Anri futbolni rivojlantirish uchun 5 g'oya taklif qildi
12 may 2023 17:55
Yangiliklar
Anri futbolni rivojlantirish uchun 5 g'oya taklif qildi
Franciya termasi sobiq futbolchisi Terri Anri futbolni rivojlantirish uchun 5 g'oyani ilgari surmoqda.
1. Hakamlar o'yindan keyin matbuot bilan suhbatlashishi shart. Ular o'z ishlariga izoh berib, u yoki bu vaziyatlarga tushuntirish berishi kerak.
2. Maydonda kimdir o'yin vaqtini atayin cho'zsa, hakam darvozadan 25 metr uzoqlikda erkin zarba belgilashga, zarbani amalga oshiruvchi jamoa nuqtani o'zi tanlashi mumkin.
3. Hujumkor futbol o'ynashga harakat qilayotgan jamoalarni taqdirlash va yakuniy natijaga qaramay, 3 va undan ko'p gol urgan jamoaga qo'shimcha ball berish.
4. Jamoaning ehtimoliy yangi futbolchilari bilan sport direktorlari shahsan uchrashishi va tanishishi zarur.
5. O'yinchilardan biri jarohat olgan vaqtdagina uni alishtirib turish. SHifokorlardan yordam olgach, o'sha futbolchi yana maydonga qaytishi mumkin.
Fikrlar