Anri: "Gvardiola menga qaytadan futbol o'ynashni o'rgatdi"
18 avg 2021 21:19
Yangiliklar
Anri: "Gvardiola menga qaytadan futbol o'ynashni o'rgatdi"
"Arsenal" va "Barselona" sobiq hujumchisi Terri Anri Kataloniya klubidagi faoliyatini yodga oldi.
Eslatib o'tamiz, francuz futbolchisi 2007 yildan 2010 yilgacha kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.
"Ko'pchilik "Barselona"ning hujumkorligi haqida gapirishadi, lekin ular bu jamoa deyarli gol o'tkazmag o'yinlarini unutishadi. Futbolda eng muhim narsa — muvozanat. Siz juda ko'p gol urishingiz mumkin, lekin jamoangiz bundan ham ko'proq gol o'tkazib yuborsa, buning nima keragi bor? Men "Barselona"ga ko'chib o'tganimda, qaytadan futbol o'ynashni o'rgandim. Gvardiola menga ko'p narsani so'zlab bergan", — dedi sobiq futbolchi.
Anri Kataloniya klubi tarkibida 121 o'yinda maydonga tushib, 49 ta gol urdi hamda 27 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar