Anri: "Gvardiola qo'l ostida futbolni boshqatdan o'rganganman"
04 mar 2018 11:56
Yangiliklar
Anri: "Gvardiola qo'l ostida futbolni boshqatdan o'rganganman"
"Arsenal" va "Barselona" jamoalari sobiq azosi Terri Anri Pep Gvardiola bilan ishlagan vaqtlarini esladi.
"30ga kirganimda Gvardiola qo'l ostida futbol o'ynashni boshqatdan o'rganganman. SHundan keyin klub jahon darajasiga chiqdi va o'shandan buyon jamoada boshqacha o'yin uslubini ko'rmadim. Uning qo'l ostida pozicion futbol, ishtiyoq kabi tushunchalar yuqoriga ko'tarildi.
Ayrim muammolari bo'lsa-da, uni juda aqlli deb atasa ham bo'ladi. U barcha vaziyatlarni ko'radi, uni o'zgartirib, to'g'irlay oladi. Bir taymda 5 marta taktikani o'zgartira oladi.
Gvardiolaning ishlariga diqqat bilan qaraydigan bo'lsak, u barcha jihatlarga jiddiy etibor beradi. Misol uchun men sizga Londonda uchrashishimizni aytaman, lekin aniq manzil bermayman. Pep unday emas, manzil, mashina, hattoki GPS, qolgan barchasiga jiddiy qaraydi", - dedi Anri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar