Olmaliqda tug'ilgan va O'zbekistonga tashrif buyurishni xohlayotgan futbolchi “Shtutgart”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2020
“Gannover” himoyachisi Anton Valdemar “Shtutgart” a'zosiga aylandi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, 24 yoshli himoyachi bilan kelishuv 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfer summasi esa 4 mln evroga baholanmoqda. 

O'tgan yili esa “Maync” Valdemarga 10 mln evro taklif qilgan, ammo gannoverliklar 12 mln talab qildi va oxir-oqibatda koronavirus kelishuvga ta’sir o'tkazdi. Transfer bozoridagi narxlar tushdi, Klub futbolchi uchun “Shtutgart”dan 6 mln evro so'radi, ammo yakunda transfer 4 mln.ga amalga oshdi.

U o'tgan mavsum Bundesliga 2'da 30 o'yinda qatnashib, 1 ta samarali uzatmani o'z hisobiga yozdirgandi.

Valdemar Olmaliqda tavvalud topgan. Yaqinda esa nemis jurnalistlari Anton Valdemardan qaysi davlatga tashrif buyurishni istashini so'rashganida, u o'z vatani O'zbekistonga, deya javob qaytargani ma'lum bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia