoshlikda dastxat so'raganmisiz?
- Ha, maktabdan so'ng bazida "Gannover" mashg'ulotlariga borardik va i albatta yulduzlardan dastxat olardik. Ko'pincha kumirim Kristian SHulcning yoniga borardim.

- Sizning transfer narxingiz 6,5 million evrogacha ko'tarildi. Kiyim almashtirish xonasida o'zgarish sezmadingizmi?
- Albatta vaqt o'tgani sari o'zgarishlar bo'ladi. Yosh futbolchi sifatida hurmat qilishlari uchun ko'p mehnat qilishim kerak. Ammo barcha kasblarda shunday.

- Bosh murabbiy Martin Kind sizni hech qanday pul evaziga sotmasligini malum qildi. Buni matbuotda o'qiganda nimani his qildingiz?
- Bu futbolda nimadirga erishganimni bildiradi.

- Yaqinda siz klub bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytirdingiz, ammo unda tovon puli yozilmagan.
- Professional sifatida katta bo'lgan klubimdan minnatdorman. O'zimni bu erda yaxshi his qilayapman va “Gannover”da baxtliman. Menga shartnomadagi tovon puli kerak emas.

- Faoliyatingizni shu erda tugatishni o'ylab ko'rganmisiz? Yoki Angliya yoki Ispaniyani orzu qilasizmi? Yoki “Gannover” sardori bo'lmoqchimisiz?
- Orzular hammada bor. Ammo “Gannover” birinchi o'rinda. Xorij klublaridan esa “Barselona”da o'ynashni orzu qilaman.

- Siz Germaniya yoshlar terma jamoasida o'ynagansiz. Keyingi qadam Bundestim?
- Buning uchun ko'p ishlashim kerak.

- Tug'ilgan vataningiz O'zbekiston terma jamoasiga chaqirishmayaptimi?
- O'tgan yil aloqaga chiqishgandi. Ammo bobom va buvim u erda emas Rossiyada yashashmoqda. O'zbekistonda qarindoshim qolmadi.

- Siz Olmaliqda tug'ilgansiz. O'shanda ismingiz Vladimir edimi?
- 2 yoshimda oilam bilan Germaniyaga ko'chib kelganman. O'shanda Vladimir deb chaqirishardi, ammo nemis pasportida Valdemar deb yozishgandi.

- Oilada yagona farzandsiz. Dadangiz Aleks avtobus haydovchisi, onangiz Olga oshpaz. Siz ular uchun Gannoverda uy olib berayotgangiz rostmi?
- Ha, biz uchun uy sotib olayapman. Bu orzumiz edi. Bu qiyin ammo butun oilamizga uy qidirayapman.

- Ota-onangiz o'rgatgan eng asosiy narsa nima?
- Tartib. Maktabdan kelganimda kvartirani yig'ishtirish vazifam edi. Otam va onam ishlashardi, men ularga yordam berardim. Hayotda nimagadir erishish uchun kurashaman. Oilam yangi mamlakatda til bilishmasdi. Ular ko'p ishlashardi. SHu bois ularni juda hurmat qilaman.

- Futbolsiz kim bo'lardingiz?
- Maktabni tugatdim va sport menejeri bo'lish uchun o'qimoqchiman. Agar futbol o'xshamasa ham bu menga yordam beradi.


Vladislav Goyxmann

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика