O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi "Shtutgart"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2020, 19:09
championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Gannover"ning 23 yoshli himoyachisi Anton Valdemar Bundesligaga qaytgan "Shtutgart"ga o'tishga yaqin.

O'zbekistonda tug'ilgan futbolchining transferi 5-6 million evroga baholanmoqda, keyingi mavsum so'nggida bonuslar ham bo'lishi mumkin. Bundan tashqari "Gannover" uning keyingi transferidan ma'lum miqdorda pul ham olishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yil yozda, Bundesliganing ko'plab klublari yosh futbolchiga qiziqish bildirgandi, ammo o'shanda "Gannover" o'z tarbiyalanuvchisini 12 million evrodan kamiga sotishni istamagandi.

"Gannover" rahbariyati saytimiz muxbiriga "Shtuttgart" bilan muzokara ketayotganini ma'lum qildi. "Ha, Shtutgartdan taklif kelib tushdi va biz muzokara olib borayapmiz" - deydi klub direktori Gerxardt Cuber.

Miron Goyxman
championat.asia sayti uchun maxsus



"Gannover" himoyachisi Anton Valdemar: "O'zbekistonda tug'ilganman" (intervyu)         

Germaniyada o'ynayotgan futbolchilarimiz haqida bilasizmi?        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia